O'zbekiston tarixi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
A’zamxo‘jayev S. Turkiston muxtoriyati. - Т.: Fan, 1996, 44—45-betlar.
2 «Ulug„ Turkiston», 1918-yil 26-yanvar. 3 A’zamxo‘jayev S. «Turkiston muxtoriyati». Т., «Fan». 1996, 45-bet. 56 qaradilar va shul bahona ila idorani muxtoriyat hukumatiga bermiylar edi. Endi bu bahonag„a joy qolmag„on boisa kerak. Chunki hozir Turkiston muxtoriyati rabochiy, dehqon va ular tarafidan buyuk bir miqdorda vakillar saylanib, muxtoriyat idorasi tamomila demokratiya asosina qo„yildi. Bundan so„ng bolshevoylar qanday bir bahona topib muxtoriyatta qarshi turalar ekan?»'. Turkiston muxtoriyatiga nisbatan munosabat Qo„qonda ochilgan qurultoyning bosh vazifasi hisoblanar edi. Musulmonlaming ishchi, askar va dehqon deputatlari 1-Qurultoyining ochilishini Turkiston Harbiy Kengashi rahbari Orif Klevleev, Qo„qon musulmonlari Harbiy Kengashi vakili askar Ismat Ubaydullin, Kavkaz musulmonlaridan Piri Mirsilzoda, Samarqand ishchi va askar deputatlari Kengashi vakili Ponomarev, Qo„qon uyezd komissari Akayev, Toshkent Harbiy Kengashi a‟zosi Sultonov, Qo„qon shahar hokimi o„rinbosari O.Mahmudov va boshqalar qutlashdi. Qurultoyda Muvaqqat xalq majlisi nomidan Islom Shoahmedov va eserlaming vakili Miller nutq so„zlab tabrikladilar. Qurultoy ishtirokchilari 1917-yil 13-dekabrda Toshkentda boiib o„tgan xunrezlik va fojialar munosabati bilan qurbon bo„lganlar xotirasini yodga oldilar va Qur‟oni Karimdan tilovatlar o„qidilar. Shundan so„ng qurultoy hay‟ati saylandi. Uning tarkibiga Abdulla Avloniy, Sanjar Asfandiyorov va boshqalar kiritildi 2 . Kun tartibidagi Turkiston Muxtoriyatiga munosabat masalasi qurultoyda keskin bahs, munozaralar va tortishuvlar bilan bir necha kun muhokama qilindi. Nihoyat qurultoy Turkiston muxtoriyati Muvaqqat hukumatini qo„llab-quwatlash to„g„risida qaror qabul qildi. Qurultoy qabul qilgan qarorda musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlari anjumani vakillarini Turkiston muxtoriyati muvaqqat hukumati tarkibiga kiritishni maqsadga muvofiq deb topiladi. Qurultoyda Xalq komissarlari Kengashi raisi V.I.Lenin nomiga telegaramma yuborishga qaror qilindi. 1917-yil 27-dekabrda jo„natilgan telegrammada bunday deyilgan edi: «Xalq Komissarlari Kengashi e‟lon qilgan shiorlar Turkistonda joriy etilmoqda. Butun Turkiston xalqi qurultoyda Turkiston Muxtoriyatini bir ovozdan e‟lon qildi va Turkiston Ta‟sis majlisiga o„lkani boshqarishning so„nggi shaklini ishlab chiqish taklif etildi. Barcha shahar va qishloqlaming 1 «Ulug„ Turkiston». 1918-yil 4 yanvar. 2 «Ulug„ Turkiston» gazetasi. 1918-yil 26 yanvar. 57 turli tashkilotlari namoyishlar va qarorlarida muxtoriyatning e‟lon qilinishini qo„llab-quwatlayaptilar. Saylangan Xalq Kengashida ruslar va yevropaliklar shahar va qishloq aholisining 2 foizini tashkil etsa-da, biz tomonimizdan 33 foiz o„rin ajratilgan, xalqlaming urushiga chek qo„yilishi, anneksiya va kontribusiyasiz sulh tuzilishiga bir ovozdan qo„shilamiz. Musulmon proletariatining favqulodda Qurultoyi Xalq komissarlari Kengashi tomonidan Turkiston muxtoriyatining mus- tahkamlanishi uchun haqiqiy choralar ko„riladi, shu bilan xalqlaming o„z huquqlarini o„zlari belgilash to„g„risidagi shiorining qat‟iyligi va bunga chin dildan intilayotganligini namoyish etadi, deb ishonadi. Turkiston musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlarining 1-favqulodda qurultoyida qabul etilgan qarorlar haqida ma‟lumot berib, sizlardan Rossiya demokratik respublikasining oliy hokimiyati sifatida Toshkent Xalq Komissarlari Sho„ro hokimiyatini Turkiston muvaqqat hukumatiga topshirish to„g„risida farmoyish berishingizni so„raymiz. Bu bilan siz Turkistonni juda katta falokatga olib keluvchi anarxiya va qo„sh hokimiyatchilikdan qutqargan boiur edingiz» 1 . Mazkur telegrammaga 1918-yil 5 yanvarda Sho„ro hukumatining millatlar ishlari bo„yicha komissari I.V.Stalindan quyidagi mazmunda javob keladi: «Toshkentdagi Sho„ro komissariatini yo„q etish haqida Petrogradga murojaat qilishning ehtiyoji yo„q, agar komissariatni istamasangiz, uni kuch bilan yo'qota bilasiz?» 2 . Butun Rossiya Ta‟sis majlisiga Farg„onadan saylangan eser Vadim Chaykinning Qo„qonda tashkil topgan muxtor jumhuriyatni saqlab qolishda yordam so„rab o„sha I.V.Stalinga telegraf orqali murojaatiga kelgan javobi ham xuddi shu telegramma ruhida yozilgan edi. Bu telegramma o„z mohiyat-mazmuniga ko„ra Sho„ro hukumati zo„rlikka tayanuvchi mustamlakachilik siyosatining yorqin ko„rinishi edi. Chunki uning mazmuniga ko„ra Sho„ro hukumati Turkiston o„lkasidagi tub yerli musulmon aholi istak-xohishi bilan hisoblashmas, o„z taqdirini o„zi belgilamoqchi bo„lgan o„lka xalqlarini Sho„ro Rossiyasi bilan to„g„ridan- to„g„ri qon to„kishga, urushga chorlar edi. Petrograddagi mustamlakachi bolsheviklar bu urushda albatta g„alaba qozonajaklarini yaxshi bilar edilar. Turkiston muxtoriyatida kuch yo„q edi, u hali hokimiyat sifatida batamom shakllanib ulgurmagan edi. 1 «Ishchilar dunyosi», 1918-yil, 2-son, 22-23-betlar. 2 Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling