O'zbekiston tarixi


Ommaviy axborot vositalari


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

Ommaviy axborot vositalari. Sho„ro hukumati va kompartiya 
ommaviy axborot vositalarining o„mi va roliga katta e‟tibor berdi. Ommaviy 
axborot vositalari yordamida faqat kompartiya mafkurasi keng jamoatchilik 
ongiga singdirildi va milliy mustamlaka oika- larida ulug„ davlatchilik 
tartib-qoidalari himoya qilindi. Oktabr harbiy to„ntarishidan keyingi 
dastlabki kunlardan boshlab (1919-yildan e‟tiboran) Kompartiyaga 
muxolifatdagi barcha siyosiy partiyalar va 
1
 Икромов А. Избранные труды. В 3-х томах. - Т.: Узбекистан, 1972,110- 
bet.
406


ulaming organlari taqiqlab qo„yildi. 1917-yildayoq matbuot senzurasi yoiga 
qo„yilgan edi. 1922-yil 8 iyunda Sho„ro Xalq Komissarlari senzuraning 
barcha turlarini birlashtirish maqsadida matbuot ishlari bo„yicha Bosh 
qo'mita tuzishga qaror qildi
1
. Tez orada senzura bosh qo„mitasi (Glavlit) 
tashkil etildi va uning zimmasiga matbuotda eion qilinadigan barcha turdagi 
axborotlami qattiq nazorat ostiga olish vazifasi topshirildi. Shundan so„ng 
hamma yerda taqiqlangan kitoblar ro„yxati paydo boidi. Sho„ro 
mustamlakachiligi va kompartiyaning mafkuraviy g„oyalarini targib 
qiluvchi axborot vositalariga keng yoi ochildi, ular har tomonlama qoilab -
quwatlandi. 1924-yilda 0„zbekistonda Sho„rolar umuman kitob nashr 
etmagan boisa, 1940- yilda 1219 kitob chop etildi. Shundan 660 tasi o„zbek 
tilida. Ayniqsa Marks-Engels-Lenin-Stalin asarlari ko„plab chop etildi. 
Jumallar 
1924- 
yilda 22 ta boigan boisa, 1940-yilda 52 taga yetdi, shundan 19 
tasi o„zbek tilida edi. Gazetalar 1924-yilda 26 ta edi, 1940-yilda u 200 tani 
tashkil etdi, uning 124 tasi o„zbek tilidagi gazetalar edi. Rus tilida 
Rossiyadan keladigan kitoblar, jumallar, gazetalar, har xil to„plamlar, 
byulletenlar va boshqalar bu hisobga kirmaydi. 
Sho„ro hukumati va kompartiya bu sanalgan ommaviy targi- bot 
vositalaridan tashqari radio, har xil madaniy oqartuv muassasalari, «Bilim» 
jamiyatlari orqali ham mehnatkash omma ongini zaharlar edi. Bolsheviklar 
hatto ana‟naviy milliy xarakterdagi choyxonalargacha «qizillashtirgan» 
edilar. 
San’at. Sho„ro hukumati va kompartiya hukmronlik mavqeidan 
foydalanib san‟atni Kompartiyaning mafkuraviy quroliga aylantirdi. Bu 
borada 0„zbekistonlik san‟at xodimlarining Markaziy shaharlarda sho„ro 
g„oyasi mhida o'qitib «maxsus» tayyorgarlikdan o'tkazilishi diqqatga 
loyiqdir. 1924-yil Moskvada 0„zbekiston maorif instituti huzurida drama 
studiyasi tashkil qilingan edi. Yevgeniy Vaxtangov rahbarligidagi bu 
studiyada ms teatr ustalari mashg„ulotlar olib borganlar. 0„sha yili 
o„zbekistonlik san‟atkorlardan M.Uyg„ur, Ye.Bobojonov, A.Hidoyatov, 
S.Eshonto„rayeva, S.Tabibullayev, L.Nazmllayev, Z.Hidoyatova va 
boshqalar bu studiyaga o„qishga yuborildilar va 1927-yilda ular Toshkentga 
qaytib keldilar. 0„zbek san‟atkorlari keyinchalik ham Rossiyaning markaziy 
shaharlariga «o„qish uchun» muntazam yuborilib turildilar. 1924-yilda 
0„zbekis- tonda 11 teatr bor edi. 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling