1917-
1934-yillardagi
milliy istiqlol va ozodlik
uchun mustamlakachi va bosqinchi sho„ro saltanatiga qarshi olib borilgan
jangda Vatan fidoyilari yengilgan va magiubiyatga uchragan boisalar- da, u
mamlakat fuqarolariga katta hayotiy saboq berdi.
Bu saboq quyidagilardan
iborat: birinchi saboq shuki, har qanday
millat va xalq tarixiy
taraqqiyotining asosi, uning jahon sivilizasiyasidan munosib o„rin olishi,
jahon hamjamiyatining teng huquqli a‟zosi bo„lishining sharti, mazkur
xalqning buyuk va qudratli Haq tomonidan
yaratilgan barcha moddiy va
ma‟naviy ne‟matlardan bahramand boiib, to„q-farovon
va baxtli-saodatli
yashashining kafolati milliy mustaqillikdadir.
Ikkinchi saboq
shundan
iboratki, milliy mustaqillikka milliy birliksiz
erishib boimaydi. Milliy cheklanganlik, milliy mahdudlik va mahalliychilik,
shaxsiy manfaatni milliy manfaatdan ustun qo„yish milliy mustaqillik
yoiidagi eng asosiy g„ovlardandir. Ayniqsa, Vatan taqdiri, milliy mustaqillik
taqdiri hal boiayotgan hayot-mamot kurashi
damlarida millat hamdard va
yakmusht boimogi lozim. Bunday qaltis paytda turli siyosiy partiyalar,
tashkilotlar, oqimlar
va shaxslar har xil muammolami, nazariy g„oyalami
shaxsiy gina va adovatlami ro„kach qilib milliy birlikka rahna solsalar yoki
unga putur yetkazsalar bu millat, Vatan va kelajak
avlodlar oldida hech
unutilmas va kechirilmas gunohdir. Buni 1917-1934-yillardagi kurash
tajribasi ochiq ko„rsatdi.
Uchinchi saboq
shundan iboratki, Vatan oldidagi eng katta va
mutlaqo kechirib
boimaydigan jinoyat - millatga, Vatanga sotqinlik va
xiyonatdir. Bunday shaxslar eng so„nggi va oliy jazoga loyiqdirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: