O'zbekiston tarixi


Partiyaviy bahslar ketida Sizlar Vatanni va oikamizni barobar nobud


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix


Partiyaviy bahslar ketida Sizlar Vatanni va oikamizni barobar nobud 
qilayotirsizlar»
2

1917- 
1920-yillardagi ochlik balosi xalq ommasining 
kulfatlarini yanada oshiradi. Bu ochlik va uning natijasi oiaroq kelib chiqqan 
kulfatlaming o„zagi va sababi qaerda? degan savol tug„iladi. Buning 
sabablari quyidagilardir: 
Birinchidan, 
Turkistonda Oktabr harbiy to„ntarishi zo„rlik yoii bilan 
amalga oshirildi. Mamlakat bu to„ntarishga umuman tayyor emas edi. 
Ikkinchidan, 
Oktabr to„ntarishini tub yerli aholi amalga oshirmadi
balki, Yevropa mamlakatlariga mansub millatlar, asosan rus harbiylari 
amalga oshirdilar. Tub yerli aholi esa «Marksizm- leninizm», «Proletariat 
diktaturasi», 
«Kompartiya», 
«Sotsializm», 
«Kommunizm» 
kabi 
tushunchalardan uzoqda va undan begona edi. 
Uchinchidan, 
Oktabr to„ntarishidan so„ng Sho„rolarning III 
Qurultoyida saylangan Turkiston hukumati tub yerli aholining manfaatlariga 
zid va qarama-qarshi hukumat edi. Chunki bu hukumat 
1
 «Turkestanskie vedomosti», 1917-yil 16 noyabr.
2
 «Turkestanskie vedomosti», 1917-yil 16 noyabr.
73 


yuz foiz kelgindi millatlarga mansub xalqlar vakillaridan tashkil etildi. Ular 
tub yerli mahalliy xalqning na tilini, na dinini, na urf-odati madaniyati va 
tarixini bilmas edilar. Hukumat tarkibiga mahalliy xalq vakillari umuman 
kiritilmadi. 
To‘rtinchidan, 
eng asosiysi - Turkistonda tashkil etilgan Sho„ro 
hukumati ham sof mustamlakachi hukumat edi. Ular mahalliy xalqqa 
nisbatan tobe, qul, ikkinchi toifa xalq sifatida past nazar bilan qarar edilar. 
Buni Turkiston xalqlarining asl farzandi Turor Risqulovning
1
quyidagi 
so„zlaridan ochiq-oydin bilib olish mumkin: «Turkistondagi oktabr 
to„ntarishining rahbarlaridan biri Tobolin Turkiston Markaziy Ijroiya 
Qo„mitasi majlislaridan birida to„g„ridan-to„g„ri: «Qirg„izlar iqtisodiy qoloq 
bo„lganlari uchun ham ular baribir qirilib ketishga mahkumdir. Shuning 
uchun inqilob butun kuchini ochlikka qarshi kurashishga emas, yaxshisi 
frontni mustahkamlashga qaratishi kerak» degandi. 
Beshinchidan, 
Turkiston o„lkasi Sho„rolar hukumati tepasida 
rahbarlik lavozimlarini egallab turgan shaxslar turli partiya va guruhlarga 
mansub boiib, g„oyaviy-siyosiy qarashlari ham sayoz boigan. Ular sho„ro 
tartib-qoidalarini joriy etish jarayonida Turkiston oikasidagi shart-sharoitni, 
bu yerda yashayotgan xalqlaming o„ziga xos xususiyatlari, madaniy-axloqiy 
urf-odatlari va psixologiyasini bilmas edilar. 
Oltinchidan, 
1917-yil noyabrdan e‟tiboran general Dutov Orenburg, 
Troiskiy, Chelyabinsk kabi muhim strategik ahamiyatga ega boigan 
hududlami egallab oldi, Turkiston bilan Rossiya o„rtasidagi har qanday 
aloqa uzilib qoldi. 
Va nihoyat, 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling