O'zbekiston tarixi
Xo‘jayev Fayzulla. Tanlangan asarlar, uch jildlik. II jild. - Т.: Fan, 1978, 617-618-
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Xo‘jayev Fayzulla. Tanlangan asarlar, uch jildlik. II jild. - Т.: Fan, 1978, 617-618- betlar. 2 0‘zbekiston SSR tarixi. To‘rt jildlik. Uchinchi jild. //Bosh muharrir I.M.Mo'minov//,-Т.: Fan, 1971, 631-bet. 462 Albatta, SSSR va 0„zbekiston SSR Konstitutsiyalarida mamlakatda «sotsializm g„alaba qilganligi» haqidagi xulosalar ilmiy- nazariy jihatdan ham, siyosiy-amaliy jihatdan ham asossiz edi. Buni mamlakatdagi siyosiy tang vaziyat va amalga oshirilgan yalpi qatag'onlar ochiq-oydin isbotlaydi. 0„zbekiston SSRning «yangi» Konstitutsiyasining har bir qoidasi respublikadagi real hayotiy voqealarga zid va qarama- qarshi edi. Ayniqsa, Konstitutsiyada 0„zbekiston Respublikasining «mustaqil» ekanligi, SSSR Ittifoqidagi barcha sho„ro respublikalari orasida «teng huquqli» davlat deb e‟lon qilinganligi lo„ttibozlikning o„zi edi. Chunki 0„zbekiston ijtimoiy- siyosiy hayotning barcha sohalarida Markazning mustamlakasi bo„lib, biror bir masalada mustaqil harakat qila olmas edi. Sho„ro Konstitutsiyasiga baho berib, o„zbek xalqining mard, otashqalb farzandi Ashurali Zohiriy bunday degan edi: «Stalin Konstitutsiyasi - bu chegara oldidagi quruq afisha va «demokra- tiya»dir. Uning maqtaydigan joyi yo„q»'. 1939- yil martda bo„lib o„tgan VKP(b) XVIII syezdi Sovet Ittifoqi, o„zining ichki taraqqiyotida sotsialistik jamiyat qurishni tugallash va asta - sekin kommunizmga o„tish pallasiga kirdi, degan safsatani ilgari surdi. X.Tursunov va N.Beknazarovlaming yozishicha, syezd: «Sovet xalqining kommunizmga borish yo„llari va istiqbollarini belgilab ...» 2 bergan ekan. Ammo 80-yillarga kelib Kompartiya Markaziy Qo„mitasining Bosh kotibi M.Gorbachev mamlakatda hech qanday sotsializm degan jamiyat qurilmaganli- gini ro„yirost aytishga majbur bo„ldi. U 1988-yil 18 fevralda KPSS MQ sining Plenumida so„zlagan nutqida bunday degan edi: «... ammo ham ichki, ham tashqi sabablar taqozosi bilan biz yangi ijtimoiy tuzumning lenincha prinsiplarini yetarlicha to„la-to„kis yuzaga chiqara olmadik. Shaxsga sig„inish, 30-yillarda vujudga kelgan boshqaruvning buyruqbozlik - ma‟muriyatchilik sistemasi, byurokratik, dogmatik va valyuntaristik soxtaliklar, bedodliklar... bunga katta halal berdi» 3 . Bu fikrga 0„zbekistonda Sho„ro hukumati va Kompartiyaning yurgizgan mustamlakachilik, ulug„ davlatchilik Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling