muddatini «Boyavut» jamoa xo„jaligining 14-bo„limidagi lagerda o„tagan.
Sotivoldiyevga sho„rolarga qarshi aksilinqilobiy
tashviqot olib borganlik,
sho„ro hokimiyatini qurolli yoi bilan ag„darishga chaqirganlik aybi
qo„yilgan. Go„yoki u, 1937-yilda Yaponiya
va Olmoniya SSSRga hujum
qiladi, Troskiyga ular pul va qurol bilan yordam beradi va Troskiy
hokimiyat
tepasiga keladi, degan ekan. Bu aybnomani 14-boiimdagi
lageming 3-bo„lim vakili Sarev to„qigan. Ana shu uydirma asosida
0„zbekiston SSR Oliy sudining ko„chma sessiyasi 1937-yil 22-avgustda
«Boyavut» jamoa xo„jaligining 14- boiimidagi lagerda boiib o„tgan
Kollegiyasida Rudenko raisligidagi sud
qarori bilan Sotivoldiyev
8
yilga
yana qo„shimcha muddat bilan ozodlikdan mahrum etilgan. Ilgarigi 3 yillik
muddatning o„talmagan yillari birga qo„shilib, u
10
yilga ozodlikdan
mahrum etildi
1
.
Xullas, qatag'onlik yillarida 0„zbekistonda qamoqqa olish ishi bilan shu
darajada faol shug„ullanildiki, mahbuslami
saqlash uchun mamlakat
turmalarida joy qolmadi. 1938-yil 4-aprelda 0„zSSR Ichki ishlar Xalq
Komissarligi Qamoqda saqlash va mehnat o„rinlari
boiimining boshligi
Stagisning 0„zSSR Xalq Komissarlari Sho'rosi raisi S.Segizboev
2
(1899-
1939)ga yozgan 277455-sonli xatida qayd etishiga qaraganda,
Toshkent
qamoqxonalarida saqlanayotgan mahbuslar shu darajada ko'payib ketganki,
u
normadagi limitdan
6
martadan ko„proq oshgan. Shu sababdan u
mahbuslar uchun ochiq havoda zudlik bilan palatkalar qurishni
taklif qiladi
va buning uchun
14 vagon qurilish materiallari va 1300 kg mix yetkazib berishni so„raydi
3
.
Do'stlaringiz bilan baham: