Qo„y va echkilar 1971-yilda ko„payish o„miga 1961-yilga nisbatan 16
foizga kamayib ketgan. Faqat 1981-yilga kelib 1961- yilgi darajaga ko„tarila
olgan, xolos. Otlar masalasida esa ahvol nihoyatda achinarli ahvolga tushib
qolgan. Otlaming umumiy soni 1941-yildagi 450,8 mingdan 1981-yilda
birdagina 82,2
ming boshga tushib ketgan, yoki 82,1 foiz kamayib ketgan.
Paxta ekin maydonlari kengayishi Amudaryo va Sirdaryoning tinka-
madorini quritdi, Orol fojiasi kelib chiqdi.
0„zbekiston qishloq xo„jaligining boshqa
tarmoqlarida ham Sovet
hukumati Markaz manfaatini birinchi o„ringa qo„ygan holda siyosat
yurgizdi, iloji boricha respublikadan ko„proq
xomashyo mahsulotlari
o„marib olish payida boidi. Masalan, respublikada davlatga pilla topshirish
yildan-yilga oshib boraverdi. Agar 1940- yilda 0„zbekiston pillakorlari
hammasi boiib 9,8 ming tonna
pilla tayyorlagan boisalar, bu raqam 1960-
yilda 14,6
ming tonna, 1970- yilda - 18,4 ming tonna, 1980-yilda - 30,3
ming tonna, 1985-yilda esa 32,228' ming tonnani tashkil etdi. 0„zbekiston
fuqarolari ota- bobolarining qadim-qadimdan iste‟mol qilib kelgan vitamin
va darmon dorilarga boy balxi va shotut singari
mevalardan bahramand
boiish, ulardan tutmayiz va shinni qilib qish paytlari rohatlanishdan deyarli
mahrum boidilar.
Sovet hukumati aholi uchun nihoyatda zarur boigan sohalar: don
mahsulotlari, kartoshka, sabzavot kabi tarmoqlarga
ham ikkinchi daraiali
soha deb qaradi. Natijada, 0„zbekistonda don,
kartoshka va sabzavot
mahsulotlari yetishtirish gektar boshiga o„sish o„miga kamayib bordi.
Buning oqibatida o„lkamizning Moskvaga qaramligi va tobeligi yanada
oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: