O'zbekiston tarixi


 Mahmudov M. Barhayot siymolar. - Т.: 0‘zbekiston, 1991, 114-bet


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 Mahmudov M. Barhayot siymolar. - Т.: 0‘zbekiston, 1991, 114-bet. 
361


byurosiga yo„llagan telegrammasida mamlakatning ilg„or agrar o„lkalarida 
tavsiya etilgan sur'atlami iqtisodiy nochor viloyatlarda tadbiq etmaslik
shoshma-shosharlik qilmaslik, milliy oikalardagi mahalliy sharoitni hisobga 
olish va ommaviy jamoalashtirish ishlari o„tkazilmagan hududlarda 
quloqlashtirish siyosatini to„xtatish kabilami ilgari surdi. 
1930- 
yil 2 martda I.Stalinning «Yutuqlardan esankirash» 
maqolasi «Pravda»da bosilib chiqdi. 14 martda VKP(b) Markaziy Qo„mitasi 
«Jamoalashtirish harakatida partiya yoiini buzishlarga qarshi kurash 
to„g„risida» qaror qabul qildi. 2 aprelda VKP(b) MQ joylarga maxfiy xat 
yubordi. Ana shu hujjatlaming hammasida jamoalashtirishda yoi qo„yilgan 
kamchiliklar: ixtiyoriylikning buzilishi, ma‟muriyatchilik va dekretlashtirish 
qoralandi. Holbuki bunday ko„rsatmalami Markazning o„zi, shaxsan I.Stalin 
bergan edi. 
VKP(b) MQsi qishloq xo„jalik artelining Namunaviy Nizomiga 
o„zgartirishlar kiritdi va u 1930-yil 2 martda matbuotda eion qilindi. Unda 
ishlab chiqarish vositalarini umumlashtirishning aniq miqdori, jamoa 
xo„jaligiga kirayotgan dehqonlarda tomorqaga ajratiladigan yer, chorva 
mollari va parrandalaming qolishi lozim boigan miqdori aniq ko„rsatildi. 
Ammo bu ko„rilgan tadbirlarga qaramasdan mehnatkash dehqonlar 
ommasining Sho„rolar va Kompartiyaga ishonchi so„nib bordi, ular jamoa 
xo„jaliklaridan chiqib keta boshladilar, hatto ayrim jamoa xo„jaliklari 
tarqalib ham ketdi. Masalan, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog
1
tumanidagi «Krasniy Oktabr», G„uzor tumanidagi «Leninskiy put» kabi 
jamoa xo„jaliklari tarqalib ketdi. Natijada respublika bo„yicha 1930-yilning 
martida jamoalashtirilgan xo„jaliklar 47 foizga teng boigan boisa, may oyiga 
kelib bu ko„rsatkich 29 foizga tushib qoldi. Bu mehnatkash omma 
Sho„rolaming jamoalashtirish siyosatini qoilamayotganligini ko„rsatardi. 
Ammo sho„ro hukumati va Kompartiya maium bir qisqa muddatli 
chekinishdan so„ng 1930-yillaming kuz oylaridan boshlab quloqlami sinf 
sifatida tugatish asosida jamoalashtirish siyosatini yanada shiddatliroq tusda 
avj oldirdi. 0„zbekistonda jamoalashtirish tez sur'atlarda o„sib bordi. 1931-
yilning yoziga kelganda dehqon xo„jaliklarining 56,7 foizi jamoalashtirilgan 
boisa, 1932-yilda 74,9 foizga yaqin, 1933-yilda- 91,7 foiz va 1939- yilda esa 
99,5 foiz
1
dehqon xo„jaliklari jamoa xo„jaliklariga a‟zo 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling