O'zbekiston tarixi
0‘sha manba, 273-274-betlar
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
0‘sha manba, 273-274-betlar. 2 O'sha manba, 320-321 va 325- betlar. 458 tohur tumanidagi 18-sonli bolalar va o„smirlar sport maktabiga Hidoyat Inoyatov nomi berildi'. - Men, - deydi Hurriyat Otajonova, - Hidoyat Inoyatovdek mard va jasur insonning qizi bo„lganligimdan haqli va qonuniy sur‟atda faxrlanaman. Qani endi millatimizning barcha farzandlari ham millat sha‟ni, shavkati va qadri uchun mening otamdek kurashsalar, nur ustiga a‟io nur bo„lur edi. 0 „zbekiston hududida qamoq muddatini o„tash lozim bo„lgan mahbuslar uchun Surxondaryo viloyatining Denov tumanida «Hazarbog 1 », Sirdaryo viloyatida «Malik», «Paxtaorol», «Boyavut», Samarqand viloyatida «Karl Marks», «Len' 1 », «Zarafshon» va boshqa xo„jaliklarda yuzdan ortiq maxsus o„lim lagerlari tashkil etilgan hamda u yerlarda ming-minglab vatandoshlarimiz qamoq sharoitida ikkinchi marta sudlanib jazolandilar, ulaming ko„plari og„ir qiynov va mehnat sharoitiga bardosh berolmay qirilib ketdilar. Qaytadan sud qilinganlaming barchasiga, deyarlik bir xil to„qima aybnomalar yopishtirilgan: a) Lagerda maxbuslar orasida aksilinqilobiy, aksilsho„roviy tashviqot- targ„ibot ishi olib borgan; b) «Xalqlar dohiysi» I.Stalinni so„kkan, haqorat qilgan; v) Trotskiychi, zinovevchi va buxarinchi o„ng va so„l blok a‟zosi; g) SSSR Konstitutsiyasini yomonlagan; d) Zararkunandalik bilan shug„ullangan, paxtani ataylab iflos qilib tergan; j) mahbuslami ishga chiqmaslik va mehnat qilmaslikka da‟vat qilgan, o„zi esa yalqovlik qilgan va hokazo. Huddi ana shu aybnomalar bilan 1938-yil 17-iyunda 0„zbekiston SSR Oliy sudi kollegiyasi o„zining «Zarafshon» davlat xo„jaligida bo„lib o„tgan ko„chma lager sudida Toshloq tumanining Dashman qishlog„i fuqarolari Teshaboyev Sayfiddin (1910-yilda tug„ilgan), Mirzaahmedov Bahrom (1909-yilda tugilgan) va Toshkent tumani, «Bayt-Qo„rg„on» qishlog„ida 1905- yilda tug„ilgan Suyarqulov Qodirqullaming har birini ikkinchi marta 10 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Holbuki, Q.Suyarqulov 1933-yil 15-oktabrda, Teshaboyev S. bilan Mirzaahmedov B. esa 1935-yil 25- oktabrda har biri 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi 2 . Bunday adolatsiz sud jarayoniga tepasida Rudenko raislik qilgan, Rahimov va Trofinovlar «haybarakallachilar» edilar. 1932-yilda tug„ilgan Sotivoldiyev 1936-yilda 0„zbekiston SSR Jinoyat kodeksining 223- moddasiga binoan 3 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. U jinoyat Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling