11-Mavzu: Din madaniyat fenomeni Reja


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana21.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1640588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11-mavzu

Din sotsiologiyasi – din va jamiyat munosabatlari hamda shu munosabatlar ortidan 
kelib chiquvchi natijalarni o‘rganuvchi dinshunoslik sohasi. U dinning davlat, xalq, 
oilaga nisbatan munosabatini, din sohasida yuzaga keluvchi ijtimoiy voqea–
hodisalarni, turli diniy jamoalarning jamiyat bilan o‘zaro munosabatlarini tadqiq 
qiladi. Din sotsiologiyasi ham ijtimoiy, ham diniy ilmlarga tayanadi. Ma’lumot 
uchun Din tarixi — dinlarni tarixiy nuqtayi nazardan o‘rganadigan dinshunoslik 
sohasi. Unda asosan dinlar yuzaga kelishining tarixiy shart-sharoitlari, asoschilari, 
ilk jamoalar, rivojlanish bosqichlari va hozirgi holatiga ahamiyat beriladi. “Har bir 
inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega; bu huquq... toat-ibodat qilishda va 
diniy rasm-rusum hamda marosimlarni ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish
o‘z dini yoki e’tiqodiga yakka o‘zi, shuningdek, boshqalar bilan birga amal qilish 
erkinligini o‘z ichiga oladi.”( Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi, 18-
modda ) 
Shu bilan birga, din sotsiologiyasi kishilarning diniy e’tiqodlari, diniy 
tashkilotlarning faoliyatini, jamiyat a’zolaridagi diniy tafakkurni o‘rganadi. 
Sotsiologiya din hodisasini o‘rganishda dinning ijtimoiy hayotda bajarayotgan 
funksiyalariga albatta murojaat qilishi lozim bo‘ladi. Din psixologiyasi — inson 
diniy hayotining psixologik jihatlarini o‘rganuvchi dinshunoslik sohasi. Din 
psixologiyasi shaxsning diniy tajribalarini va bu tajribaning turli ko‘rinishlarini 


bayon qilishga harakat qiladi. Kishining diniy his, tushuncha va yashash tarzi din 
psixologiyasining asosiy mavzusidir. Ma’lumot uchun Sotsiologiya atamasi 
lotincha societas — «jamiyat» va yunoncha logos — «ta’limot» so‘zlarining 
birikmasidan olingan bo‘lib, u bevosita jamiyat haqidagi fan ma’nosini anglatadi. 
Din falsafasi — dinning mohiyati, insonning diniy haqiqatlar bilan bog‘liqligini 
o‘rganadigan soha. U Xudoning mavjudligi, sifatlari, yaratuvchi va borliq 
munosabatlari, yaratish, olamning yaratilishidagi maqsad, qayta tirilish, 
payg‘ambarlik va vahiy kabi keng miqyosdagi masalalarni qamrab oladi. Din 

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling