O'zbekiston tarixi
partiyaviylikni taqiqlab, Kompartiya yakka hukmronligiga asos solgan
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
partiyaviylikni taqiqlab, Kompartiya yakka hukmronligiga asos solgan V.I.Lenin qo„ygan edi. «Xalqlar dohiysi» I.Stalin bu ishni qiyomiga yetkazdi va mamlakatda zo„rlikka tayanuvchi byurokratik davlat boshqaruv tizimi qaror topdi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalari va muammolari bo„yicha birdan-bir to„g„ri va so„nggi haqiqatni, nazariy- ilmiy xulosani Kompartiyaning birinchi rahbari - yoiboshchisigina aytishi odatga aylantirildi. Omma fikri bilan hisoblashish tartibi yo„qoldi. Bu siyosiy-nazariy sohada 60-yillardan e‟tiboran kuchli tus olgan qashshoqlik va bo'hronning asosi edi. V.I.Lenin 1920-yilda komsomolning III syezdida «Yoshlar soyu- zining vazifalari» haqida so„zlagan nutqida: «...Hozir 15 yoshda boigan avlod kommunistik jamiyatni ko„radi...» 2 deb bashorat qilgan edi. «Dohiy»ning bu bashorati boshqa xalqlar qatorida o„zbek xalqini ham aldab, «kommunizm yoiida» zahmatli mehnatga chorlagan edi. 1959-yilning boshida boiib o'tgan KPSSning navbatdan tashqari XXI syezdi «SSSRda sotsializm batamom va uzil-kesil g„alaba qozonganligi, sovet davlati o„z taraqqiyotining yangi bosqichiga - kommunizm qurish davriga o„tganligi»ni ijod qildi. 1961-yil oktabrda Kompartiyaning XXII syezdi chaqirildi va 1 Gorbachev M. S. Qayta qurish va yangicha fikxlash mamlakatimiz va butun dunyo uchun.-T.:0‘zbekiston, 1988, 15-bet. 2 Lenin V.I. TAT, 41-t. 354-bet. 564 unda KPSSning III dasturi - «kommunizm qurish dasturi» qabul qilindi. Syezdda ma‟ruza bilan chiqqan N.S.Xrushchev ikki o„n yillikda SSSRda «kommunizm qurilishi»ni bashorat qildi. Bu «nazariy xulosalar» barcha qatori 0„zbekiston mehnatkashlarini ham quvontirdi, albatta. Ammo bu quvonch uzoqqa cho„zilmadi. 1963-1964-yillarda mamlakatda oziq- ovqat tanqisligi vujudga keldi. «Kommunizm qurilishini avj oldirish» davriga kirgan xalq birinchi darajali hayotiy ahamiyatga ega bo„lgan oziq-ovqat mahsulotlari: un va un mahsulotlari, yog„, go„sht va boshqa shuning singarilami talon orqali olish darajasiga tushib qoldi. Mamlakatning juda ko„p shaharlarida zabastovkalar va norozilik mitinglari boidi. 1962-yil iyunda Novocherkasskda boigan fojiali va qonli voqealar bunga misol boia oladi. Go„sht va yog„ mahsulotlari narxi oshganligidan norozi boigan mehnatkashlar namoyishi o„qqa tutildi, 70- 80 kishi 1 oidirildi. 1964-yil Oktabr Plenumi N.S.Xrushchevni barcha lavozim- lardan olib tashladi. Uning o„miga L.I.Brejnev saylandi. Kompartiyaning yangi «dohiysi» ham «kommunizm» to„g„risidagi «nazariy g„oyani» yanada «ijodiy» rivojlantirdi. Uning rahbarligida ishlab chiqilgan va 1977-yil 7- oktabrda qabul qilingan SSSR Konstitutsiyasida mamlakatda «rivojlangan sotsializm» qurilganligi qonuniy «mustahkamlandi». Bu xulosa 0„zbekiston SSRning 1978- yil 19-aprelda qabul qilingan Konstitutsiyasi uchun ham asos boidi. Albatta, Kompartiya va shoio hukumati ulug„ naza- riyotchilari»ning «sotsializm va kommunizm» to„g„risidagi cho„p- chaklari mehnatkashlar ommasining barcha «ishonch va umid- lari»ni chilparchin qildi. Ammo bu masaladagi oxirgi xulosaga so„nggi nazariy nuqtani M.S.Gorbachev qo„ydi. U Kompartiya MQsining 1985-yil aprel Plenumida mamlakatda Lenin asoslab bergan sotsializm qurilmaganligini, balki u «stalincha model» yoiidan borganligini eion qildi. Bu fikmi KPSSning sobiq rahbari keyinchalik yanada aniqroq bayon qilgan edi: «Beg„araz, halol yondoshish bizni muqarrar xulosaga olib keldi: mamlakat krizis oldi holatiga tushib qolgan ekan. 1985-yil aprelida boiib o„tgan Markaziy Komitet Plenumida ana shunday xulosa chiqarildi» 2 . Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling