O'zbekiston tarixi


partiya va tashkilotlaming ayrimlari to„g„risida qisqacha fikr yuritdik


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix


partiya va tashkilotlaming ayrimlari to„g„risida qisqacha fikr yuritdik. 
Chunki ulaming keng qamrovli faoliyatlari hali yetarlicha o„rganilmagan. 
Ammo bu partiya va tashkilotlaming bosib o„tgan tarixiy taraqqiy ot yoii va 
hayotiy kurash tajribalari mustaqil rivojlanish yoiidan borayotgan 
0„zbekiston va uning fuqarolari uchun namuna va saboq maktabidir. Istiqlol 
uchun, milliy ozodlik uchun kurash olib borgan partiya va tashkilotlar juda 
og„ir sharoitda faoliyat ko„rsatdilar. Chunki, Turkistonni iskanjasida 
saqlashni bosh maqsad qilib qo„ygan Sho„ro Rossiyasi bu partiya va 
tashkilotlaming erkin faoliyatiga yo„1 bermas edi. Shunday boisada milliy 
istiqlol, erk va ozodlik fidoyilari bor kuch va imkoniyatlarini ishga solib, 
1
Zaki Validiy To„g„on. Xotiralar. «Sharq yulduzi» jumali, 1993-yil, 176-177- 
betlar.
318


Shoiolar bilan olishdilar, yengildilar, ammo taslim boimadilar. Milliy 
istiqlol uchun kurash partiya va tashkilotlari magiubiyatining sabablari 
nimalardan iborat? Ular asosan quyidagilardir: 
Birinchidan, yuqorida ta‟kidlangani singari 1917-1934- yillarda 
Turkistonda «Sho„roi Islomiya», «Sho„roi Ulamo», «Ittihodi taraqqiy», 
«Milliy Ittihod», «Birlik», «Milliy istiqlol», «Turkiston milliy birligi», 
«Erk», «Jadid taraqqiyparvarlari» va boshqa siyosiy partiya va tashkilotlar 
faoliyat ko„rsatdilar. Ammo ulaming birortasi ham ommani, xalqni keng 
qamrovli sur‟atda o„z orqasidan ergashtira oladigan tom ma‟nodagi xalqchil 
siyosiy partiyaga aylana olmadilar. Bu esa Turkiston oikasi xalqlarining 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotning quyi, rivojlanmagan bosqichida 
bo„lganligi bilan xarakterlanadi. Mustamlaka asoratida boigan oika xalqlari 
ongida mustamlakachi zolimlarga qarshi bir yoqadan bosh chiqarib, yagona 
jabha boiib kurash olib borish zamrligi tushunchasi, milliy ong va milliy 
vijdon tushunchalari tomir otmagan edi. Ularda umummilliy manfaatdan 
ko„ra shaxsiy manfaat «0„zingni bil, o„zgani qo„y» tushunchasi ustunroq 
darajada rivoj topgan edi. Oika xalqlari dunyoqarashida bir yoqadan bosh 
chiqarib, yagona siyosiy tashkilotga uyushib kurash olib borilmasa, milliy 
mustaqillikka ham, ozodlik va hurlikka ham erishib boimasligi to„g„risidagi 
g„oyalar shakllanmagan edi. 
Ikkinchidan, 
Turkiston o„lkasidagi siyosiy partiya va tash- kilotlarda 
Shoiolar va bolsheviklar singari tajribali raqibga qarshi tengma -teng kurash 
olib borish uchun tarixiy tajriba yetishmas edi. Ular hali yosh va endigina 
tetapoya qilib kurash maydoniga chiqib kelayotgan edilar. Aksincha, 
Kompartiya va Sho„ro hukumati tashkiliy-ma‟muriy jihatdan uyushgan 
davlat mexanizmiga ega boiishdan tashqari mafkuraviy kurashning uzoq 
yillik tarixiy tajribasidan saboq olgan edi. 
Uchinchidan, 
Turkiston 
oikasida 
faoliyat 
koisatgan 
siyosiy 
tashkilotlarda harakat birligi yo„q edi. Ulaming deyarli hammasining bosh 
maqsadi milliy istiqlol, erk va ozodlik uchun kurash boisa- da, arzimagan va 
ikkinchi darajadagi masalalardagi farqlar va kelishmovchiliklar tufayli bir-
birlariga tosh otar edilar va bir-birlarini badnom qilar edilar. Ular bosh 
maqsadga erishish yoiida kurashning turli usullaridan foydalanish, kurashni 
davr va sharoit talablari asosida bosqichma-bosqich olib borish malakalarini 
egallamagan edilar. Buning oqibatida o„rtada boiinish paydo boiar va milliy 
319


istiqlol uchun kurash jabhasi kuchsizlanar edi. Bunday holat esa 
mustamlakachilar uchun qulaylik tug„dirar edi.. 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling