11-Mavzu: Din madaniyat fenomeni Reja
Dinning strukturasi. Dinning ijtimiy funksiyalari
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
11-mavzu
3. Dinning strukturasi. Dinning ijtimiy funksiyalari. Dinning ijtimoiy vazifalari haqidagi ta’limotni dinshunoslikda funksionalizm rivojlantiradi. Funksionalizm jamiyatga ijtimoiy sistema sifatida qaraydi: unda jamiyatdagi har bir element muayyan funksiyani bajaradi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalari quyidagilardan iboratdir: Birinchidan, har qanday din o‘z e’tiqod qiluvchilari uchun to‘ldiruvchilik, tasalli beruvchilik - kompensatorlik vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy extiyoj xosil bo‘lishi hodisasini olaylik. Inson o‘z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo‘lib ko‘ringanida, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy extiyojga zaruriyat sezgan. Ana shunday extiyoj diniy extiyoj edi. Din bu o‘rinda ma’naviy-ruhiy extiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va hali ham bajarmoqda. Masalan, buddaviylik dini roxiblikni targ‘ib qilar ekan, bu dunyoda orzu- xavaslardan, roxat-farog‘atdan voz kechgan inson nirvana holatiga erishgach, abadiy roxatda bo‘lishini ta’kidlaydi. Shuningdek, xristianlikda har bir xristian Iso Masixning qaytishiga umid qilgan holda hayotning turli muammolarini engib, sabr-bardosh bilan hayot kechiradilar. Chunki xristianlik Iso Masix qaytib kelgach barcha izdoshlarini saodatli hayotga etkazishi haqidagi ta’limotni ilgari suradi. Shuningdek, islom dinida ham har bir musulmon bu dunyoda erishmagan moddiy yoki ruhiy orzu-istaklariga oxiratda erishishga ishongan holda dunyo orzu- xavaslariga ortiqcha berilmay, turmush mashaqqatlariga sabr qiladi. Ikkinchidan, muayyan din o‘z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o‘ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozirda ham shunday. Bu ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik - integratorlik vazifasi deb ataladi. Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotning o‘z ta’sirida bo‘lishiga intiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, shuningdek adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o‘tkazadi. Masalan, yaxudiylikda mazkur din vakillarini bir mafkura atrofida saqlab turish uchun ularni bir millat va yagona maslak egalari ekanliklari, yagona xudo - Yaxvening eng sevimli bandalari ekanliklari uqtiriladi. Xristianlikda ham e’tiqod qiluvchilarni bu dinga yanada ko‘proq jalb etish uchun diniy me’moriy, tasviriy, musiqa san’ati turlaridan unumli foydalaniladi. Xristianlikda maxsus ikona chizuvchilik maktablari faoliyat olib boradi. Uchinchidan, har bir din o‘z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling