O'zbekiston tarixi
partiya va tashkilotlaming ayrimlari to„g„risida qisqacha fikr yuritdik
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xotiralar. «Sharq yulduzi» jumali, 1993-yil, 176-177- betlar. 318
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
partiya va tashkilotlaming ayrimlari to„g„risida qisqacha fikr yuritdik. Chunki ulaming keng qamrovli faoliyatlari hali yetarlicha o„rganilmagan. Ammo bu partiya va tashkilotlaming bosib o„tgan tarixiy taraqqiy ot yoii va hayotiy kurash tajribalari mustaqil rivojlanish yoiidan borayotgan 0„zbekiston va uning fuqarolari uchun namuna va saboq maktabidir. Istiqlol uchun, milliy ozodlik uchun kurash olib borgan partiya va tashkilotlar juda og„ir sharoitda faoliyat ko„rsatdilar. Chunki, Turkistonni iskanjasida saqlashni bosh maqsad qilib qo„ygan Sho„ro Rossiyasi bu partiya va tashkilotlaming erkin faoliyatiga yo„1 bermas edi. Shunday boisada milliy istiqlol, erk va ozodlik fidoyilari bor kuch va imkoniyatlarini ishga solib, 1 Zaki Validiy To„g„on. Xotiralar. «Sharq yulduzi» jumali, 1993-yil, 176-177- betlar. 318 Shoiolar bilan olishdilar, yengildilar, ammo taslim boimadilar. Milliy istiqlol uchun kurash partiya va tashkilotlari magiubiyatining sabablari nimalardan iborat? Ular asosan quyidagilardir: Birinchidan, yuqorida ta‟kidlangani singari 1917-1934- yillarda Turkistonda «Sho„roi Islomiya», «Sho„roi Ulamo», «Ittihodi taraqqiy», «Milliy Ittihod», «Birlik», «Milliy istiqlol», «Turkiston milliy birligi», «Erk», «Jadid taraqqiyparvarlari» va boshqa siyosiy partiya va tashkilotlar faoliyat ko„rsatdilar. Ammo ulaming birortasi ham ommani, xalqni keng qamrovli sur‟atda o„z orqasidan ergashtira oladigan tom ma‟nodagi xalqchil siyosiy partiyaga aylana olmadilar. Bu esa Turkiston oikasi xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotning quyi, rivojlanmagan bosqichida bo„lganligi bilan xarakterlanadi. Mustamlaka asoratida boigan oika xalqlari ongida mustamlakachi zolimlarga qarshi bir yoqadan bosh chiqarib, yagona jabha boiib kurash olib borish zamrligi tushunchasi, milliy ong va milliy vijdon tushunchalari tomir otmagan edi. Ularda umummilliy manfaatdan ko„ra shaxsiy manfaat «0„zingni bil, o„zgani qo„y» tushunchasi ustunroq darajada rivoj topgan edi. Oika xalqlari dunyoqarashida bir yoqadan bosh chiqarib, yagona siyosiy tashkilotga uyushib kurash olib borilmasa, milliy mustaqillikka ham, ozodlik va hurlikka ham erishib boimasligi to„g„risidagi g„oyalar shakllanmagan edi. Ikkinchidan, Turkiston o„lkasidagi siyosiy partiya va tash- kilotlarda Shoiolar va bolsheviklar singari tajribali raqibga qarshi tengma -teng kurash olib borish uchun tarixiy tajriba yetishmas edi. Ular hali yosh va endigina tetapoya qilib kurash maydoniga chiqib kelayotgan edilar. Aksincha, Kompartiya va Sho„ro hukumati tashkiliy-ma‟muriy jihatdan uyushgan davlat mexanizmiga ega boiishdan tashqari mafkuraviy kurashning uzoq yillik tarixiy tajribasidan saboq olgan edi. Uchinchidan, Turkiston oikasida faoliyat koisatgan siyosiy tashkilotlarda harakat birligi yo„q edi. Ulaming deyarli hammasining bosh maqsadi milliy istiqlol, erk va ozodlik uchun kurash boisa- da, arzimagan va ikkinchi darajadagi masalalardagi farqlar va kelishmovchiliklar tufayli bir- birlariga tosh otar edilar va bir-birlarini badnom qilar edilar. Ular bosh maqsadga erishish yoiida kurashning turli usullaridan foydalanish, kurashni davr va sharoit talablari asosida bosqichma-bosqich olib borish malakalarini egallamagan edilar. Buning oqibatida o„rtada boiinish paydo boiar va milliy 319 istiqlol uchun kurash jabhasi kuchsizlanar edi. Bunday holat esa mustamlakachilar uchun qulaylik tug„dirar edi.. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling