O'zbekiston tarixi
-§. Istiqlol harakati va uning yengilish sabablari va saboqlari
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
14-§. Istiqlol harakati va uning yengilish sabablari va saboqlari
Turkiston o„lkasi xalqlarining milliy istiqlol, erk va ozodlik uchun kurashi 16-yil davom etdi. Sho„ro qirginlari tufayli 1935- yilga kelib mamlakatimiz jasur vatanparvarlarining qarshiligi sindirildi. Natijada Turkistonni bosib olib o„z mustamlakachilik tartib-qoidalarini o„rnatdilar. Turkiston Sho„ro Respublikasi Xalq Komissarlari Kengashi Raisi Abdulla Rahimboyevning quyidagi so„zlari bu fikrga yanada oydinlik kiritadi: «Rusiya bosmachilik harakatini 1935-yilda o„rtadan yo„q qildi». Ammo bundan Turkiston o„lkasi xalqlarining Sho„ro istibdodiga qarshi milliy istiqlol, erk va ozodlik uchun kurashlari 1935-yildan keyin batamom barham yedi va to„xtab qoldi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Milliy mustaqillikka, erk va ozodlikka an‟anaviy tashna boigan mamlakatimiz xalqlari keyinchalik ham bosqinchi Sho„ro saltanatiga qarshi kurashni bir daqiqa boisa-da to„xtatmadilar. Bu kurash 1991-yil avgustga qadar goh oshkora va goh pinxona sur‟atda davom etdi. 1917—1934-yillar mobaynida olib borilgan istiqlolchilik, erk va ozodlik kurashining yengilishi va magiubiyatga uchrashining sabablari nimalardan iborat? Bu sabablar asosan quyidagilardir: 1. Turkiston oikasi xalqlari istiqlol uchun erk va milliy ozodlik uchun dunyodagi eng katta va qudratli mustamlakachi davlat boigan Sho„ro Rossiyasiga qarshi jang qildilar. Bu davlat o„zining shakllangan va kuchli davlat boshqaruv mexanizmiga, qudratli va muntazam Qizil Armiyaga ega edi. Bu armiya eng zamonaviy harbiy texnika va qurol-yarogiar bilan ta‟minlangan edi. Vatandoshimiz tarixchi Boymirza Hayit so„zlariga qaraganda: «Qizil Armiya bosmachilikka qarshi tanklar, samolyotlar, to„plar va gaz ishlatdi. Hatto choilardagi ba‟zi jarliklar zaharlandi». 2. Turkiston oikasi Rossiyaning mustamlakasi edi. Turkistonning bir boiagi hisoblangan Buxoro amirligi va Xiva xonligi, rasmiy sur‟atda mustaqil davlat boisa-da amalda batamom Rossiyaga qaram va yarim mustamlaka boigan. 0„lka umuman olganda har jihatdan, xususan iqtisodiy tomondan kam taraqqiy etgan boiib 320 Rossiya izmida edi. Shu boisdan butun Turkiston o„lkasi yagona jabha boiib dushmanga qarshi kurashga otlana olmadi. 3. Buxoro amirligi va Xiva xonligida xalq ommasi g„oyatda og„ir va qiyin sotsial-iqtisodiy sharoitlarda yashar, zulm-zo„rovonlik kuchli edi. Xalqning aksariyat ko„pchiligi amir va xon siyosatidan norozi edi. Shu bois Sho„roning mustamlakachilik zulmi va istibdodiga qarshi Turkiston xalqlari kurashga otlangan bir paytda Buxoro amirligi va Xiva xonligidagi fuqarolaming bir qismi amir va xonga qarshi boidilar, Sho„rolar Rossiyasidan yordam va madad kutdilar, o„z kelajak taqdirlarini unga bogiadilar. Natijada amir va xon hokimiyati kuchsizlandi, u yolgizlanib qoldi va dushmanga qarshilik ko„rsatishda ojizlik qildi. Keyinchalik, bu hayotiy xatoni anglab yetganlarida esa, kech boigan edi. 4. Milliy istiqlol jangchilari tarqoq harakat qildilar va ular har xil kurash yoilarini tanladilar. Ular alohida-alohida, mustaqil harakat qilmasdan, yagona va markazlashgan holda birgalashib jang qilganlarida, albatta, g„alaba qozonishlari mumkin edi. Chunki, 1919-yil mart oylariga qadar qizil qo„shinlar ham Farg„ona vodiysida, Markaz atrofida mustahkam kuch sifatida uyushtirilmagan va tarqoq holda edilar. Buni Farg'ona fronti qo„mondonlaridan biri, Bozorqo„rg„on singari qishloqlami kulini ko„kka sovurgan Konovalovning quyidagi iqroridan ham payqab olsa boiadi: «1919-yil yanvar oyida Turkrespublika harbiy Qo„mitasi aftidan bosmachilik harakatiga e‟tiborini qaratdi va Toshkentdan maxsus hamda har xil topshiriqli va nomli otryadlar kela boshladi. Masalan, uch yuz ellikta qilich bilan Zolotuxinning jazo otryadi; 2.150 kishilik Petrenkoning otryadi va 400 kishiga yaqin 1-G„arbiy Orenburg yig„ma polki, bundan tashqari joylarda mahalliy otryadlar tashkil etila boshlandi, masalan, o„rtoq Kujeloning Qo„qon Kommunistik otryadi. Qaytaraman, Farg„onaga e‟tibor berilgandek boiib ko„ringani bilan, bu e‟tibor tasodifiy va noaniq reja bo„yicha edi, chunki bunga qaramay, bu oyda shuncha otryadlar kelgani bilan boshliq tayinlanmagan edi» 1 . Faqat 1919-yil mart oyida Farg„ona frontining boshqaruv idorasi tuzilib, M.V.Safronov Farg„ona fronti qo„shinlariga bosh qo„mondon etib tayinlangach 2 , qizil qo„shinlar markazlashgan va tashkiliy uyushgan kuch sifatida harakat qila boshlaydilar. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling