Vatanparvar kuchlaming qo„rboshilar boshchiligida yagona kuch bo„lib
maydonga chiqa olmaganliklarining sabablari ko„p, albatta.
Ular asosan
quyidagilardir:
Birinchidan,
milliy-ozodlik kurashi rahbarlari bo„lgan qo„rbo- shilar
siyosiy saviyasi va dunyoqarashining cheklanganligi;
Ikkinchidan,
qo„rboshilar va ular atrofida uyushgan kuchlar
maq- sadlarining mushtarak
emasligidir. Buxoro amiri Sayid Olimxon va Xiva xoni Junaidxon (amalda,
ammo qo„g„irchoq xon Abdullaxon edi) alohida-alohida faoliyat
ko„rsatdilar. Sho„rolardan madad kutgan istiqlolchilar o„zlaricha va xalqning
ko„pchiligini o„z orqasidan ergashtirgan qo„rboshilar esa o„zlaricha alohida
jang qildilar. Sho„ro mustamlakachiligidan o„z ota yurtini ozod qilish uchun
qardoshlarcha yordam berish niyatida bu yerga kelgan Anvar Poshshoga
amir Olimxon bilan Ibrohimbek Laqay hokimiyat
va davlat talashib yomon
ko„z bilan qaradilar. Hatto ma‟lum bir muddatda uni qamoqda ham
saqladilar. «Boiinganni bo„ri yer» amalda o„z isbotini topdi.
5. Sho„ro Rossiyasi tomonidan davlat yoii bilan har jihatdan yaxshi
ta‟minlangan, yaxshi qurollangan Qizil Armiyaga
qarshi davlat tomonidan
qoilanmagan, yagona Markaziy Qo„mondonlikka ega boimagan, oddiy
qurollar bilan ham yomon ta‟minlangan, harbiy-tarbiyaviy o„quv
mashqi
ko„rmagan va tarqoq istiqlolchi mujohidlar jang qildilar. Bu jangchilaming
bitta ustunlik tomonlari bor edi - bu ma‟naviy ustunlikdir. Ular mustaqillik,
erk va ozodlik uchun, kelajak baxtu iqboli uchun, adolat va haqiqat tantanasi
uchun muqaddas jang qilayotganliklarini yaxshi bilar edilar.
6. Mustaqillik, erk va ozodlik uchun jang
qilgan mujohidlar iqtisodiy
jihatdan ham yomon ta‟minlangan edilar. Ularda oddiy kundalik yashash
tarzi uchun zarur boigan oziq-ovqat, kiyim-
kechak va dori-darmonlar
yetishmas edi.
7. Sho„rolaming targibot va tashviqotlariga aldanib ular tomoniga
o„tganlar, yurtga va millatga xiyonat qilganlar ham boidi.
Ammo, Sho„rolarning tashviqot va targibotlariga aldanib, ular tomoniga
o„tgan bir qator fidoyi vatanparvarlar keyinroq ko„zlari ochilib, millatga
xiyonat qilayotganliklarini ongli sur‟atda tushunib, butun boshli guruhlari va
tashkilotlari bilan milliy istiqlolchilar safini toidirdilar.
Jumladan, Andijon
yoshlar ittifoqi‟, Jizzax Siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: