O'zbekiston tarixi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

Birinchidan, 
siyosiy sohada Turkistonni milliy jihatdan parchalab 
tashlash, o„lkaning milliy mustaqil davlat sifatida shakllanishi va oyoqqa 
turishini yo„q qilish, hududiy jihatdan uni Rossiya Federatsiyasining 
boiinmas tarkibiy qismiga aylantirish. 
Ikkinchidan, 
iqtisodiy sohada Turkiston markazning asosan xom 
ashyo yetkazib beruvchi bazasi bo„lib qolishi lozim edi. 
Uchinchidan, 
ma‟naviy-mafkuraviy sohada o„lkada «shaklan 
1
 0‘zR MDA, 38-fond, 4-ro‘yxat, 33-ish, 63-varaq.
2
 0‘sha manba.
326


milliy, mazmunan sotsialistik» madaniyat shiori asosida amalda „ 
ruslashtirish siyosati olib borilishi va kelajakda bu siyosat o„lkadagi tub 
yerli aholining assimilyatsiyalashib ketishiga xizmat qilmog„i kerak edi. 
Sho„ro hukumati va kompartiya o„zining bu strategik bosh dasturiy 
maqsadini juda ustalik va ehtiyotkorlik bilan rejali sur‟atda, ammo izchillik 
bilan amalga oshirdi. U o„z faoliyatida mustamlaka asoratida yashayotgan 
millatlarda shubha uyg„otmaslik maqsadida milliy masalada ikkita asosiy 
xavf bor: biri ulug„ davlatchilik shovinizmi va ikkinchisi mahalliy 
millatchilik degan aqidani ilgari surdi. Kompartiya millatchilikning qaysi 
biri xavfli: ulug„ davlatchilik shovinizmimi yoki mahalliy millatchilikmi, 
degan savolga millatchilikning qaysi biriga qarshi kurash susaytirilgan 
bo„lsa, o„shanisi xavfli deb e‟lon qildi. Amaliy faoliyatda esa sho„ro tarixida 
ulug„ davlatchilik shovinizmi kasaliga mubtalo bo'lgan va u bilan 
zaharlangan, ushbu kasallik tufayli Turkistonda tub yerli aholini sonsiz -
hisobsiz dahshatli qirg„inlar qilgan, shahar va qishloqlami yondirib, kulini 
ko„kka sovurgan «ulug„ og„alar»dan birortasiga biror bir keskin chora 
ko„rilgan emas. Holbuki, har qanday mahalliy millatchilik ulug„ davlatchilik 
shovinizmi va mustamlakachilik siyosatining aks - sadosidir. Bu narsaga 
ajablanishning hojati yo„q. Chunki sho„ro davlati va kompartiyaning qabul 
qilgan qarori, aytgan so„zi bilan amalda qiladigan ishi hech qachon bir xil 
bo„lmagan, doimo birinchisini ikkinchisi inkor etgan. 0„zining qonuniy va 
adolatli milliy haq-huquqini talab qilgan mahalliy millat vakillari esa darhol 
millatchi sifatida qoralanib yo„q qilib borildi. Buni Turkiston o„lkasi 
xalqlari istiqlol uchun va milliy-ozodlik uchun kurash yillarida o„z 
tajribalarida ko„rib to„la ishonch hosil qildilar. 
1921- 
yil 8-16-martda Moskvada RKP(b)ning X qurultoyi bo„lib 
o„tdi. Milliy masala bo„yicha qabul qilgan qarorda qurultoy Kompartiyaga 
qarshi ikkita og„machilik borligini ko„rsatdi: ulug„ davlatchilik shovinizmi 
va mahalliy millatchilik. Holbuki, bu paytda Turkistonda milliy istiqlol, erk 
va ozodlik deb ming- minglab tub yerli aholi qizil askarlaming 
shafqatsizlarcha bosqini tufayli qurbon boiayotgan edi. Sho'ro hukumati va 
kompartiya mustaqillik, erk va ozodlik uchun Qizil askarlarga qarshi 
adolatli kurashga otlangan mahalliy tub yerli vatanparvarlami «bosmachi» 
deb atadi. Qizil askarlami esa «xaloskor armiya» sifatida ko'klarga ko„tardi. 
Albatta, bu adolatsizlikni o„z ko„zi bilan ko„rgan xalqning 
327


Sho„ro hukumati va kompartiyadan hafsalasi pir bo„ldi. Dastlabki paytlarda 
Sho„ro va kompartiyaning tashviqot-targ„ibotiga aldanib, uning tomoniga 
o„tganlar ham tez orada o„z xatolarini tushunib, milliy istiqlolchilar 
tomoniga goh yashirin va goh oshkora tarzda o„ta boshladilar. Sho„rolar esa 
bunday 
vatanparvarlarga 
«mil- 
latchilar», 
«xalq 
dushmanlari», 
«aksilinqilobchilar» kabi tamg„a- lami yopishtirdilar. kompartiyaning, 
V.I.Leninning milliy siyosati amalda shovinistik mustamlakachilik siyosati 
ekanligini birinchilar qatorida tushungan va anglab yetgan, ushbu masalada 
shaxsan bolsheviklaming dohiysi bilan uchrashib, milliy masalada uning 
dasturini inkor etgan shaxs Ahmad Zaki Validiy To„g„ondir. U 20-yillaming 
boshlarida V.I.Leninga yozgan xatida bunday degan edi: «...0„rtoq Stalin 
o„rtoq Rudzutak yordamida meni partiyaga qaytarishga urinmoqda. 1920-
yilda markaziy komitetga Bokudan yozgan xatimda Moskvaga qarshi 
qaratilgan faoliyatimni, bosmachilar harakatiga qo„shilishimni ochiq 
bildirganman, lekin ular bilmaslikka olishyapti... Sovet hukumati 1917 -yil 
20-noyabrda qabul qilingan «Rossiya musulmonlariga» nomli dekretdagi 
Rossiyadan ajralib chiqish huquqi (do otdeleniya ot Rossii) 1920- yilning 
19-mayida chiqarilgan farmoningizda (mustaqil Boshqird armiyasini tan 
olmaslik va uni Old Volga okmgiga bo„ysundirish haqidagi farmon - muall.) 
ildizi bilan yo„q qilindi. Bundan so„ng, garchi boshqird, qozoq va 
turkistonliklar hozir magiubiyatlarga uchragan esalar-da, ertangi kun sovet 
rossiyasidan chiqib ketajak va sharqiy - kun chiqish musulmonlari tarixida 
yangi bir davr ochilajak: musulmonlaming haq va huquqlarini Rossiyaning 
ichki kurashlari hal eta olmaslik tajribasi achinarlidir. Shuning uchun ulami 
hal qilish xalqaro kurash maydoniga chiqadi. Mening maqsadim va asosiy 
ishim ozodlikka bo„lgan da‟volaming tarixini erkin dunyo orqali 
bashariyatga ma‟lum qilishdan iboratdir... 
Velikoroslar hozir o„z qo„li ostida qolgan elat va millatlarga qarshi 
qaratilgan siyosatini ijtimoiy va iqtisodiy sohadagina emas, madaniyat 
sohasida ham qat‟iy ravishda amalga oshira boshlaydi»
1

Ahmad Zaki Validiy lenincha milliy siyosatning reaksion mohiyatini 
ochib yana davom etadi: «... Siz velikoros o'rtoqlaringiz bilan birga oddiy 
bir millatning tilidan va yozuvidan boshlab, 
1
Zaki Validiy To„g„on. Xotiralar. «Sharq Yulduzi» jumali, 1993-yil, 9-son, 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling