O'zbekiston tarixi


-  §. Turkiston muxtoriyatining omma tomonidan


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

4- 
§. Turkiston muxtoriyatining omma tomonidan 
qo‘llab-quwatlanishi 
Qo„qon shahrida Turkiston musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi 
bo„lib o„tganligi va unda Turkiston muxtoriyatining tashkil etilganligi 
to„g„risidagi xabar tezda butun o„lka mehnatkashlar ommasi o„rtasida keng 
tarqaldi va katta qiziqish uyg„otdi. Turli shaharlar va tumanlarda Turkiston 
muxtoriyati shodu hurramlik 
1
«Ulug„ Turkiston» gazetasi. 1917-yil, 8-dekabr. 
50 


bilan kutib olindi. Muxtoriyatni qo„llab-quwatlab joylarda ko„p raing kishilik 
miting va namoyishlar uyushtirildi. Jumladan, 1917- yil 6-dekabrda Toshkent 
shahridagi Eski Juvadagi Beklarbegi jome‟ masjidida uyushtirilgan miting bu 
xususda xarakterlidir. Unda 60 ming shaharlik fuqarolar qatnashadi. Mazkur 
miting tashkilotchilari «Sho„roi Islomiya» va «Sho„roi Ulamo» jamiyati 
a‟zolari edi. «Ulug„ Turkiston» gazetasining bergan xabariga qaraganda, 
«Masjidning ichki sahni va tomlari odam bilan liq to„lgan». Miting Saidg„ani 
Mahmud raisligida o„tgan (Munawarqori Abdurashidxonov, Mulla Odil, 
Sherali Lapin va boshqalar uning o„rinbosarlari edilar). Gazeta miting 
qatnashchilarining 
Turkiston 
muxtoriyatini 
batamom 
qo„llab- 
quwatlaganliklarini yozadi. Miting Turkiston muxtoriyatidan boshqa 
hukumatni tan olmaslik to„g„risida qaror qabul qiladi. Miting ishtirokchilari 
«Omin, Allohu akbar!» deb yuzlariga fotiha tortib Xalq kengashiga sodiq 
qolishga qasamyod qildilar. 
Qabul qilingan qarorda, jumladan, quyidagi satrlar bor edi: «Biz 
musulmonlar sinf va ayirmalarga qaramasdan, Turkiston muxtoriyatini 
olqishlagan holda, Qo„qondagi favqulodda qurultoy tarafidan e‟lon etilgan 
Turkistonda xalq hukumati vujudga keltiruv haqidagi qarorga butun 
vujudimiz birla qo„shilib, ishonamizki, buyuk Rossiya inqilobi tarafidan 
e‟lon etilgan hokimiyat asoslarining suyunchi haqini Rossiyaning birlashgan 
demokratiyasi Turkiston xalqining tarafidan bir og„izdan bayon etilgan 
tilagiga qo„shilar va o„z kunimizni o„zimiz ko„ra boshlashda yordam etar. 
Shunga imom etgan holda biz o„lkadagi hamma musulmonlami 
Muxtoriyatli Turkiston hukumati atrofida jipslashib, hozirgi o„lka idorasi 
boshida bo„lib turgan muvaqqat tashkilotlar bilan qanday bo„lmasin 
dushmanlarcha muomala qiluvdan saqlanishga da‟vat qilamiz. 
Turkiston Muxtoriyati amaliy sur‟atda tezroq vujudga kelishi uchun 
tinch va totuvlikni saqlashimiz kerak. Toki shuning orqasida so„g„ish (urush - 
mualliflar.) va bugundan e‟tiboran hur bo„lgan Turkistonning bir to„g„on kabi 
xalqlarimiz orasida gunohsiz qon to„kilmasin. 
«Yashasun Muxtoriyatli Turkiston!»
1
Miting qatnashchilari Sho„ro hukumatiga nisbatan ham o„z 
munosabatlarini bildirdilar. «Ulug„ Turkiston» gazetasi tarqatgan xabarlarga 
qaraganda mitingda hozir bo„lganlar «Xalq komissarlari 
1
«Ulug„ Turkiston» gazetasi. 1917-yil, 10-dekabr. 


Sho„rosining» Davlat Dumasini tarqatib yuborish to„g„risida»gi buyrug„ini 
«... bugungi kunda mutlaqo mumkin bo„lmagan hodisa» deb qoralaganlar. 
Chunki «300 ming kishi nomidan demokratik yoi bilan to„rt bosqichli saylov 
haqidagi qonunga muvofiq saylangan Toshkent Dumasi a‟zolari o„miga 700-
800 askar va ishchilar Aleksandrov parkida saylagan 4-5 komissar bilan 
almashtirilgan, xolos»
1

Xullas, Toshkentda 6 dekabrda tashkil etilgan miting Turkiston 
muxtoriyatini himoya qilish bayrog„i ostida o„tdi va mehnatkashlar 
ommasining faolligini oshirishda katta ahamiyatga ega boidi. 
Turkiston muxtoriyatini qo„llab-quwatlash va unga xayrixohlik 
harakatlari o„lka shahar va qishloqlarida ham bo„ldi. 1917-yil 
1 -dekabrda Namangan uyezdida 100 ming kishi qatnashgan ommaviy xalq 
namoyishi bo„lib o„tadi. Undanamoyish qatnashchilari «Yashasin 
muxtoriyatli Turkiston va uning hukumati!» degan shiorlar yozilgan 
da‟vatlami ko„tarib bordilar
2

Abdurauf Fitrat «Muxtoriyat» maqolasida dunyoga yangi kelgan 
muxtoriyatga nisbatan otashin mehr, his va hayajon tuyg„usini quyidagi 
so„zlarda ifodalaydi: «Turkiston muxtoriyati... Temur hoqonning chin 
bolalari yonida turkistonli tubchak turklari orasinda, mundan ug„urli, mundan 
muqaddas, mundan suyunchli bir so„zni borligiga ishonmayman. Turkiston 
turkning qonini qaynatuvchi, imonini yuksaltiruvchi bir quwat bor esa 
yolg„uz shu so„zda bordur: Turkiston muxtoriyati! 
Ellik yildan beri ezildik, tahqir etildik, qo„limiz bog„landi, tilimiz 
kesildi, og„zimiz qopondi, erimiz bosildi, molimiz talandi, sharafimiz 
yumurildi, nomusimiz g„asb qilindi, huquqimizga tajovuzlar bo„ldi, 
insonligimiz ayog„lar ostig„a olindi-tuzumli turlik, sabr etdik. Kuchga 
tayangan har buyrugg„a bo„ysundik, butun borlig„imizni qo„ldan berdik. 
Yolg„iz bir fikmi bermadik, yashunturdik, imonlarimizma avrab saqladik: 
Turkiston muxtoriyati!... 
Mahkama eshiklaridan yig„lab qaytganda, yoruqsiz turmalarda 
yotganda, yirtg„uvchi jandarmaning tepgusi bilan yiqilganda, yurtlarimiz 
yondurilg„anda, dindoshlarimiz osilg„anda ongimiz yo„qoldi, miyamiz 
buzuldi, ko„zimiz yoruqsiz qoldi, biror narsani ko„rolmadik. 
1
O'shamanba, 1917-yil, 8-dekabr. 
2
«Ulug„ Turkiston» gazetasi. 1917-yil, 13-dekabr. 
52 


Shul chog„da, tushgun ruhimizni коЧагтак uchun shul qop- qorong„u 
dunyoning uzoq bir yerinda oydin bir yulduz yalqillab turar edi. Biror 
narsaga o„tmagan ko„zimiz shuni ko„rar edi. U1 nima edi? Turkiston 
muxtoriyati! 
...Biz ishongan edik kim rus demokratiyasi, haqga tayang„an bir inqilob 
chiqarib, har millatning o„z haqlarini qaytarur; 
Inqilob bo„ldi. Rossiyaning «qo„shma xalq jumhuriyati» usuli bilan 
idora etiluri jarlandi (e‟lon qilindi). Shul e‟lon uzra yasalg„on Ukraina, tatar 
va boshqa millatlar muxtoriyatlari tasdiq etildi. Ko„nuk (navbat) 
Turkistonniki edi. Turkistonning tarixan poytaxtlaridan ikkinchisi bo„lgan 
Xo„qand shahrinda to„plangan Turkiston qurultoyi 27 noyabming (milliy 
laylatulqadrimiz bo„lgan) yarim kechasinda Turkiston muxtoriyatini e‟lon 
qildi. 
Lekin shunisi borkim, bir millatning muxtoriyati yolg„uz bir 
qurultoyning e‟loni bilan tamom bo„lmas. Muxtoriyatni olmoq va saqlamoq 
kerakdur. Qurultoy o„z ishini qildi. Qolganlari butun millatning vazifasidur. 
Muxtoriyatni saqlamoq uchun kuch lozim. Muxtoriyatni bajarmoq uchun 
aqcha kerakdur. Bulami millat hozir qilsun»
1

Endigina 20 bahomi qarshilagan Abdulhamid Cho„lpon 1918- yilda 
Turkiston Muxtoriyatini tabriklab «Ollohu akbar» va «Ozod Turk bayrami» 
kabi she‟rlarini bitadi. Uning «Ozod Turk bayrami» degan she‟ri madhiya 
sifatida qabul qilingan edi. Jadid shoiri o„z quvonchini quyidagi o„tli 
satrlarda bayon etadi: 
Ko„z oching, boqing har yon! 
Qardoshlar, qanday zamon! 
Shodlikka to„lar jahon! 
Fido bu kunlarga jon! 
N a q o r a t :
Turkistonli - shonimiz, Turonli - unvonimiz. 
Vatan - bizim jonimiz, fido o„lsun qonimiz! 
Bizlar temir jonlimiz! 
Shavkatlimiz, shonlimiz! 
Nomusli, vijdonlimiz! 
Qaynagan turk qonimiz! 
1
«Hurriyat» gazetasi. 1917-yil, 5-
dekabr. 
53 


Muxtoriyat olindi, 
Ishlar yo„lga solindi. 
Milliy marshlar chalindi, 
Dushman o„rtandi endi!... 
Qonli voqea sodir etilgan zahotiyoq Toshkentdan Petrogradga Xalq 
Komissarlari Kengashiga quyidagi mazmunda telegramma jo„natiladi: 
«Qo„qonda reaksion burjuaziya tomonidan tayyorlangan musulmonlar 
qurultoyi Turkiston muxtoriyatini e‟lon qildi, endi vujudga kelgan muxtoriyat 
hukumati Turkiston proletar ommasi tomonidan tan olingani holda, bor kuchi 
bilan o„lkaning ayrim shaharlarida muxtoriyatni e‟lon qilishga 
tayyorlanmoqda. Shu yil 
13 dekabrda Muhammad payg„ambar tug„ilgan kunda Toshkentda 
muxtoriyat e‟lon qilindi»
1
. Mazkur telegrammaga javoban Petrograddan: 
«Joylarda hokimiyat siz, o„zingiz, demak, siz o„zingiz buyruqlarni ishlab 
chiqing» degan mazmunda telegramma Toshkentga jo„natildi. 
Ana shundan so„ng Turkiston Xalq Komissarlari Kengashi Muxtoriyat 
masalasida maxsus qaror qabul qildi va uni Ijroiya Qo„mita tasdiqlaydi. 
Mazkur qaror deyarli bolsheviklaming nashriga aylanib qolgan «Nasha 
gazeta»da e‟lon qilindi. Unda, jumladan, bunday deyilgan: «Qora kuchlar 
aytishicha, biz muxtoriyatga qarshi emasmiz, biz faqat qog„ozda muxtoriyat 
tarafdori-yu, uni hayotga joriy etishga qarshi ekanmiz. Axir, biz bir necha bor 
o„quvchilarimiz e‟tiboriga, asosan musulmon aholiga... bizlar prinsip jihatdan 
muxtoriyat tarafdorlarimiz, shu bois ezilgan va xo„rlangan musulmon 
aholining nafaqat ozod bo„lishlari, balki musulmon aholining tezdan fikrlari 
ochilmog„i va milliy ishtiyoqlarining amalga oshishiga chin dildan harakat 
qilamiz». Turkiston Ta‟sis qurultoyi chaqiriladi. Faqat uning o„zigina 
Turkiston o„lkasi Muxtoriyatini e‟lon qilishga haqlidir
2
. Bu qaror ortiqcha 
izohga muhtoj emas. Bolsheviklar Turkiston musulmonlarining favqulodda 
chaqirilgan IV qurultoyi tomonidan e‟lon qilingan Turkiston Muxtoriyatini 
tan olmaydilar. Ular Turkiston o„lkasi Ta‟sis majlisini o„z tashabbuslari bilan 
chaqirib o„zlariga ma‟qul va o„zlariga yoqadigan muxtoriyatni kelajakda 
tashkil etishni rejalashtirgan edilar. Oqibatda xuddi shunday bo„ldi ham. 
Shu narsaga alohida e‟tibor berish kerakki, Turkiston o„lkasidagi 
1
«Наша газета», 1917-yil, 15-dekabr. 
2

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling