O'zbekiston tarixi


-yilga kelib Akmal dastlab onasidan, bir yil о ‘ tgach esa otasidan judo boidi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1916-yilga kelib Akmal dastlab onasidan, bir yil о ‘ tgach esa otasidan judo boidi. 
Piskent tumanida Ibrohimboy qoiida ishlab yurgan Akmal Toshkentga qaytishga majbur 
boidi. U 1917-yil avgustdan e’tiboran o‘zining 0‘qchi mahallasida tashkil etilgan besh oylik 
pedagogik kursga o‘qishga kirdi. 
Akmal Ikromov oktabr to‘ntarishi davrida Eski shaharda faol ish olib borgan jadid 
harakatiga moyillik ko‘rsatdi. Bolsheviklaming tashviqot va targibotlariga ishonib Sho‘ro 
tomoniga o‘tdi. U Eski shaharda kattalar uchun ochilgan maktabda haq olmasdan 
o‘qituvchilik ham qildi. 0‘qituvchilar o'rtasida u katta hurmat va e’tiborga ega edi. Shu bois 
Akmalni o‘qituvchilar kasaba uyushmasi Hay’atiga a’zo etib sayladilar. 1918-yil 18-fevralda 
Akmaldagi tashkilotchilik qobiliyatini sezgan bolshevoylar uni partiya a’zoligiga qabul 
qildilar.
Akmal Ikromov 1919-yilda Namangan uyezd xalq maorifida dastlab madaniyat 
boiimiga rahbarlik qildi, so'ngra uyezd-shahar musulmon Kommunistlari byurosi raisi 
o‘rinbosari va bir fursat o‘tgach rais lavozimlarida faollik ko‘rsatdi. Xalq o'rtasida katta 
hurmat va obro‘ egasi boigan Akmal Ikromov Farg‘ona viloyat partiya anjumaniga vakil 
qilib ko‘rsatildi. 
1920-yil may-avgust oylarida A.Ikromov Farg'ona viloyat partiya qo‘mitasi raisining 
o'rinbosari va qishloq ishlari boiimi mudiri vazifasini bajardi. Ko‘p vaqt o‘tmasdan u 
Turkiston ASSR yer ishlari Xalq Komissarining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U 
Butunrussiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining «Qizil Sharq» deb ataluvchi tashviqot-
targibot poyezdi tarkibida oikaning juda ko‘plab hududlarida boidi va dehqonlami amalga 
oshirilishi rejalashtirilayotgan yer-suv islohotiga tayyorlashda faollik ko‘rsatdi.
342


Akmal Ikromov faoliyati juda murakkab kechgan. U 0„zbekiston 
Kompartiyasining 1925-1937-yillardagi birinchi rahbari sifatida Moskvaning 
barcha buyruq va topshiriqlarini bo„yin tovlamasdan so„zsiz bajaradi, 
respublikadagi sho„ro va jamoat tashkilotlariga va ulaming rahbarlariga 
harakat uchun erkinlik bermaydi. Barcha harakat dasturini o„z qoii ostida 
markazlashtiradi. 0„zbekistonda harakat qilgan qatag„onlik mashinasini 
Akmal Ikromov boshqaradi. Shu bois uning Fayzulla Xo„jayev, Yoidosh 
Oxunboboyev, Usmon Yusupov va boshqalar bilan munosabati va ish 
yuritish uslubi silliq va bir tekisda kechmagan. 
«Bolta» agenturasining 1926-yil 27-iyunidagi xabarida shunday 
deyilgan: «Xidiraliyevning Moskvadan Samarqandga kelishidan boshlab 
Xidiraliyevga xayrixoh va ixlosmand boigan Samarqand, Farg'ona va 
Toshkent viloyatlaridagi yirik va mayda xodimlar o„rtasida gumhbozlik avj 
olib ketdi, ayni vaqtda Ikromov guruhi ham bu guruh bilan olishuvda katta 
rol o„ynay boshlaydi. Ikromovchilar Xidiraliyev guruhidagi shaxslami o„z 
tomoniga ag„darib olishga intiladilar, bordi-yu kimda-kim Ikromovchilar 
tomoniga o„tishga 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling