O'zbekiston tarixi
Севостянов И. Хлопководство и хлопковая промышленность Туркестана
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Высший Совет Нар. Хозяйства. - М.: 1921, С.11.
1
Севостянов И. Хлопководство и хлопковая промышленность Туркестана (Основные тенденции падения и возрождения современного хлопкового хозяйства). Высший Совет Нар. Хозяйства. - М.: 1921, С.11. 75 Mamlakatda vujudga kelgan bu vaziyat qishloq mehnatkash- larining paxta yetishtirishga nisbatan ko„nglini sovutib yubordi. Ekin maydonlari keskin darajada qisqarib ketdi. 1917-yilda bu 1915-yildagi 3,5 million desyatina o„miga 2,3 million desyatinadan sal ko„proqni tashkil etdi'. Dehqonlar qisqargan paxta maydonlari o„miga bug„doy, sholi, arpa, tariq, jo„xori kabi mahsulotlar yetishtira boshladilar. Lekin bu hoi muammoni hal qilmadi, aksincha ommaning turmush farovonligi pasaygandan-pasayib bordi. Chunki almashtirishga paxta qolmadi va oziq-ovqat masalasi hal boimadi. G„alla yetishtirish, oziq-ovqat sohasidagi tanqisliklar va paxta yetishtirishning kamayib ketishi sanoatga ham halokatli ta‟sir ko„rsatdi. 0„lka sanoatining asosiy va yetakchi tarmog„i hisoblangan paxta tozalash sanoatida ishlab chiqarish hajmi 1917-yilda 1915- yildagiga qaraganda 2 baravardan ham ko„proq qisqardi. Turkiston Sho„ro hukumatining oikani boshqarishdagi kamchi- lik va nuqsonlari va to„g„ridan-to„g„ri olib borgan istilochilik siyosati tufayli yanada gazak otdi. Yarim feodal ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar hukmron boigan oikada Sho„ro hukumati sotsialistik ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni zo„rlik bilan qaror toptirish yoiidan bordi. Ya‟ni bir qator dekretlar eion qilib, yemi, yirik sanoat korxonalarini, transport va aloqa vositalarini, banklami milliylashtirdi va ulami musodara qilish yo„li bilan davlat mulkiga aylantirdi. Tovar- pul munosabatlari, bozor iqtisodiyoti munosabatidan voz kechildi. Turkiston oikasi xalqlarining asrlar osha shakllanib kelgan urf- odat, axloq-odob va madaniyati qoidalari o„lka xalqlari uchun odatiy boimagan yalang„och va hayosiz begona qoidalar bilan almashtirildi. Yana bu tadbirlami Turkiston Sho„rolari oikaning tarixiy an‟analarini bilmagan holda va u bilan hisoblashmasdan keskinlik va sabrsizlik bilan amalga oshirishga kirishdilar. Qisqa muddat - 1917-yilning oxirlari va 1918-yilning birinchi yarmidayoq oikaning 330 dan ortiq sanoat korxonalari davlat qoiiga olindi. Paxta tozalash, moy olish, nefit, toshko„mir va shunga o„xshash bu sanoat korxonalari Oktabr to„ntarishidan ilgarigi butun Turkiston sanoati yalpi mahsulotining 80 foizdan ortigini berar edi. Bu tadbirlar 1918- yil 26-fevralda Turkiston XKS raisi bolshevik F.Kolesovning paxtani odamlardan ochiqdan-ochiq musodara etish haqidagi dekreti asosida amalga oshiriladi. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling