O'zbekiston tarixi


 0‘zR. MDA, 17-fond. Zs-yozuv, Zbs-ish, 104-104-orqa varaqlar


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 0‘zR. MDA, 17-fond. Zs-yozuv, Zbs-ish, 104-104-orqa varaqlar.
2
 0‘sha manba, 105-varaq.
11-1746 
321


Vatanparvar kuchlaming qo„rboshilar boshchiligida yagona kuch bo„lib 
maydonga chiqa olmaganliklarining sabablari ko„p, albatta. Ular asosan 
quyidagilardir: 
Birinchidan, 
milliy-ozodlik kurashi rahbarlari bo„lgan qo„rbo- shilar 
siyosiy saviyasi va dunyoqarashining cheklanganligi; 
Ikkinchidan, 
qo„rboshilar va ular atrofida uyushgan kuchlar maq- sadlarining mushtarak 
emasligidir. Buxoro amiri Sayid Olimxon va Xiva xoni Junaidxon (amalda, 
ammo qo„g„irchoq xon Abdullaxon edi) alohida-alohida faoliyat 
ko„rsatdilar. Sho„rolardan madad kutgan istiqlolchilar o„zlaricha va xalqning 
ko„pchiligini o„z orqasidan ergashtirgan qo„rboshilar esa o„zlaricha alohida 
jang qildilar. Sho„ro mustamlakachiligidan o„z ota yurtini ozod qilish uchun 
qardoshlarcha yordam berish niyatida bu yerga kelgan Anvar Poshshoga 
amir Olimxon bilan Ibrohimbek Laqay hokimiyat va davlat talashib yomon 
ko„z bilan qaradilar. Hatto ma‟lum bir muddatda uni qamoqda ham 
saqladilar. «Boiinganni bo„ri yer» amalda o„z isbotini topdi. 
5. Sho„ro Rossiyasi tomonidan davlat yoii bilan har jihatdan yaxshi 
ta‟minlangan, yaxshi qurollangan Qizil Armiyaga qarshi davlat tomonidan 
qoilanmagan, yagona Markaziy Qo„mondonlikka ega boimagan, oddiy 
qurollar bilan ham yomon ta‟minlangan, harbiy-tarbiyaviy o„quv mashqi 
ko„rmagan va tarqoq istiqlolchi mujohidlar jang qildilar. Bu jangchilaming 
bitta ustunlik tomonlari bor edi - bu ma‟naviy ustunlikdir. Ular mustaqillik, 
erk va ozodlik uchun, kelajak baxtu iqboli uchun, adolat va haqiqat tantanasi 
uchun muqaddas jang qilayotganliklarini yaxshi bilar edilar. 
6. Mustaqillik, erk va ozodlik uchun jang qilgan mujohidlar iqtisodiy 
jihatdan ham yomon ta‟minlangan edilar. Ularda oddiy kundalik yashash 
tarzi uchun zarur boigan oziq-ovqat, kiyim- kechak va dori-darmonlar 
yetishmas edi. 
7. Sho„rolaming targibot va tashviqotlariga aldanib ular tomoniga 
o„tganlar, yurtga va millatga xiyonat qilganlar ham boidi. 
Ammo, Sho„rolarning tashviqot va targibotlariga aldanib, ular tomoniga 
o„tgan bir qator fidoyi vatanparvarlar keyinroq ko„zlari ochilib, millatga 
xiyonat qilayotganliklarini ongli sur‟atda tushunib, butun boshli guruhlari va 
tashkilotlari bilan milliy istiqlolchilar safini toidirdilar. Jumladan, Andijon 
yoshlar ittifoqi‟, Jizzax Siyosiy 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling