11-Mavzu: Din madaniyat fenomeni Reja


qiluvchilik - regulyatorlik


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana21.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1640588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11-mavzu

qiluvchilik - regulyatorlik vazifasini bajaradi. Dinlar o‘z urf-odatlarining, 
marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan o‘z vaqtida, qat’iy tartibga amal 
qilgan holda bajarilishini shart qilib qo‘yadi. 
 
Masalan, islomda kuniga 5 maxal namoz o‘qilishi, har xafta juma namozini jome 
masjidlarida ado etilishi, Ramazon oyida bir oy ro‘za tutilishi, ro‘za (iyd al-fitr) va 
qurbon (iyd al-adxo) xayitlarining nishonlanishi musulmonlarning hayot tarzini 
tartibga solib turadi. 
To‘rtinchidan, din aloqa bog‘lashlik, birlashtiruvchilik - integratorlik vazifasini 
ham bajaradi, ya’ni har bir din o‘z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning 
o‘zaro aloqadorlikda bo‘lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga 
e’tiqod qiluvchi kishilarning o‘z dinidagi boshqa kishilar bilan aloqador ekanligi, 
KOMPENSATORLIK 
INTEGRATORLIK 
REGULYATORLIK 
LEGITIVLIK 
KOMMUNIKATIV 
DINNING 
JAMIYATDAGI 
FUNKSIYALARI 


o‘zaro huquq va burchlarining borligi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo‘lib 
bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi. 
Beshinchidan, 
dinning 
integratorlik 
vazifasi 
bilan 
legitimlovchilik 

qonunlashtiruvchilik vazifasi chambarchas bog‘liq. Dinning bu funksiyasining 
nazariy asosini yirik amerikalik sotsiolog T. Parsons ishlab chiqdi. Uning fikricha, 
“har qanday ijtimoiiy sistema muayyan cheklovlarsiz mavjud bo‘la olmaydi. 
Buning uchun u qonun darajasiga ko‘tarilgan axloq normalarini ishlab chiqishi 
kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bo‘lgan 
munosabatni ham belgilaydi”. Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy, nazariy 
jixatlari ham mavjud. falsafiy vazifasi insonning yashashdan maqsadi, hayotning 
mazmuni, dorulfano, dorulbaqo – dunyo haqidagi masalalarga o’z munosabatini 
bildirishdan iborat; dunyoqarashlik vazifasi – kishilarda o’ziga xos diniy 
dunyoqarashni shakllantiradi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling