A.Ikromov 1920-yil sentabrida o‘z ishini olib borgan Turkiston kompartiyasi V
qurultoyida qatnashdi va nutq so‘zladi. Ko‘p vaqt o‘tmasdan chaqirilgan Turkiston oika
Sho'rolarining IX qurultoyi A.Ikromovni butunrussiya sho'rolarining VIII qurultoyiga vakil
etib sayladi va unda ishtirok etdi.
1920-yil dekabrida A.Ikromov Sirdaryo viloyat partiya qo‘mitasi kotibligiga saylandi.
1921-yil 18 fevralda u VKP (b) MQ Turkiston Byurosi tavsiyasiga ko‘ra Turkiston
Kompartiyasi anjumanida Markaziy Qo'mita tarkibiga kiritildi. Ikki oy o‘tar-o‘tmas
A.Ikromov Turkiston MQ kotibi, shu yilning oxirlaridan esa mas’ul kotibi etib saylandi.
1922-yil 25-iyulda Turkiston kompartiya MQ ijroiya byurosi A.Ikromovni Moskvadagi
Sharq Xalqlari kommunistik universitetiga o‘qishga yubordi. 0‘sha yili sentabr oyida
RKP(b) MK A.Ikromov bilan o‘tkazilgan suhbatdan so‘ng uni Ya.M.Sverdlov nomidagi
Kommunistik universitetga o'qishga yoiladi.
Markaziy Osiyoda Milliy davlat chegaralanishi o'tkazishga tayyorgarlik ishlari
boshlab yuborilganda RKP(b) qaroriga asosan A.Ikromov 0‘rta Osiyo byurosi tarkibiga
kiritildi. Uni RKP(b) MK 0‘rta Osiyo byurosi Toshkent viloyat partiya tashkilotining mas’ul
kotibi lavozimida ishlayotganida 0‘zbekiston kommunistik partiyasining tashkiliy byurosi
tarkibiga tavsiya qiladi.
A.Ikromov 1924-yil 25-noyabrdan e’tiboran V.I.Ivanov va N.Maqsumov bilan
hamkorlikda 0‘zbekiston Kompartiyasining birinchi qurultoyini tayyorlash ishlarida faol
qatnashdi.
U 1925-yil fevralda 0‘zbekiston kompartiyasi markaziy qo'mitasining o‘zbeklardan
saylangan birinchi rasmiy mas’ul kotibi edi. 1929-yildan boshlab esa birinchi kotib etib
saylangan. 1931-yildan Akmal Ikromov VKP (b) MQning 0‘rta Osiyo byurosining kotibi
Do'stlaringiz bilan baham: |