O'zbekiston tarixi
Andijon viloyat hokimligining arxivi, 189-fond, 1-ro‘yxat, 473-ish, 15- varaq
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Andijon viloyat hokimligining arxivi, 189-fond, 1-ro‘yxat, 473-ish, 15- varaq. 358 1 -yanvarigacha dehqon xo„jaliklarining 10 foizi jamoalashtirilgan boisa, shu yilning 1 martiga kelib bu ko„rsatkich 44,8 foizga yetdi. Xorazm okrugining Shovot va G„azovot tumanlarida 1930-yil yanvariga qadar birorta jamoa xo„jaligi boimagani holda shu yilning 26 fevralida mazkur tumanlaming rahbarlari dehqon xo„jaliklari yuz foiz jamoalashtirildi, deb markazga xabar berdilar. Jamoalashtirishda ixtiyoriylikka amal qilinmadi. Hamma yerda qonunbuzarlik, zo„rlash, quloq qilish, soliq solish, surgun va qatag„on qilish siyosati avj olib ketdi. Bu tadbirlar VKP(b) MQsining 1930-yil 20-fevralda qabul qilgan «Jamoalashtirish va iqtisodiy jihatdan orqada qolgan milliy tumanlarda quloqlarga qarshi kurash to„g„risida»gi qaror asosida amalga oshirildi. Keyinchalik 0„zbekiston, Turkmaniston va Qozogiston singari milliy respublikalarda jamoalashtirish bahonasida mahalliy xalqni qatag„on qilish boshlangan edi. Natijada, faqat 1930-yilning o„zida 0„zbekistonda 2648 ta xo„jalik quloq xo„jaligi sifatida tugatilib qatag„on qilindi. Ko„p hollarda quloq qilinganlar orasida katta yer egalari emas, balki o„rta hoi dehqonlar va jamoa xo„jaligiga kirishni istamagan kambag„al dehqonlar ham boiardi. «Jeynov tarixi» kitobida mualliflar quyidagicha hikoya qiladilar. Qashqadaryo vohasining Beshkent tumani boshliqlari, revkom raislari Jeynov qishlogiga kelib goh Safarboy ko„saning musodara qilingan uyida, goh Muhammad Nabiboyning tortib olingan hovlisida jamoa xo„jaligi tuzish xususida surunkali majlislar o„tkazadilar. Ana shunday majlislarning birida Mulla Choii qizishib ketib, qishloqda girt kambag„al, buning ustiga xayoli ham o„ziga yarasha kirdi-chiqdi boigan Jumaboy devonani o„midan turg„azib majlisda to„plangan xaloyiqqa qarab bunday degan: «...Xaloyiq, jamoa xo„jaligida hamma teng boiadi, mol o„rtada, foyda baravar deyapsizlar, qani menga aytinglarchi, men 50 ta qo„y, 2 ta ho„kiz, 2 ta omoch, 3 ta sigir qo„shsamda, manavi Jumaboy devona hech vaqo qo„shmasa-yu, ertaga foydani teng ko„rsa, mening molimni o„ziniki desa, buyogi qanday boidi? Axir Jumaboy jamoa xo„jaligiga kirsa, u nima qo„shadi? Uning haloldan tovug„i, haromdan itiyam yo„q-ku? Men bu bilan sherik boiib, qanday jamoa xo„jaligiga kiraman? 0„yinda hariflar (raqiblar) teng boiishi kerak- da, shunday emasmi?» Mulla Choii etagini qoqadi-da, o„midan turib chiqib ketadi. 359 Majlisga kelgan o„n-o„n besh chogii odam uning izidan gurra turib ergashadi. Shu kuni majlisxonada allaqayerdan keltirilgan stol bilan stullar, tumandan qadam ranjida qilgan rahbarlaming o„zi qoladi» 1 . Asosiy o„yin ana shu majlisdan so„ng boshlandi. Jamoa xo„jaligiga kirmagan jeynovliklarga tuman markazidan soliq ustiga soliq kela boshlaydi. Bitta tuyaga 6 tanga soliq solingan. Shu yillari bozorda bitta tuyaning narxi 20 tanga (3 so„m) boigan. Ho„kiz- sigir, qo„y-echki, ot, parrandayu hamma narsaga shu xilda soliqlar solingan. Chorasiz qolgan bir necha xo„jalikdan amal-taqal qilib artel tuzishga muvaffaq boiadilar. Ana shu artel negizida 20-yillaming oxirida «III baynalmilal» jamoa xo„jaligi tashkil topadi. Jamoalashtirish jarayonining nuqsonlaridan yana bittasi shunda ediki, qishloq kooperasiyasi artel shaklida amalga oshiriladi, deb yozib qo„yilgan 1930-yil 6-fevralda qabul qilingan birinchi Namunali Nizomning o„zida bir qator nuqson va qusurlar bor edi. Chunki unda mulkni umumlashtirish tabiati, jamoa xo„jaliklarining boiinmas fondlari kabi masalalarga aniq javoblar berilmagan' edi. Natijada uy-joy binolari, yirik shoxli mollar, qo„y- echkilar u yoqda tursin hatto parrandalar ham jamoalar mulkiga aylantirildi. Buni Farg„ona, Toshkent, Samarqand va boshqa viloyatlar misolida ta‟kidlash o„rinlidir. Jamoalashtirishga mutasaddi idora xodimlarining ma‟ruzalarida dehqonlaming joylardagi hukumat organlariga ishonchlari borgan sari yo„qolib borayotganligi ta‟kidlanadi. Jumladan, Toshkent viloyati Niyozboshi boiisining kambag„al va o„rta dehqonlari qishloq ma‟muriyatidan cho„chib hatto o„z tashabbusi-yu noroziliklarini ayta olmaganlar. Buxoro viloyatining Qorakoi tumani bo„yicha vakil I.Rubenshteyn o„zi mutasaddi boigan yuqori idoraga bunday xabar beradi: «Hokimiyat deyarli o„zgarmadi, deb hisoblaguvchi odamlar orasida Sho„ro ma‟muriyatining mutlaqo obro„si yo„q. Ustiga-ustak qishloq Sho„rosi rahbariyati har 10-12 kunda almashib turadi. Bunchalik tez almashuvining sabablari hech kimga ayon emas» 2 . Sho„rolaming jamoalashtirish siyosati ommani qo„rquv va vahimaga soldi. Ular o„z xo„jaliklarini qarovsiz tashlab qochdilar, chorva mollarini so„ydilar yoki bozorga olib borib arzon-garovga Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling