O'zbekiston tarixi


partiya dasturlarida e‟tibor berilgan masalalar majmui va ulaming


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix


partiya dasturlarida e‟tibor berilgan masalalar majmui va ulaming 
yechimidan kutilgan maqsadlar bir xil. Biroq shunday boisa-da, milliy 
radikal jadid partiyasi dasturiga kirgan 19 moddadagi ba‟zi bir masalalar 
quyidagicha o„ziga xos milliylik va aniq amaliy xarakterga ham ega edi. 
Uning qisqacha mazmuni quyidagilardan iborat: 
1. Milliy madaniyatga ega boiib, mustaqil millat sifatida yashash 
hayotning asosi boiishi kerak. Bu esa barcha millatlaming ideali. 
Maqsadimiz Turkistonni mustaqil etib, hukumatni ham milliy qilish. Mill at, 
til, din, madaniyat, adabiyot, urfi odat birligiga asoslanadi. 
2. Ozod Turkistonda davlat formasi va idorasi Jumhuriyat boiib, 
hokimiyat asosini demokratik yoi bilan saylangan millat majlisi yoki viloyat, 
shaharlarda viloyat ham shahar majlislari (zemstvo) tashkil qiladi. 
3. Markaziy hukumat a‟zolari millat majlisining roziligiga ko„ra 
jumhuriyat raisi tomonidan yoki viloyatlardagi vakillar markaziy hukumat 
tarafidan tayinlanajak. Viloyat va shahar idora 


majlislarining raislari shu majlisning o„zida saylanib qo„yilajak. Millat 
majlisi, jumhuriyat raisi, viloyat majlislarining saylash tartibi mustaqil 
Turkistonning birinchi qurultoyi tomonidan belgilanajak. 
4. Turkistonda turk boimagan ozchilik ham madaniy huquq- lardan 
foydalanajak. Turkiy xalqlar Turkiston madaniyatini kuchli ravishda 
yashnatish uchun barcha choralami ko„rishlari kerak. 
5. Turkiston milliy hukumati Turkiston milliy askariga tayana- jak, 
harbiy xizmat majburiy. 
6. Ichki osoyishtalikni saqlash uchun viloyat idoralari joylarda polisiya 
tashkil qiladi va bu uyushma mamlakatning milliy huquqli uyushmalariga 
bogiiq boiajak. 
7. Mamlakatda vijdon erkinligi to„la ta‟minlanajak. Diniy ibodat va 
urfi-odatni erkin ravishda boshqarishi davlat yoii bilan ta‟minlanajak. 
Mamlakatda boshqa din missionerlarining ish olib borishlariga ruxsat 
berilmaydi. 
8. Matbuot va nashriyot hurriyati ham shaxs erkinligi davlatning asosiy 
qonunlari tarafidan ta‟min etilajak. 
9. Mamlakatning asosiy soligi kirimga qarab olinajak. Me- rosdan ham 
soliq olinajak. Turkistonda eski zamonalardan qolgan har xil oliq-soliqlar 
bekor qilinajak. 
10. Yer masalasida asos - yeming, yer osti va yer yuzi boylik- larining, 
o„rmonning, havzaning davlat mulkiga o„tishi. Yer dehqonlarga (qishloq 
krestyanlariga) xususiy mulk qilib berilajak. 
11. Alohida shaxslar o„zaro kelishib, yer va suv sotish masalasini hal 
etmayajak. Bunday ish davlat vositasida boshqarilajak. Yer berish huquqi 
mahalla shartlarga ko„ra qonun asosida belgilanajak. 
12. Turkistonning ozodligi iqtisodiy mustaqillik asosidagina amalga 
oshirilur. Shuning uchun Turkiston boshqa qo„shni davlatlar bilan iqtisodiy 
munosabatlaming hozirgi zamon formasi asosida oyoqqa turib, tobora 
rivojlanib borishni ta‟min qilishga harakat qilajak. 
13. Turkistonda yer masalasining asosi - suv. Shuning uchun 
millatning barcha kuchi xalqni suv bilan ta‟minlab, turmushni yaxshilashga 
sarflanajak. Suv idorasi ishlarini tartibga solishga katta ahamiyat berilajak. 
14. Turkistonda, awalo, qozoq, qirgiz, turkman xalqlaridagi eng muhim 
masala - ko„chmanchi xalqlaming o„troq hayotga o„tishi. Bu masala katta-
katta suvlik vohalar yoqalarida, yangi yuqori vohalar yoqalarida yangi katta 
qurilishlar qilish yoii bilan hal etilajak. 
317


Turkistonda turkiy xalqlardan ham musulmonlardan boshqa ко„chib 
keluvchifar qabul etilmayajak. 
15. Turkistonda ishchilar masalasi bu mamlakatdagi milliy sanoatning 
o„sishiga bogiiq. Ishsizlaming ish shartlari, sug„urta va boshqa masalalar 
ilg„or mamlakatlardagi yoilar bo„yicha tartibga solinajak. 
16. Yustisiya masalasida toia mustaqillik va har kim uchun teng 
huquqlilik. Dini va dunyoga qarashi qanday boiishidan qat‟iy nazar har bir 
kishi hozirgi zamon qonunlari himoyasi bilan ta‟min etilajak. 
17. Maorif sohasida toiiqsiz boshlang„ich ta‟lim olish imko- niyatlari 
yaratilajak. Mamlakatning o„z grajdanlari, davlat manfaatlariga qarshi 
kelmagan holda xususiy maktablar ochishga huquqli. 
18. Turkistonda, eng awalo, professional maktablar yoiga qo„yilajak. 
Ovrupaga o„quvchilar yuborishga ahamiyat berilajak. 
19. Qadimiy madaniyat o„chog„i boigan Turkistonda asrlar mobaynida 
yuzaga kelgan madaniyat yodgorliklari himoya ostiga olinajak va ular milliy 
madaniyatning o„sishiga xizmat etajak
1

«Jadid taraqqiyparvarlar partiyasi» mazkur dastur asosida Sho„ro qizil 
saltanati davrida milliy istiqlol, erk va ozodlik uchun katta ijtimoiy-siyosiy 
kuch sifatida kurashadi. Ammo kompartiya rahnamoligida Sho„ro hukumati 
boshqa siyosiy partiyalar qatorida jadid taraqqiyparvarlariga ham yo„1 
bermaydi. Bu tabiiy edi, albatta. 
Shunday qilib, biz 1917-1934-yillarda Turkistonda milliy istiqlol va 
ozodlik uchun kurashni o„z oldiga bosh maqsad qilib qo„ygan siyosiy 
Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling