O'zbekiston tarixi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet353/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

Birinchidan, 
SSSR 
ham bu sulh evazidan o„zining eng asosiy va xavfli raqibi Germaniyadan 
«ko'ngli to„q» bo„ladi. Shu bois u o„zining asosiy diqqat-e‟tiborini Uzoq 
Sharqqa qarata olar edi. «Sovet Ittifoqi uchun, 
- deb yozishadi G'arbiy Germaniyalik tadqiqotchilar M.Barch, X.F. 
Shebesh va R.Sheppelman, - 1939-yilgi vaziyat og„ir edi. U ochiqdan-ochiq 
dushman qo'shnilar bilan o„ralgan bo„lib, butkul yakkalanib qolgan edi. 
Buning ustiga u Sharqdagi xavfli raqib bo„lgan Yaponiya bilan... urush 
holatida edi»
2

Ikkinchidan, 
SSSR Germaniya bilan tuzilgan avgust shartnomasi 
tufayli o'zining Shimoliy-G„arbiy chegaralarini bemalol kengaytirib oldi. 
SSSR 1939-yil sentabr oyining ikkinchi yarmida G„arbiy Belorussiya 
va G„arbiy Ukraina yerlarini egallab olganda, shu yilning 30 noyabrida u 
Finlyandiyaga qarshi urush e‟lon qilib 1940- yil 12-martdagi shartnomaga 
asosan, Finlyandiya hisobidan o„zining shimoliy chegaralarini ancha 
kengaytirganda va nihoyat, 1939- yil kuzidan 1940-yil yoziga qadar olib 
borilgan janglar natijasida Boltiqbo„yi respublikalarini Qizil Armiya 
okkupatsiya qilganda ham Germaniya SSSRga xalaqit bermadi, betaraf turdi. 
Uchinchidan, 
SSSR 1939-yildagi avgust shartnomasini tuzish orqali 
vaqtdan yutdi, SSSRni 1939-yildayoq Germaniya bilan urushga tortishga 
qaratilgan imperialistik davlatlaming, birinchi 
1
 Новая и новейшая история. - М.: Наука,1993, № 1, 94-bet.
2
Sovet jamiyati tarixi sahifalari. Т.: O'qituvchi, 1991, 287-bet.
466


navbatda Germaniyaning ittifoqchisi bo„lgan Yaponiyaning rejalarini buzib 
yubordi. 
Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda, sobiq SSSRning sobiq Prezidenti 
aytganidek, «...23 avgustdagi hujum qilmaslik to„g„risi- dagi SSSR-
Germaniya bitimi agar realistik pozitsiyalarda qat'iy turilsa, shak-shubhasiz 
edi»
1
. Ammo 1939-yil 29-sentabrda SSSR bilan Germaniya o„rtasida 
do„stlik va chegara to„g„risidagi shartno- maning imzolanishi mutlaqo 
mantiqsiz va tushunarsiz bo„lib, SSSRning jahon hukmronligini da‟vo 
qiluvchi maqsadlarini yanada ochiqroq oshkor qilib qo„ygan edi. Shu 
boisdan ham bu shartnoma kommunistik harakat birligini buzdi va 
Komintemning halokatiga sabab bo„ldi. Balki, navbatdagi shartnoma ham 
strategik maqsad yo„lida o„ziga xos taktik uslub rolini o„ynashi kerak 
bo„lgandir, nima bo„lganda ham Gitler bosh bo„lgan Germaniyaning 
fashistik davlat mashinasi bu uslubga endi e‟tibor qilmadi, uni nazarga ham 
ilmadi, SSSRga qarshi urush harakatlarini boshlab yubordi. Urushning 
dastlabki uch hafitasi davomida nemis-fashist qo„shinlari Shimoliy- G„arbiy 
yo„nalishda 400 km dan 450 km gacha, G„arbiy yo„nalishda 450 km dan 600 
km gacha, Janubiy-G„arbiy yo„nalishda 300-350 kmgacha mamlakat 
ichkarisiga kirib bordi. Gitlerchilar Latviyani, Litvani, Belorussiyaning bir 
qismini va Ukrainaning o„ng sohil qismini bosib olib, RSFSRning G„arbiy 
oblastlari chegaralariga yaqinlashib qolgan edilar. Leningrad, Smolensk, 
Kievga xavf sola boshladilar. Sovet mamlakati ustida ajal xavfi paydo 
bo„ldi. Kommunistik partiya bu urushni «Ulug„ Vatan urushi» deb e‟lon 
qildi. Bu partiyaning dohiysi I.Stalin Oliy Bosh Qo„mondon lavozimi bilan 
bir qatorda SSSR Mudofaa Xalq Komissari, partiya Markaziy Qo„mitasining 
bosh kotibi, Xalq Komissarlari Sovetining raisi, Davlat Mudofaa 
Qo„mitasining raisi lavozimlarini o„zida markazlashtirib oldi. Hamma kuch-
vositalar mamlakat mudofaasiga safarbar qilindi. Bu urushda 0„zbekiston 
nega qatnashdi? Urush o„zbek xalqi uchun ham Ulug„ Vatan urushi edimi? 
Yo„q! U o„zbeklar uchun Ulug„ Vatan urushi emas edi. Bizning Vatanimizni 
Russiya bosqinchilari bosib olgan edilar, biz mustamlaka, qullik asoratida 
edik. Bu urushda o„zbek xalqi mustamlaka bo„lganligidan qatnashishga 
majbur edi, qatnashmasligi esa mumkin emas edi. 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling