O'zbekiston tarixi


«Mushtum» chirog‘im, so‘ylachi: как ti


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet296/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

«Mushtum» chirog‘im, so‘ylachi: как ti 
pojivaesh? 
Har kimni so‘kib sam sebe dushman 
nazivaesh. 
Tekkanga tegib, tegmasa shutish, 
pochemu tak? 
Xullas, jim o‘tir, muncha vsegda 
zadevaesh. 
401 


20-yillardagi jadid poeziyasi haqida gap borganda, so„zsiz sur'atda 
Abdulhamid Choiponni chetlab o„tib boimaydi. U shu yillar davomida 
o„zining «Uyg„onish» (1922), «Buloqlar» (1924), «Tong sirlari» (1926), 
«Soz» (1935) kitoblarini chop ettirdi. Shoiming ko„pgina she‟rlari «0„zbek 
yosh shoirlari» to„plamida, «Adabiy parchalar», «Go„zal yozg„ichlar» kabi 
kitoblardan joy oldi va xalqning ma‟naviy mulkiga aylandi. Bu ijod 
durdonalari sho„ro ruhiyatidan uzoq boiib, aksilsho„ro ohanglar bilan 
yo„g„rilgan edi. Buni biz shoiming 1921-yilda yozilgan «Xalq» she‟ridagi 
quyidagi isyonkor satrlarda yaqqol ko„ramiz: 
Xalq istagi: ozod boisin bu oika, 
Ketsin uning boshidagi koianka. 
20-yillardagi jadid adabiyoti dramaturgiyada ham katta muvaf- 
faqiyatlarga erishdi. Bu borada Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Soiaymon 
Choipon, Hamza Hakimzoda Niyoziy va boshqalaming ijodiy yoii diqqatga 
loyiqdir. 
Abdurauf Fitratning «Temur sag„anasi», «Abulfayzxon», «Chin 
sevish», «Hind ixtilolchilari», «Arslon», «Zohaki moron» kabi fojiaviy va 
dramatik asarlari xalq orasida katta shuhrat va obro„ topdi. U o„zining 
dramatik asarlarida ham bosqinchilik va mustamlakachilik zulmidan faryod 
qiladi. Zolim mustamlakachilarga qarshi kurashda ramziy ma‟noda ulug„ 
bobokalonimiz Amir Temur hazratlaridan madad va yordam so„rab 
Abdurauf Fitrat «Temur sag„anasi» dramasida o„z qahramoni nomidan 
bunday deb murojaat qiladi: 
«Ulug„ hoqonim! Turklik sharafi talandi. Turk uchun qo„ydig„ik davlat 
bitdi, turk otig„a qurdigik xoqonlik yog„maga ketdi. Turkning nomusi
e‟tibori, iymoni, vijdoni zolimlaming oyoqlari ostinda qoldi. Turkning yurti, 
ulogi, o„chog„i, Turoni yot qoilarga tushdi. Turkning belgusi, ongi, o„ylovi, 
ziyrakligi jaholat oijasiga ketdi. Sening qamching bilan dunyo egasi boigan 
Turk tinchgina bir yotoq topolmay qoldi. Sening omonatingga xiyo nat 
qilganlami ez, ur, oidir! 
Sultonim! Bilmadim, shu topda sening u yuksak va ulug„ mhiyating 
men kabi tuban ruhli va himmatsiz bir bolasining shu holiga g„azabli kulib 
turibdur. Bilaman, shu chog„da sening toiqunli dengizlarga o„xshagan 
yuraging men kabi yuraksiz bir o„g„lingning shu ko„rinishidan nafrat 
qiladur. Chunki yuqorida aytdigim 
402


ishlaming hammasiga o„zim sabab boidim, barchasini o„zim qildim, sening 
Turoningni o„zim talatdim, sening turkingni o„zim ezdirdim, sening 
omonatlaringga xiyonat qildim. 
Men uch kunlik umrimni tinchgina yotib o„tkazmoqchi boimasa edim, 
shulaming birortasi bo„lmas edi. Men qo„limga topshirdig„ing qilichni 
tashlab, cholguni olmasa edim, Turonim talanmas edi. 
Men yolg„iz qonli yoshlarimni bu sag„anangga to„kmak uchun emas, o„z 
yozuqlarimni iqror etarga keldim, hoqonim. Meni qo„yma! Men yolg„iz 
yozuqlarimni iqror etarga emas, Turonga berdigim zararlarga toiamoq uchun 
keldim, xoqonim. Mendan nafrat etma. 
Ey arslonlar arsloni! Mening yozuqlarimdan o„t, menim qoiim- ni tut
belimni bogia, muqaddas fotihangni ber! 
Sening dunyoda sig„magan g„ayratingga ont ichamanki, Tu- ronning 
eski sharaf va ulugiikini qaytarmasdan burun oyoqdan o„tirmasman 
(to'xtamasman)»
1

Jadid dramaturgiyasiga Abdulhamid Cho„lpon ham barakali hissa 
qo„shdi. Uning qalamiga mansub «Cho„rining isyoni», «Xalil farang», 
«Cho„pon sevgisi», «Mushtumzo„r», «0„rtoq Qarshiboev», «Hujum», 
«Yorqinoy» singari dramatik asarlar o„z vaqtida shuhrat topdi. Bu sahna 
asarlari orasida eng baquwatlisi va e‟tiborlisi, albatta, «Yorqinoy»dir. 
Mazkur asarni yozishda ham Cho„lpon o„z e‟tiqodi va g„oyaviy 
dunyoqarashiga sodiq qoldi. U hayotda inson uchun eng ardoqli va ulug„ 
qadriyat deb erk va adolat uchun kurashni ilgari suradi. «Yorqinoy» asari 
dunyoga kelgan kezlarda Turkistonda hali milliy istiqlol, erk va ozodlik 
uchun kurash davom etayotgan edi. Ana shu jarayonda sho„ro 
mustamlakachilari har kuni har qadamda yuzlab va minglab dahshatli fojialar 
va adolatsizliklami amalga oshirayotgan edilar. Cho„lpon tomonidan huddi 
shu paytda «Yorqinoy» dramasining yozilishi bosqinchi yovlarga otilayotgan 
nafrat va la‟nat o„qlarining yorqin ko„rinishi edi. 
20-yillarda 
jadid dramaturgiyasida o„ziga xos o„mi bo„lgan 
ijodkorlardan biri H.H.Niyoziy edi. 
Uning «Qahramon o„g„iz», «Farg„ona fojialari», «Muxtoriyat yoxud 
avtonomiya» kabi asarlari sho„ro adabiyoti qolipidan tashqaridagi sahna 
asarlari edi. Shu boisdan ham Sho„ro hukmronligi davrida yaratilgan darslik 
va o„quv qo„llanmalarida bu asarlar tilga olinmadi. Bundan tashqari 
Hamzaning «Tuhmatchilar jazosi», «Kim 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling