O'zbekiston tarixi
Экономическая история Советского Узбекистана. (1917-1965гг.) - Т.: Fan, 1965
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Ikkinchidan
1
Экономическая история Советского Узбекистана. (1917-1965гг.) - Т.: Fan, 1965, 124-bet. 2 Экономическая история Советского Узбекистана. (1917-1965гг.) - Т.: Fan, 1965, 103-bet. 370 yilgi ko„rsatkich bilan taqqoslaganda 673 foizga teng edi. Ammo inson hayoti uchun zarur bo„lgan mahsulotlami yetkazib beruvchi xalq xo„jaligining boshqa muhim sohalariga e‟tibor mutlaqo pasayib ketdi. Jumladan, donchilik 78 foizga, bog„dorchilik 1,5 baravarga, uzumchilik 1,6 baravarga kamaydi 1 . 30-yillarda 0„zbekistonda amalga oshirilgan bunday zo„ravon- lik, mustamlakachilik va ma‟muriy-buyruqbozlik siyosati tufayli mamlakatda paxta yakkahokimligi vujudga keldi. Bunda 0„zbe- kistonning o„sha paytdagi davlat va siyosat arboblari A.Ikromov, F. Xo„jayev, Y.Oxunboboyev va U.Yusupovlaming «hissa»lari ham kam emas. Afsuski, 30-yillaming boshlarida 0„zbekistonda vujudga kelgan va minglab fuqarolaming qirilib ketishiga sabab boigan ochlik balosiga ana shu mastamlaka siyosati sababchi boidi. Xo„sh, quloqlami sinf sifatida tugatish asosida 0„zbekistonda Sho„rolar tomonidan amalga oshirilgan jamoalashtirishning natijalari nimalardan iborat boidi? Birinchidan, tub yerli aholining 80 foizdan ortigi erkin mulkchilik va bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida qishloqda yashar edi. Jamoalashtirish siyosatining amalga oshirilishi natijasida erkin mulkchilikning va bozor iqtisodiyoti munosabatlarining hamma va har qanday ko„rinishlariga abadiy barham berildi. Xususiy mulkchilik batamom tugatildi. Uning o„miga sotsialistik mulkchilik deb atalgan yangi mulkchilik shakli joriy etildi. U ikki ko„rinishda: davlat mulkchiligi (sovxoz) xo„jaligi va jamoa mulkchiligi (kolxoz) shaklida ro„yobga chiqarildi. Bu mulk shakllari tashqi ko„rinishidan bir-birlaridan farq qilsalarda, mohiyat-mazmun jihatidan farqli to- monlari yo„q edi. Aslida jamoa xo„jaligi ham davlat tasarrufida edi. Ikkinchidan, jamoalashtirish siyosatining qishloqda amalga oshirilishi natijasida Sho„ro hukumati inson va fuqarolaming barcha huquq va erkinliklarini oyoq osti qildi. Davlat va jamoa xo„jaliklariga (sovxoz va kolxoz) uyushgan qishloq fuqarolari o„z xususiy mulklaridan umuman mahrum boidilar. Davlat va jamoa xo„jaliklari qadimgi quldorlik davlatlaridagi misoli qulchilik plantasiyalarini eslatar edi. Ogir va dahshatli mehnat ekspluatasiyasi xotin-qizlar va yosh bolalami bir umrga mayib- majmh qildi. Xo„jaliklarda dehqonlarga oylik toianmas, mehnat haqi yozilardi, xolos. Ular Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling