O'zbekiston tarixi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 
Политика Советской власти по национальным делам за три года. - М.: 
1920. С.8.
2
 RSFSR Konstitusiyasi. 1918-yil. 582-bet.
71 


ustalik bilan foydalandilar, bo„ysunmas musulmonlami ochlikdan ko„proq 
qirishga e‟tibor berdilar. 
Buning uchun lenincha «Harbiy kommunizm siyosati» asosiy dastak 
boigan. Kommunistlar hokimiyatni bosib olishi bilanoq ishchi va ziyolilar, 
armiyani boqish uchun «oziq-ovqat taqsimoti (razverstkasi)»ni joriy qildilar. 
Bu tarixda «harbiy kommunizm siyosati» deb nomlanib, unga ko„ra butun 
Rossiya kabi Turkistondagi dehqonlar qoiidagi «ortiqcha» g„alla boyliklari 
ham majburlash yoii bilan batamom arzon narxda «sotib», aniqrogi, tortib 
olindi. Shuning uchun ham dehqonlar ko„p joylarda g„alayon ko„tardilar. 
Umuman, «kommunizm»ning zo„rlik bilan hayotga joriy qilinishi sho„ro 
hokimiyatining o„zini halokat yoqasiga olib keldi. Shuning uchun ham 
«dohiy» Lenin kommunizmga olg„a sakrashni to„xtatib, kapitalizm ustidan 
g„alaba qozonish uchun uni «qamal qilish»ga, orqaga chekinib, kuch 
to„plashga majbur boidi. Bu siyosat «Yangi iqtisodiy siyosat» deb nomlandi 
(YalS). 
Agar oldin hukumat ichki va tashqi bozomi o„z qoiiga olgan boisa, endi 
ichki bozorga erkinlik berdi, ya‟ni bozor iqtisodiyotiga, kapitalistik ishlab 
chiqarishga qaytdi. Tashqi bozor esa davlatning tanho monopoliyasi, ya‟ni 
hukmronligida qoldi. Bu siyosat Kom- partiyaning o„ninchi qurultoyida 
(1921-yil, mart) asosiy iqtisodiy. siyosat sifatida qabul qilindi. Oziq-ovqat 
taqsimoti oziq-ovqat soligi bilan almashtirildi. Natijada bozor va ishlab 
chiqarish jonlandi. Turli xil kooperatsiya, jamiyat va birlashmalar pay do 
boidi, hunarmandchilik rivojlandi, paxta va g„alla yetishtirish ko„paydi. 
Sanoat ham jonlandi. 
YalS yuqorida aytilganidek, vaqtinchalik orqaga chekinib, kuch 
to„plash, xalqni aldashdek taktik siyosat edi. Shuning uchun ham xalqning 
noroziligi bostirilishi, sho„ro hokimiyati mustahkamlanishi bilan (20-
yillaming ikkinchi yarmidan) yana xususiy mulkchilik va «kapitalizmga 
hujum» siyosati, «xalqni zo„rlab baxtli qilish», ya‟ni sotsializmga olib kirish, 
ta‟qib va qatag„onlik, «sinfiy» kurash avj oldirildi. Mamlakatda amalga 
oshirilgan bu «tajriba-sinovi» mustamlaka asoratida boigan Turkiston 
xalqlari boshiga balo- vabodek yogilgan dahshatli ochlikni keltirib chiqardi, 
ming-minglab fuqarolar ochlikdan qirilib ketdilar. Sho„ro hukmdorlari 
Turkiston muxtoriyatini qonga botirib tor-mor qilgan boisalar-da, oikadagi 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatning tobora taranglashib borishining 
oldini ola olmadilar. 
72 


Uning eng asosiy va bosh sababi oktabr ilgari surgan g„oyalaming 
Turkiston xalqlari talab va intilishlaridan uzoq va begonaligi edi. Hatto 
oktabr harbiy to„ntarishining dastlabki kunlarida maium darajada uni 
qoilagan va turli sabablar taqozosi ila uning tomoniga o„tgan kimsalar ham 
kunlar o„tishi oqibatida yuzaga chiqayotgan voqea-hodisalami hayotda, 
tajribada ко„rib undan tobora yuz o„gira boshladilar. Buni quyidagi misollar 
ochiq-oydin ko„rsatadi. 1917- yil noyabr o„rtalarida Toshkentda to„plangan 
shahar idoralarining Qurultoyida so„zga chiqqan deputatlardan biri 
Mirazimov (Toshkent) bunday degan edi: «Ishchi va askarlar Sho„rosi 
o„z doirasidan yerli xalqning askariyati - musulmonlami chiqarib tashladi. 
Endilikda aqalliy bu guruh hammamizga o„z shartlarini qo„ymoqchi. Aslida 
aholining tarkibiga mutanosib boigan markaziy hokimiyat tuzish lozim. 
Hozirgi hokimiyat esa fuqaroning manfaatiga zid»
1

Ushbu qurultoyda so„z olgan qo„qonlik deputat Mahmudov esa 
bolsheviklar Sho„rosiga o„z munosabatini quyidagicha ifodalaydi: «Garchi 
bolshevoylar mamlakat manfaatini ko„zlar ekan, nechun ular Ta‟sis 
Majlisining chaqirilishiga to„sqinlik qilishayotir! Biz, musulmonlar, Rus 
inqilobi bizlarga hurriyat va tinch hayot keltiradur, deb quvongan edik. 
Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling