O'zbekiston tarixi
Karimov Sh. G‘alabaga qo‘shilgan hissa. -Т.: 0‘zbekiston, 1990,16-bet
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Karimov Sh. G‘alabaga qo‘shilgan hissa. -Т.: 0‘zbekiston, 1990,16-bet. 468 ketgan o„z otalari, akalari va erlarining o„miga ishga kirib mardonavor mehnat qildilar. Bunday vatanparvarlik harakati butun 0 „zbekistonda, shu jumladan, qishloqlarimizda ham keng quloch yoydi. 0„zbek xalqi Ukraina, Belorussiya, Boltiqbo„yi va Rusiya Federatsiyasi yerlariga qilingan hujumni jonajon yurti - 0 „zbekistonga qilingan hujum hisoblab, har jabhada qahramonlik mo„'jizalarini ko„rsatdilar. VKP(b) Markaziy Qo„mitasi va Davlat Mudofaa Qo„mitasining topshirig„iga binoan SSSR Gosplani 1941-yilning IV kvartali va 1942-yil uchun harbiy xo„jalik rejasini ishlab chiqdi va uni 1941-yil 16-avgustda Siyosiy byuroda tasdiqladi. Ana shu rejaga asosan mamlakatning G„arbiy mintaqalaridagi sanoat korxonalarini Markaziy Osiyo, Ural va Sibir hududlariga ko„chirib joylashtirishga qaror qilindi. Qisqa muddat davomida 1941- yilning iyul-noyabr oylarida Ukraina, Belorussiya, Moskva va Leningraddan 1563 sanoat korxonasi (shundan 1360 tasi harbiy sanoatga oid) Ittifoqning Sharqiy mintaqalariga, bulardan 250 dan ortig„i 0„rta Osiyo respublikalarida joylashtirildi. Sho„ro hukumati bu sanoat korxonalarini urush tufayli chorasizlikdan, noilojlikdan Janubiy respublikalar hududlariga joylashtirishga majbur bo„lgan edi. Holbuki urushga qadar 0„rta Osiyo hududida sho„rolar birorta og„ir sanoat korxonasini qurib ishga tushirmagan edi. 0„rta Osiyoda joylashtirilgan 250 dan ortiq korxonaning 104 tasi 0„zbekiston hissasiga to„g„ri keladi. V.RChkalov nomidagi Moskva Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, Sumsk Ximiya (hozirgi Chirchiqximmash), Elektrokabel, «Krasniy dvigatel», «Rostselmash», «Krasniy Aksay», Sumsk kompressor va Dnepropetrovsk Karborund zavodlari, Moskvaning «Podyemnik» va «Elektrostanok» zavodlari, Stalingrad Kimyo kombinati va boshqalar shular jumlasidandir. 0 „zbekistonga bunday yirik sanoat korxonalarining ko„chirib keltirilishi respublikamizni SSSR armiyasining qudratli harbiy mudofaa arsenaliga aylantiribgina qolmay, mamlakat iqtisodiy potensialini yoppasiga kuchaytirishga, sanoat mahsulotlarining o„sishiga ham olib keldi. Yirik sanoat korxonalari bilan bir qatorda 0 „zbekistonga Ittifoqning G„arbiy hududlaridan fan, maorif va madaniyat muassasalari, ming-minglab boshpanasiz qolgan oilalar, ota-onasiz qolgan bolalar ham evakuatsiya qilindi. Markaziy Osiyoga jami bo„lib, 3 million kishi ko„chirildi. Shundan 2 million 300 minggi Qozog„istonga, 716 469 ming kishi 0„zbekistonga joylashtirildi. Bu ish 1941-yil 3-dekabrda 0„zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti evakuatsiya qilingan Sho„ro fuqarolarini qabul qilish va joylashtirish bo„yicha tasdiqlagan maxsus qarori asosida amalga oshirildi. Qarorda ota-onasiz qolgan bolalarga g„amxo„rlik qilishga alohida e‟tibor berilib, Toshkent shahrida maxsus qabul shaxobchasi tashkil qilindi. 0 „zbekistonga ko„chirib keltirilgan aholini xalq issiq bag„riga oldi, ularga mehr ko„rsatdi, uy-joy bilan ta‟minladi, oziq-ovqat berdi. Ota-onasiz qolgan, yetim yesir bolalaming ko„pchiligi ham 0„rta Osiyo respublikalariga, xususan, 0„zbekistonga yuborildi. Faqat 1941-yilning o„zida 200 ming nafari bolalar uyiga joylashtirildi. Ming-minglab bolalami bir qator oilalar o„z issiq bag„riga oldi. 1943- yilga qadar 4672 yetim-yesirlar o„zbek xalqining mehr haroratidan va diyonatidan bahramand boidilar 1 . «Toshkentga kelib mehribonlik uylarining oldida bola olish uchun navbatda turgan odamlami ko„rib hayratga tushdim», deb yozgandi mashhur bolalar shoiri Komey Chukovskiy 2 . Darhaqiqat, shoir asarlarida respublikamiz bolajon yurt sifatida o„rin oldi. Uning «Leningradning do„stlari», «Bolalar - bo- lajonlarimiz» kabi o„nga yaqin maqolalarida xalqimizning ana shu insonparvarlik tuyg„ulari ulugianadi. Toshkentlik mashhur oddiy temirchi Shoahmad Shomahmudov va uning umr yoidoshi Bahri xolaning urush yillaridagi jasoratlarini kim bilmaydi deysiz. Bahri opa va Shoahmad aka umsh yillarida ota-onasiz qolgan 16 bolani tarbiyalab voyaga yetkazadilar: o„zbek, ms, tatar, yahudiy, chuvash, moldovan... Ulaming birortasini ham Bahri xola tuqqan boimasa - da, barchasi uni o„z onasi, o„zbek tilini esa ona tili deb hurmat qilib, voyaga yetdilar. Respublikada umumxalq mudofaa fondi tashkil qilindi. Urush- ning birinchi kunlaridayoq - 1941-yil 21-avgustgacha mudofaa fondiga, hammasi boiib, 5 million 293 ming so„m pul, zayom obligatsiyalari va qimmatbaho buyumlar topshirilgan boisa, bir oydan so„ng mudofaa fondi 70 million so„mga ko„paydi. Bundan tashqari respublika qishloq mehnatkashlari mudofaa fondiga 2389 sentner don, 1808 sentner go„sht, 200 sentner jun, 1495 sentner pichan, 325 sentner quruq meva, 430 sentner sabzavot, qovun-tarvuz 3 va shu kabilami jo„natdilar. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling