O'zbekiston tarixi


qishlogida yersiz dehqon xonadonida tug‘ilgan. 1907-yilda Qo'qondagi rus- tuzem maktabini


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

qishlogida yersiz dehqon xonadonida tug‘ilgan. 1907-yilda Qo'qondagi rus- tuzem maktabini 
tugatgan. 1907-yil yozidan Andijon uyezdi Bozorqo‘rg‘on tumani Rova qishlog‘ida Stepanov 
degan rus boyining uyida xizmatkor boiib ishlagan. Bozorqo‘rg‘on hokimligida mirzalik, xat 
tashuvchilik qilgan. So‘ngra Jalolobod, Qorasuv, yana Bozorqo‘rg‘on, 0‘sh, Qo‘rg‘ontepa 
hokimligida mirzalik, tilmochlik qilgan. 1917-yil martdan Qo‘rg‘ontepada komissar boiib 
ishladi. Shu yil noyabrida shahar dumasiga a’zolikka saylandi. 1919-yil 7-fevraldan 
Kompartiya a’zosi. Shu yili Andijondagi musulmon askarlar shtabining kotibi etib 
tayinlandi. 1-iyuldan Andijon shahar inqilobiy qo‘mitasida millatlar boiimi turk sho‘basi 
mudiri. 1919- yil 24-dekabrdan Andijon uyezd-shahar partiya qo'mitasining mas’ul kotibi. 
1920- yil maydan Farg'ona viloyat partiya qo'mitasi a’zosi va raisi. 1921-yil avgustdan 
Turkiston ASSR MIQ a’zosi, dekabrdan Turkiston Kompartiya MQ a’zosi. 1922-yil 5-
fevraldan Turkiston ASSR Yer-suv ishlari Xalq komissari. 1922-yil sentabrdan 1924-yil 8-
yanvargacha Turkiston ASSR MIQ Hay’atining raisi, 1924-yil yanvardan noyabrgacha 
Turkiston ASSR XKK va MIQning Moskvadagi muxtor vakili, so'ngra yana Respublika 
Yer-suv ishlari Xalq komissari.
332


tanlanmas edi va u amalda birinchi rahbar faoliyatini boshqarib, nazorat 
qilib borardi. Davlat xavfsizlik qo„mitasining raisi esa umuman mahalliy 
millat vakillaridan boimasdi. Mahalliy millat vakillaridan birinchi 
rahbarlikka tanlangan nomzod obdon atroflicha o„rganilib, Moskvaning 
mafkuraviy chig„irig„idan o„tkazilgandan so„ng «umumxalq» ovozi yoii 
bilan «saylanardi». «Umumxalq» ovozini qozongan milliy rahbar qizil 
saltanat mustamlakachilik siyosatini 0„zbekistonda amalga oshirar va bu 
siyosatga «milliy vatanparvarlik» bo„yog„ini berar edi. 
Masalaning eng muhim va e‟tiborli tomoni shundaki, o„z davrida milliy 
manfaatni mustamlakachi sho„rolarga sotib, sidqidildan xizmat qilgan 
mahalliy millatlar orasidan birinchi rahbarlikka ko„tarilgan arboblaming 
birortasi ham oqibat natijada obro„-e‟tibor bilan siyosat maydonidan tushib 
ketmadilar. Aksincha ular ko„pchiligining taqdiri ayanchli va fojiali yakun 
topdi. Ammo shunga qaramasdan milliy «arboblar» o„z o„tmishdoshlarining 
fojiali hayot yo„llaridan tegishli saboq chiqarmadilar, o„zlarining tor shaxsiy 
manfaatlari, mansab shohsupasi yo„lida shuhrat kayfu safosiga berilib xalq 
va milliy manfaatga xiyonat qilishning yangi- yangi tashabbuslari bilan 
navbatma-navbat chiqaverdilar va har safar o„zlaridan oldingi o„tgan milliy 
arboblar nomini bulg„ash va oyoq osti qilishda o„zaro musobaqalashdilar. 
Albatta, 
sho„ro 
hukmronligi 
davrida 
faoliyat 
ko„rsatgan 
0„zbekistonning partiya va davlat arboblariga bugungi mustaqil 0„zbekiston 
davri oichovlari va mezonlari asosida baho bermaslik lozim. Ular yashagan 
davming mohiyatidan kelib chiqib masalaga yondashadigan boisak, sho„ro 
hukmronligi davrida milliy manfaat- larga xiyonat qilgan o„zbekistonlik 
arboblaming yoi qo„ygan xato va nuqsonlarini to„g„ri tushunib, bu ular 
yashagan davming fojiasi boiganligini ko„rmaslik mumkin emas. 
Xullas, «lenincha milliy siyosat» insoniyat tarixida to„g„ridan to„g„ri 
nomlanib kelingan mustamlakachilik siyosatiga qaraganda ham bir necha 
karra dahshatliroq va reaksionroq mustamlakachilik siyosatining yorqin 
ko'rinishi edi. Sho„ro hukumati va kompartiyaning Turkistonda yuritgan 
milliy mustamlakachilik siyosatiga baho berib Mustafo Cho„qay 
quyidagicha yozgan edi: «Kimki milliy masala sohasidagi Sho„ro 
siyosatidan o„ziga zamr saboqlar chiqarib olishni istasa, u Lenin 
programmasi Turkistonda amalda qanday 
333


qo„llanayotganini yaxshilab o„rganib chiqishi va shundan so„nggina biron 
xulosaga kelishi shart». Darhaqiqat, Turkistonda Sho„rolar olib borgan 
shovinistik mustamlakachilik siyosati lenincha milliy siyosatning naqadar 
mudhish va dahshatli ekanligini fosh etishda yorqin namunadir. 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling