11-Mavzu: Din madaniyat fenomeni Reja


“Dinshunoslik” fanining vazifalari quyidagilardan iborat


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana21.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1640588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11-mavzu

“Dinshunoslik” fanining vazifalari quyidagilardan iborat: 

dinning jamiyatga ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy ta’siri haqida bilimlar berish; 

ibtidoiy diniy tasavvurlar, milliy va jahon dinlari ta’limotlari haqida ma’lumot 
berish; 

dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli tarixiy 
bosqichlarda 

tutgan mavqei haqida tushuncha berish;



jamiyatni ma’naviy jihatdan kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ahamiyatini 
yoritish;

dunyoviy davlat va dinning o‘zaro munosabatlarini yoritib berish; 

diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizm kabi salbiy illatlar mohiyatini 
yoritish va ularga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;

O‘zbekiston Respublikasida dinga nisbatan munosabatning tubdan 
o‘zgarganligi,

xususan, islom dini qadriyatlarini tiklash yo‘lida qilinayotgan 
ishlar haqida keng tasavvur hosil qilish.
“Dinshunoslik” fanining amaliy ahamiyati shunda ham ko‘rinadiki, u 
talabalarda islom va boshqa dinlar qadriyatlariga hurmat bilan qarash, ularni 
qadrlash, boshqa dinlarga va ularning vakillariga hurmat bilan munosabatda 
bo‘lishni tarbiyalaydi. “Dinshunoslik” fani bo‘yicha talabalarning bilimi, uquvi va 
ko‘nikmasi uchun quyidagi muhim talab, vazifalar qo‘yilgan:
birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zbek 
xalqining ma’naviy merosi, dini, jumladan, islom dini qadriyatlari, milliy g‘oya, 
milliy mafkura haqida bildirgan fikr va mulohazalar, ta’rif va tavsiflarni mazkur 
fanni o‘rganishda nazariy asos qilib olish;
ikkinchidan, O‘zbekiston Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun va boshqa qonuniy hujjatlarda din masalasi 
yuzasidan belgilangan inson huquqlari, turli diniy tashkilotlar huquqlari va 
majburiyatlarini bilish;
uchinchidan, “Dinshunoslik” asosiy fanlar qatorida o‘qitilishi, din, dindorlar va 
diniy tashkilotlarga nisbatan davlat tomonidan adolatli siyosat o‘rnatilishi, 
fuqarolar uchun vijdon erkinligining konstitutsion kafolatlanishi mustaqillik 
sharofati ekanligini tushunib etish; 
to‘rtinchidan, qonunga hurmat hissini, faqat o‘zining emas, balki boshqalarning 
ham diniy his-tuyg‘ulari bilan hisoblashish lozimligini, o‘z shaxsiy fikrlarini 
boshqa kishilarga tazyiq bilan o‘tkazish, turli norasmiy diniy mazhab va 
guruhlarga jalb etish g‘ayriqonuniy xatti-harakat ekanligini, jamoat joylarida diniy 
masalalarda zo‘ravonlik, mutaassiblikka, agressivlikka yo‘l qo‘yish mumkin 
emasligini chuqur tushunib etish;
beshinchidan, “Dinshunoslik” fanining boshqa gumanitar fanlar bilan birga 
rivojlanishini nazarda tutgan holda, o‘zi qo‘lga kiritgan soha yutuqlaridan ushbu 
fanni o‘zlashtirishda foydalanish.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, “Dinshunoslik asoslari” kursi predmetini 
quyidagicha ta’riflash mumkin: Dinshunoslik kishilik jamiyati tarixiy 

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling