O'zbekiston tarixi


 «Turkiston» gazetasi. 1992-yil 21-aprel


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet352/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 «Turkiston» gazetasi. 1992-yil 21-aprel.
2
 Tursunov X., Beknazarov N. O'zbekiston SSR tarixi. 187-bet. 
3
Gorbachev M.S. Revolyutsion qayta qurishga - yangilanish ideologiyasi. / KPSS MQ 
Plenumida so‘zlangan nutq. 1988-yil 18 fevral/. -Т.: O'zbekiston, 1988, 11-bet. 
463


va shovinistik siyosatini qo„shadigan bo„lsak, masala yanada oydinlashadi. 
Unda 30-yillaming ikkinchi yarmida mamlakatda qanday davlat barpo 
etildi, degan haqli savol tug„iladi. Hamid Ziyoyevning fikricha «Imperiyada 
«sotsialistik derjava» emas, «quldorlik derjavasi» qaror topdi. Bu 
qulchilikning asosiy belgilarini - xususiy mulkning, siyosiy va insoniy 
huquqlaming yo„qligidan bilib olish mumkin. Shu bilan birga mamlakat 
«temir panjaralar» bilan batamom qurshab olinganini ham nazarda tutmoq 
lozim. Bordiyu, bu haqiqatni tan olmaydiganlar topilsa, 
0
„zbekistonda 
qanday tuzum hukm surganini o„zlari aytishsin!»
1

Darhaqiqat, 0„zbekiston 30-yillaming o„rtalaridan boshlab Sho„ro 
istibdodiga qarshi mutlaqo bosh ko„tara olmaydigan mustamlakaga 
aylantirildi, respublika hududidagi xalqlar esa barcha insoniy huquqlardan 
mahrum, har tomonlama tobe edi. 
1
 «Muloqot» jumali, 1993-yil, 10-son, 36-bet.
464


0‘ZBEKIST0N IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA
 
(1939-1945)
 
l-§. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi.
 
0‘zbekistonning urushda qatnashishi va ijtimoiy vaziyat
 
Ikkinchi jahon urushi 1939-yil 1-sentabrda boshlandi. Huddi shu kuni 
german qo„shinlari uch tomondan Polsha sarhadlariga bostirib kirdilar. 
Urush qisqa muddat ichida dunyodagi ko„pgina davlatlami o„z domiga 
tortdi. 1941-yil 
22
-iyunda fashistlaming 191 diviziyasi (shundan 153 tasi 
bevosita Germaniyaning o„ziga qarashli) sobiq SSSRning Boltiq dengizidan 
tortib to Qora dengiz hududlarigacha bo„lgan chegaralari bo„ylab hujumga 
o„tdi. Shu tariqa jahon tarixida inson qulog„i eshitmagan va ko„zi ko„rmagan 
dahshatli fojia boshlandi. Ikkinchi jahon urushining asosiy sababchisi va 
aybdori Germaniya va SSSRning hukmron doiralari, awalo, Adolf Gitler va 
Iosif Stalindir. Har ikkala davlat ham o„z oldiga bosh maqsad qilib dunyo 
hukmronligini qo„ygan edi. Har ikkala davlat ham o„zining bosh strategiya 
maqsadini amalga oshirish uchun har xil usullar bilan bordi, biri 
ikkinchisidan, ikkinchisi birinchisidan ustunlik qilishga intildi, turli yo„llar 
bilan o„z chegara va ta‟sir doiralarini kengaytirishga harakat qildi. Ammo 
har ikkala tomon ham o„rtada dahshatli muhoraba bo„lishi muqarrar 
ekanligini yaxshi bilar edi. Shu ma‟noda 1939-yil 23-avgustda A.Gitler va 
I.Stalinning fatvosi bilan Germaniya Tashqi ishlar vaziri Ribbentrop va 
SSSR Tashqi ishlar Xalq komissari V.Molotov o„rtasida 10 yil o„zaro hujum 
qilmaslik to„g„risidagi shartnomaning tuzilishi harakterlidir. Jahon 
jamoatchiligi uni har ikki davlat tomonidan dunyoni o„zaro bo„lib olish 
maqsadlarini ko„zlab tuzilgan shartnoma sifatida qabul qildi. Chunki 
shartnoma tuzilgandan so„ng Germaniya o„zining asosiy raqibi SSSRdan 
qo„lini bo„shatib oldi va oradan ko„p muddat o„tmasdan, 1 sentabrda Polsha 
hududiga bostirib kirdi. Ikkinchidan, shartnomadagi mutlaqo sir va maxfiy 
tutilgan moddalarga ko„ra, SSSR Germaniyani nafaqat ma‟naviy tomondan, 
balki moddiy jihatdan ham qo„llab-quwatlagan, amalda o„ziga qarshi 
oyoqqa turayotgan Germaniyani qurollantirgan edi. Buni V.M.Molotov 
bilan 
465


Shulenburg o„rtasida 1939-yil 28-sentabrda tuzilgan va 1941-yil 10- 
yanvarda imzolangan mutlaqo maxfiy shartnoma ham isbotlaydi. 
Shartnomaga ko„ra, Germaniya tomoni Boltiqbo„yi davlatlari hududlariga 
(Litva hududining bir qismidan tashqari) bo„lgan da‟vosidan voz kechishi 
lozimligi qayd etiladi. Buning evaziga SSSR Germaniyaga 7 500 000 oltin 
dollar, yoki 31 million 500 ming nemis markasi miqdorida haq to„lashga 
rozi bo„ladi. 31,5 million nemis markasi miqdoridagi summaning sakkizdan 
bir qismi yoki 3.937.500 german markasiga SSSR uch oy muddat davomida 
rangli metallar yetkazib berish, qolgan 8/7 qismini, aniqrog„i 27.562.500 
german markasini 1941-yil 11-fevralgacha oltin hisobida toMashi
1
shart 
qilib qo„yiladi. 
1939- 
yil 23-avgustdagi shartnoma SSSRning ham buyuk 
saltanatchilik manfaatlariga javob berar edi, albatta. 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling