O'zbekiston tarixi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 0‘sha manba, 170-bet.
2
«Inqilob quyoshi» gazetasi, 1924-yil 3-sentabr.
335


b) Turkiston va Buxoroning o„zbeklar yashaydigan qismlaridan 
mustaqil 0„zbekiston Respublikasini tashkil etish; 
d) Turkmanlami ajratib olib, Xorazm Respublikasini mavjud holida 
qoldirish. Chunki, Xorazm Respublikasi rahbarlari 1924-yil 
8 mayda RKP(b) MQsiga «Xorazmda milliy masalani hal qilish to„g„risida 
maktub» yo„llab, unda Xorazmni milliy chegaralashga qo„shmaslikni 
so„ragan edilar. Ular o„z fikrlarini Xorazmning olisda joylashganligi
iqtisodiy jihatdan ajralib turganligi kabi masalalar bilan asoslagan edilar. 
1923-yil oktabrdan Xorazm Kompartiyasining mas‟ul kotibi lavozimida 
ishlagan Qalandar Odinayev ham bu g„oyani ma‟qullagan edi. Ammo 1924-
yil iyul oyida u Markazning fatvosi bilan ishdan olib tashlangach, 1926 -
yilda Xorazm Kompartiyasi respublikaning chegaralanishga kiritilishiga o„z 
«roziligi»ni bildirdi. 
RKP (b) Markaziy Qo„mitasi siyosiy byurosining 12-iyundagi qarorida 
shuningdek, Turkistonning qozoq tumanlarini Qozog„iston Muxtor 
Respublikasiga birlashtirishni hamda bevosita RSFSR tarkibiga kiruvchi 
Qirg„iziston muxtor viloyatini va 0„zbekiston Respublikasi tarkibida tojik 
muxtor viloyatini tuzish zarur deb topildi. 
Hamma ish Moskvada kompartiya MQsi siyosiy byurosi qarori bilan 
hal etilib bo„lingach, u joylarda muhokama qilinib «yakdillik bilan 
ma‟qullandi va qo„llab-quwatlandi». Nihoyat, 1924-yil 27- oktabrda SSSR 
sovetlari markaziy ijroiya qo„mitasining II Sessiyasi 0„rta Osiyo 
xalqlarining «istagiga asoslanib» Turkiston MIQning Butun Buxoro va 
Butun Xorazm Sho„rolari qurultoylarining milliy chegaralanish hamda yangi 
Sho„ro sotsialistik respublikalar va viloyatlar tuzish to„g„risidagi 
«iltimosi»ni qondirdi. 
Yuqoridan qabul qilingan qarorlar asosida Turkiston, Buxoro va 
Xorazmda milliy davlat chegaralanishi o„tkazildi. Turkiston, Buxoro va 
Xorazm Sho„ro Respublikalari o„mida 0„zbekiston Sho„ro Sotsialistik 
Respublikasi, Turkmaniston sho„ro sotsialistik respublikasi, 0„zbekiston 
SSR tarkibiga kiradigan Tojikiston Muxtor sho„ro Sotsialistik Respublikasi, 
RSFSR tarkibiga kiradigan Qoraqirg„iziston (Qirg„iziston) Muxtor viloyati 
va Qirg„iziston (Qozog„iston) muxtor sho„ro sotsialistik respublikasi 
tarkibiga kiradigan Qoraqalpog„iston muxtor viloyati tashkil 
336


etildi. Turkistonning qozoqlar yashaydigan tumanlari ham QASSR tarkibiga 
kirdi
1

0„zbekiston SSR huzurida butun hokimiyat 1924-yil 31 oktabrda 
tuzilgan 0„zbekiston SSR Inqilobiy Qo„mitasi (Revkom) qo„liga o„tadi. 
0„zbekiston SSR Inqilobiy Qo„mitasining raisi etib Fayzulla Xo„jayev 
tasdiqlandi. Turkmaniston SSRda Inqilobiy Qo„mitani N.Oytoqov 
boshqardi. 1924-yil noyabr va dekabr oylarida Nusratulla Mahdum 
Lutfullayev raisligida Tojikiston ASSR Inqilobiy Qo„mitasi, I.Aydarbekov 
raisligida Qoraqirg„iz (Qirg„iziston) muxtor viloyati Inqilobiy Qo„mitasi 
faoliyat ko„rsatdi. Inqilobiy Qo„mitalar «milliy jumhuriyat va muxtor 
viloyatlar»ni tuzish ishi bilan shug„ullandilar. 
1925-yil 13-fevralda Buxoro shahrida maxsus qurilgan «Xalq uyi»da 
0„zbekiston sho„rolarining 1 umumo„zbek qurultoyi bo„- lib o„tdi. Unda 
«0„zbekiston sho„ro sotsialistik Respublikasini tuzish to„g„risida» 
deklaratsiya qabul qilindi. Deklaratsiyada 0„z- bekiston Sho„ro Sotsialistik 
Respublikasi 
tuzilganligi 
qonuniy 
rasmiylashtirildi. 
0„zbekiston 
Respublikasi SSSR
2
tarkibiga kirdi. 
Qurultoyda Respublika davlat hokimiyatining rahbar organi - 
0„zbekiston SSRning 160 a‟zosi va 44 nomzoddan iborat Markaziy Ijroiya 
Qo„mitasi saylandi. Unda Fayzulla Xo„jayev rahbarligida 0„zbekiston SSR 
xalq komissarlari kengashi tarkibi tasdiqlandi. Qurultoyda Yo„ldosh 
Oxunboboyev (1885-1943) 0„zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo„mitasiga 
rais etib «saylandi». 
Yo„ldosh Oxunboboyevdek
3
oddiy mehnatkash, siyosatdan 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling