O'zbekiston tarixi


To‘rtinchi eng asosiy saboq


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

To‘rtinchi eng asosiy saboq 
shundan iboratki, Vatan va milliy 
mustaqillik yoiida jon berib jon olgan haqiqiy vatanparvarlaming, milliy 
qahramonlaming, xalqning mard va jasur o„gionlarining nomlari Vatan 
tarixining zarvaraqlarida oltin satrlar bilan yoziladi, ular milliy g„urur, 
iftixor tuyg„usi sifatida kelajak avlodlarimiz, o„g„il-qizlarimizni yangidan-
yangi zafarlarga chorlayveradilar. Ulaming nomlari abadiy va o„chmasdir. 
324


1920- 
1930-YILLARDA 
0‘ZBEKIST0NDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY, 
IQTISODIY-MADANIY VA MA’NAVIY 
0‘ZGARISHLAR
 
l- §. 20-30-yillarda sho‘rolarning 
mustamlakachilik siyosati
 
Oktabr harbiy to„ntarishi tufayli hokimiyatni egallab olgan sho„ro 
hukumati 0„rta Osiyo hududlarida mustamlakachilik tartib- qoidalarini 
mustahkam poydevor asosida qurish uchun ikki xil kurash yo„lini tanlab 
olganliklari yuqorida ta‟kidlandi. 
Birinchi yo‘1, 
istiqlolga, milliy-ozodlikka 
otlangan tub yerli musulmon aholini zo„rlik bilan bostirish yoii. Bu yoini 
sho„rolar tish-timogigacha zamonaviy harbiy qurollar bilan qurollangan 
Qizil armiya vositasida amalga oshirdi. 30-yillaming o„rtalarigacha va undan 
keyin ham ana shu siyosat davom ettirildi. 
Ikkinchi yoi 
zo„rlik, kuch ishlatish, qamash, surgun qilish va yo„q 
qilishdan qaytmagan holda o„zgacha fikrlovchi, o„z mustaqil fikriga - 
xulosasiga ega boigan shaxslarga qarshi mafkuraviy jabhada olib borildi. 
Sho„ro hukumati va Kompartiya keng mehnatkashlar ommasining ongiga 
«tinch» kurash vositalari orqali g„oyaviy-siyosiy va mafkuraviy sohada ta‟sir 
ko„rsatish yoiidan bordi. 0„z niyatini amalga oshirish uchun Sho„ro 
hukumati o„zida bor boigan barcha imkoniyat hamda vositalami ishga solib: 
Turkistonni RSFSR tarkibidagi muxtor respublikaga aylantirdi; Xorazm va 
Buxoro xalq sho„ro respublikalarini tuzdi; Turkiston, Xorazm va Buxoro 
Kompartiyalarini tashkil etdi, Kasaba Ittifoqi, komsomol, pi oner va shuning 
singari boshqa jamoat tashkilotlarini shakllantirdi. Natijada juda katta kuch 
orqali xalq ommasi ongiga sho„rolar va kompartiya rahnamoligida amalga 
oshirilajak xalqchil, dunyoda «eng adolatli va demokratik» sotsialistik-
kommunistik tuzumning «afzalliklari»ni to„xtovsiz singdirib borishga 
imkoniyat yaratdi. 
Sho„rolar xalq ommasi ongidan barcha milliy qadriyatlami siqib 
chiqarish hamda yangicha urf-odatlar va sho„ro an‟analarini singdirishni 
o„zining bosh maqsadi deb bildi, shu maqsadda 1923-yil 
325


9-iyulda Turkiston Respublikasi Mehnat Xalq Komissarligi o„zining 50 -
sonli maxsus qarori bilan «Inqilobiy bayramlar va dam olish kunlami»ni„ 
ham belgiladi. Mazkur qarorga asosan quyidagi kunlar Turkiston 
xalqlarining «bayram kunlari» deb e‟lon qilindi: 
1 yanvar - Yangi yil 
22 yanvar - 1905-yil 9-yanvar qonli yakshanba kuni 12 mart - 1917-yil 
Chorizmning ag„darilgan kuni 18 mart - Parij Kommunasi kuni 
1 may - Baynalminal kuni 
7 noyabr - Yo„qsillar bayrami kuni
2
Sho„rolar va kompartiya yuritgan bu siyosatning markazida «dunyoda 
eng adolatli va birdan bir to„g„ri bo„lgan lenincha milliy siyosat» yotardi. Bu 
siyosatning bosh talabi «millatlaming to milliy mustaqil davlat bo„lib ajralib 
chiqishiga qadar o„z taqdirini o„zi belgilashi»dan iborat nihoyatda 
«jozibador» talabdir. Ammo milliy masalada bolsheviklar dasturida ilgari 
surilgan bu bosh talab faqat deklorativ xarakterga ega bo„lib, amalga 
oshmaydigan sarobdan iborat edi. Ya‟ni sho„ro Rossiyasi mustamlakachilik, 
ulug„ saltanatchilik siyosatini «Lenincha milliy siyosat» bayrog„i ostida 
amalga oshirdi. Amalga oshmaydigan va shirin xom-xayoldan iborat 
«sotsializm va kommunizm» haqidagi dastur, shior, g„oya va chaqiriqlar 
amalda Chor Rossiyasiga nisbatan ham ayanchliroq va dahshatliroq 
mustamlakachilik siyosatining aynan o„zi edi. Uni kommunistik partiya 
balandparvoz, havoyi, targ„ibot va tashviqotdan iborat g„oyalar va 
qarashlarda ko„klarga ko„tarib maqtaydi. Lenincha milliy siyosat qobig„iga 
o„ralib, yurtimizda amalga oshirilgan mustamlakachilik siyosatining 
maqsadlari va mohiyati nimalardan iborat edi, degan qonuniy savol 
tug„iladi. Ular asosan quyidagilardan iborat: 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling