0„zbekiston SSR tashkil etilishi munosabati bilan Kommunistik partiya
tashkilotlari ham hududiy jihatdan qayta shakllantirildilar. 1925-yil 8-
fevralda Buxoroda 0„zbekiston kompartiyasining I qurultoyi o„z
ishini
boshladi. Unda Sho„rolar Ittifoqi Kommunistik partiyasining
filiali boigan
0„zbekiston Kommunistik (bolsheviklar) partiyasi tashkil etildi.
Partiya
Markaziy Qo„mitasi saylandi. V.I.Iva- nov va A.Ikromov
1
Markaziy
Qo„mitaning mas‟ul kotiblari etib saylandilar.
1
Akmal Ikromov 0‘zbekiston kommunistik partiyasining arbobi, 12-yil davomida
partiya markaziy qo‘mitasining birinchi kotibi boiib ishlagan. Akmal Ikromov 1898-yil 14-
noyabrda Toshkentning 0‘qchi mahallasida dunyoga kelgan. Uning otasi Ikrom domla va
onasi Tojiniso aya o‘z davrining o'qimishli va ma’rifatli kishilari edilar. Ular o‘z uylarida
maktab ochib mahalladagi bolalarga taiim va tarbiya berar edilar. Yosh Akmal ham o‘z
tengqurlari qatorida dastlabki ta’limni oilada, o‘z ota-onasi qoiida oldi. U diniy kitoblar
bilan bir qatorda dunyoviy adabiyotlami ham qunt bilan mutolaa qildi.
Ikrom ota o‘z farzandi Akmalning islom dini bo'yicha yetuk boiishini orzu qilar edi.
Bu borada ota bilan o‘g‘il o‘rtasida ixtilof kelib chiqdi. Yosh Akmal oilani tashlab ketish va
mardikorchilik bilan kun ko‘rishga majbur boidi. 13 yoshli Akmal Shorahmatboy degan
sudxo‘r boyning savdo rastasida gumashta boiib ishladi. Hayot va tirikchilik qiyinchiliklari
oqibatida Akmal sil kasalligiga yoiiqdi va bir muddat yotib ham qoldi. Biroz salomatligini
tiklagach suvoqchilik bilan shug‘ullanib kun o‘tkazdi.
Do'stlaringiz bilan baham: