O'zbekiston tarixi
partiyasi qurultoyiga yuborishga qaror qildilar
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
partiyasi qurultoyiga yuborishga qaror qildilar. Albatta, Yettisuv musulmonlarining bo„linishdan iborat tutgan bu yoii Turkiston Muxtoriyati uchun kurash jabhasi kuchlarini kuchsizlantirdi. Bundan Toshkent Sho„rosidagi qizil saltanat mustamlakachilari ustalik bilan foydalanadilar. Ular Turkiston Muxtoriyatini tan olmasdan, o„zlarining butun diqqat-e‟tiborlarini uni yo„qotishga qaratdilar. Toshkent Sho„rosii o„z tashviqot-targibotla- rida Turkiston Muxtoriyatini keng ommaga aksilinqilobchi, buijua millatchi hukumat deya tushuntirdilar. Bu borada ularga «Nasha gazeta» gazetasi qo„l keldi. Toshkent Sho„rosi Turkiston Muxtoriyatini yakkalab qo„yish maqsadlarini ko„zlab barcha imkoniyatlami ishga soldilar. Toshkent shahar Dumasini tarqatdi, «Turkestanskiy vestnik» gazetasini yopib qo„ydi va hokazo 1 . Sho„ro hukumatining bu va shunga o„xshash tadbirlari Turkiston Muxtoriyatiga nisbatan amaliy va rejali hujum boshlanganligidan dalolat berar edi. 5- §. Turkiston Muxtoriyatining qulashi Toshkent Sho„ro hukumati 1918-yil yanvaridan e‟tiboran Turkiston Muxtoriyatini tugatish maqsadida ochiqdan-ochiq amaliy harakatlami boshlab yubordi. Buni o„sha yili 19-26-yanvarda boiib o„tgan Turkiston oikasi Sho„rolarining IV qurultoyi qabul qilgan qarorlar yaqqol ko„rsatdi. Qurultoyda so„zga chiqqan Toshkentda Sho„ro raisi bolshevik I.O.Tobolin bunday degan edi: «Biz nafaqat Rossiya haqida, balki mehnatkashlar to„g„risida qayg„uryapmiz, agar xalq xohish-irodasi bu oikaning Rossiyadan ajralib chiqishini referendum orqali hal etishni istasa, uning ajralib chiqish huquqini saqlab qolamiz» 2 . I. О .Tobolin о „ z so „ zining oxirida qurultoy qatnashchilari e ‟ tiboriga muhokama etilayotgan masala yuzasidan bolsheviklar fraksiyasi qarori matnini o„qib berdi: «Inqilobchi sotsial-demokratlar partiyasi proletariat Muxtoriyatini tashkil etish uchun harakat qiladi», shu bois deputatlaming kasaba Sovet (soyuz) lariga jalb etib, musulmon proletariatining sinfiy ongini ko„tarish» bo„yicha proletariat ommasini tayyorlash asosiy masala etib e‟lon qilinadi. Muxtoriyatni eion qilish masalasi esa noaniq muddatga kechiktirib qoldiriladi. 1 O'sha manba. 48-49-betlar. 2 O'sha manba. 60 Turkiston Sho„rosi IV oika qurultoyi Turkiston muxtoriyatiga munosabat masalasini qizg„in muhokama qilib turgan bir paytda Turkiston muxtoriyati hukumati qurultoy nomiga telegramma yuboradi. Telegrammada 1918-yil 20-martda «umumiy, to„g„ridan- to„g„ri, teng va yashirin ovoz berish asosida» Turkistonda Ta‟sis majlisi chaqirish tadoriki borligi ma‟lum qilinadi. Telegrammada yana shu narsa ta‟kidlanadiki: «Turkiston Ta‟sis majlisi xalqlaming barcha orzu-istaklarini amalga oshirishga da‟vat etilgan boiib, Turkiston muxtoriyatida o„lkaning oz sonli aholisi va mehnatkash xalq huquqlarini himoya qilib, Rossiya inqilobi tomonidan oldinga surilgan demokratik qonun-qoidalar bilan to„la kelishgan holda demokratiyani tashkil etadi». Ana shu munosabat bilan muxtor Turkistonning Xalq Majlisi (milliy majlis) yana bir marta Turkiston xalqlariga «Xalq majlisi tomonidan mazkur holatning (moddaning) ishlab chiqilayotgani, hayotga tadbiq etilishi yuzasidan choralar ko„rilayotganini baralla ma‟lum qilishni o„z vazifasi deb biladi» 1 . Ammo shunga qaramasdan Turkiston oikasi Sho„rosining IV Qurultoyi Turkiston muxtoriyati hukumatini tan olishdan bosh tortdi, uning a‟zolarini qonundan tashqari deb e‟lon qildi va hatto ulaming boshliqlarini qamoqqa olish to„g„risida qaror qabul qildi. Xususan masalani yanada o„tlashtirgan holat Bayramali ishchi va askar deputatlari sho„ro hukumatining «... boylar tomonidan e‟lon qilingan Qo„qon hukumati tan olinmasin, uning a‟zolari esa qonundan tashqari deb topilsin, boshliqlari qamoqqa olinsin!», degan talabidan so„ng kuchayadi. Qurultoy qarorida bunday deyilgan edi: «Inqilobiy sotsial-demokratlar partiyasi bir to„da rus va musulmon reaksionerlari boshchiligidagi buijua muxtoriyatiga qarshi shafqatsiz kurash e‟lon qiladi va oikada proletar muxtoriyati tuzishga intiladi» 2 . Turkiston Muxtoriyatiga qarshi boshlangan siyosiy xuruj va qirg„inbarotningotashinvafaoltashkilotchilariI.O.Tobolin,F.Kolesov, Ye.Babushkin, Turkiston harbiy komissari Ye.Perfilev va boshqalar boidilar. Ular o„z faoliyatlarida qonxo„r bolsheviklar partiyasi va qizil mustamlakachi saltanat Sho„ro hukumatining yoiboshchilari V.I.Lenin, I.Stalin va boshqa bolsheviklaming to„g„ridan-to„g„ri buymq va ko„rgazmalarini ado etdilar. Turkiston Muxtoriyati rahbarlari 1918-yil boshlarida Toshkentda o„zlariga qarshi mislsiz fojiaviy qirginga tayyorgarlik ketayotganda 1 Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling