O'zbekiston tarixi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
168-169-betlar.
329 soxta «xalq hokimiyati»dan ustalik bilan foydalanadi. Davlatni boshqarish va idora qilishda bu tizim «sovetlar+partiya+jamoat tashkilotlari»ning birligini o„zida ifoda etar va kompartiyaning yagona rahbarlik prinsipiga tayanar edi. Natijada Sho„ro davlatining idora shakli joriy qilindi. Davlat sho„rolar nomi bilan yuritiladi. Davlatning Konstitutsiyasiga asosan eng yuqori hokimiyat organi Oliy Kengash, ijro etuvchi organi esa xalq Komissarlari Kengashi hisoblanar edi. Amaliy faoliyatda esa kommunistik partiya davlat organlari ustidan nazoratda cheklanmagan huquqqa ega edi. Ya‟ni nomiga davlat sho„ro davlati nomi bilan yuritilsa-da, u hech qanday amaliy huquqqa ega emasdi. Biror narsani u mustaqil hal qila olmas edi. Barcha huquq kompartiya ixtiyorida bo„lib, Kompartiya davlat ustidagi davlat edi. Markazdagi idora tartib usuli ittifoqchi respublikalarda ham o„matilgan edi. Boz ustiga ittifoqchi respublikalar partiya va sho„ro tashkilotlari hech qanday amaliy huquqqa ega emas, faqat Markazning buyrug„ini ijro etuvchi filiallar edilar, xolos. Ular, yuzaki qaraganda, «mustaqil-suveren» davlatlar edilar: ulaming «o„z sho„ro davlati», «o„z kompartiyasi» va milliy rahbarlari bor edi. Amalda esa ular batamom Markazga bo„ysundirilgan mustamlaka o„lkaning qo„g„irchoq tashkilotlari edilar. Turkistonda sho„ro hokimiyati o„matilgan yillarda va hatto 0„rta Osiyoda o„tkazilgan sun‟iy milliy davlat chegaralanishi va 0„zbekiston sovet sotsialistik respublikasi tashkil topgan dastlabki yillarda ham partiya va davlat tashkilotlarining eng yuqori lavozimlariga mahalliy yerlik kadrlar qo„yilmadi, ularga ishonmasdan past nazar bilan qaraldi. Bu davrda yuqori partiya va davlat idoralarini asosan ms millatiga mansub kishilar boshqardilar. Jumladan, 1917-yilda (15-21-noyabr) bo„lib o„tgan Turkiston o„lkasi sho„rolarining III Qumltoyida saylangan Turkiston xalq komissarlari kengashining 15 kishidan iborat tarkibida mahalliy yerli millat vakillaridan birorta vakil boimagan, hammasi Ovmpa millatiga mansub kishilar edi. 1918- yil aprelda Turkiston o„lkasi muxtor respublikasining birinchi koalision Markaziy Ijroiya Qo„mitasi shakllandi. 0„lka sho„rolarining V Qumltoyida saylangan bu hukumat tarkibiga 18 bolshevik va 18 so„l eser saylangan edi. Markaziy Ijroiya qo„mitasi raisligiga dastlab I.O.Tobolin (1885-1941) saylandi. So„ng uni P.A.Kobozev (1978-1941), A.F.Solkin (1895-1941), V.D.Votinsev 330 (1892-1919), A.A.Kazakov (1978-1963) va I.A.Apin boshqardilar. Mahalliy millat vakillari bu yerda ham chetlab o„tildi. Turkiston o„lkasi Kompartiyasi 1918-yil iyunda shakllanganligi yuqorida qayd etildi. Bu partiyaning asoschilari ham ovrupaliklar edilar. Shu bois Turkiston Kompartiyasi Markaziy Qo 1 mi tasiga asosan Ovrupa millatlariga mansub kishilar: I.Tobolin (rais), A.Solkin, V.Votinsev, M.Troiskiy, K.Sorokin, P.Ermolov, N.Xo„- jayevlar saylandi 1 . Sho„rolar Turkistonida xalq ommasi orasidan o„ta qiyin sharoitlarda yetishib chiqqan, respublika rahbarligiga nomigagina saylanib, tayinlanib qo„yilgan milliy arbol iming qismati ham og„ir kechgan. Ular Markaz va uning Markaziy Osiyodagi dastyor, ijrochi, gumashta organlari Turkkomissiya, Turkbyuro, 0„rta Osiyo byurosi kabi organlar chizib bergan yo„ldan sal bo„lsa-da og„ib, millat manfaati, mustaqillik uchun harakat qilgudek bo„lsalar, ular darhol boshqa kadrlar bilan almashtirilganlar. Misol sifatida taniqli istiqlol kurashchisi Salimxon Tillaxonovning 1930 -yil 5- iyundagi tergovda bergan mana bu ko„rsatmasini keltiramiz: «... Kunlaming birida «Ko„mak» jamiyati ishi yuzasidan Turkiston Markaziy Ijroiya Qo„mitasi raisi Xidiraliyevga murojaat qilgandim. Turkmarkazijroqo„midagi ishlar tugashi bilan Xidiraliyev taklifi bo„yicha u bilan Turkmarkazijroqo„m yotoqxonasidagi uyida bo„ldim. Tushlik ovqat chog„ida Xidiraliyev Turkiston Respublikasi- dagi umumiy ahvoldan noroziligini bildira boshladi. Xidiraliyev shunday degan: «Salimxon! Meni ham chamasi ishdan olishsa kerak, chunki men ham Risqulovga o„xshab byudjet masalasini tushuna boshladim, paxta bilan bog„liq ishlarga aralasha boshladim. Turkiston ishchi rayoni emas, balki qishloq xo„jaligi rayonidir. Shuning uchun bu yerda dehqonlar manfaatiga rioya etish lozim. Qanday bo„lganida ham mustamlaka mustamlakachiligicha qolaverar ekan. О„zing mamlakatga egalik qilmas ekansan, Respublika Prezidenti lavozimi mustaqil harakat qilish uchun hali- veri imkon bermas ekan. Risqulovni shuning uchun ham ishdan oldilarki, chunki paxta ishiga aralashgan edi. Endilikda aftidan shunday qismat mening boshimga ham tushsa kerak?» 2 . Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling