O'zbekiston tarixi
Siz ham ey, taftishchilar
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
557
Siz ham ey, taftishchilar, Majlis sanog'in tekshiring, Ham qaror, kun tartibu Hujjat varog„in tekshiring, Notiq og„zin tekshiring, Some qulog„in tekshiring, Kursi teshgan nozik ul Joyda qadog„in tekshiring, Gar jarohat unda Qo„sh-qo„sh boimasa, majlis qiling. Belni bogiang, bu jahonni Toidiring qog„oz bilan. 0 „zni aldang, boimaganni Boidiring qog„oz bilan. Ish bilan shod etmangiz hech, Kuldiring qog„oz bilan. Kim qog„ozbozlikni suymas, Oidiring qog„oz bilan. Oimasa u yoki Behush boimasa, majlis qiling. Shoir Erkin Vohidov noyob qobiliyat egasi. Uning fikri tiniq, tili xalqchil, oddiy va sodda. U o„zbek she‟riyatida o„zining nafis, latif va favqulodda jozibadorligi bilan alohida ajralib turadi. Xullas, tarixiy an‟anaga ko„ra, 1946-1985-yillarda ham o„zbek badiiy ijodiyotida qalam tebratgan va o„zining serqirra va sermazmun faoliyati bilan xalqimizning ma‟naviy madaniyatiga munosib hissa qo„shgan ulug„ farzandlari behisob ko„p boigan. 6- §. Madaniyat 1946- 1985-yillarda 0„zbekiston teatr va musiqa san‟ati ham Kommunistik partiya mafkurasi va siyosati ta‟siri ostida faoliyat ko„rsatishga majbur edi. Sahna asarlari va qo„shiqlar repertuarlari ming martalab chigiriqlardan o„tkazilar va so„ngra xalq hukmiga havola qilinardi.. Bu chigiriqlar, tahlil va xulosalar jarayonida har bir san‟at asarining «partiyaviyligi», «sinfiyligi», «baynalmilalligi», «hisobga» olinar edi. Har qanday milliylik «millatchilik», «qoloqlik», «mil- 558 liy cheklanganlik», «eskilikni qo„msash» tarzida qoralanar va repertuardan chiqarilar edi. Ammo har qancha siquv, tazyiq, qatag'on va hujumlarga qaramasdan o„zbek milliy san‟ati yo„qolib ketmadi va o„zining tarixiy an‟analarini davom ettirdi. Shu yillar davomida o„zbek teatr va musiqa san‟ati dovrug„ini butun dunyoga tanitgan ajoyib yulduzlar yetishib chiqdi. Sh.Burxonov, M.Turg„unboyeva, O.Xo„jayev, N.Rahimov, A. Bakirov, Tamaraxonim, G.Izmaylova, K.Otaniyozov, M.Uzoqov, J.Sultonov, Yu.Rajabiy, K.Ismoilova, R.Hamrayev, S.Xo„jayev, B. Zokirov, T.Qodirov yosh ijodkorlardan K.Rahimov, O.Otajonov, Yo.Ahmedov, E.Komilov, N.Ahmedova, T.Mo„minov va boshqalar ana shular jumlasidandir. 0„zbek sahnasi ustalarining mahorati va qobiliyatlariga butun dunyo tan bergan, ular haqida afsona va rivoyatlar to„qilgan. Teatr sahnasida bamisoli o„chmas yulduz boiib chaqnagan Shukur Burxonovdek noyob qobiliyat sohiblari ham doim dunyoga kelavermaydi. Shoir Maqsud Shayxzoda Shukur Burxonovning yaratgan betakror obrazlariga qoyil qolib quyidagi to„rtlikni bitgan ekan: Shukumi sahnada bir ko„rgan kishi U kecha uxlashi mumkinmi? Gumon. Tomosha ahlining ezgu xohishi: Koshki shukurona boisam qahramon... Yoki o„zining maftunkor va betakror qo„shiqlari bilan 0„zbek qo„shiqchilik san‟ati dovrugini butun dunyoga taratgan, 0„zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpogiston xalq artisti Komil- jon Otaniyozov Seylon, Xitoy, Birma, Turkiya, Hindiston, Eron, Afg„oniston, Rusiya va boshqa juda ko„plab mamlakatlarda Xorazm qo„shiqchilik san‟ati tarovatini keng tarqatgan. 1980-yilda bir ibratli voqea boigan ekan. Atoqli hind rassomi, jamoat va madaniyat arbobi Amina Bintu Moskva Markaziy televideniyasi bilan muloqot o„tkazgan. Diktor: Siz qanday ovozni yoqimli ovoz deb hisoblaysiz? 0„zingiz yoqimli deb hisoblagan ovoz sohibi kim? - deya savol beradi. Amina Bintu: «Ovoz awalo yoqimli boimogi darkor... ovozda hissiyot va tuyg„u boiishi lozim, ovoz toiaqonli, ya‟ni quloqni toidirib turishi kerak... Men dunyoda (u «dunyoda» deb alohida ta‟kidladi) bir san‟atkoming borligini bilaman, u 559 o„zbeklaming Komiljon Otaniyozovidir. Uning ovozi barcha davrlar va zamonlar ichidagi eng noyob ovozdir!» 1 . Mana bu voqea esa Turkiyaning Istambul shahrida bo„lgan. Komiljon Otaniyozov shahardagi Hazrat Ali jome masjidida konsert berganda 20 ming tomoshabin to„plangan. Konsert tamom bo„lgach, Hazrati Ali masjidi bosh muazzini boshchiligida maxsus hay‟at tuzilib, Komiljon Otaniyozov yoniga keladilar va undan og„zini ochib tomog„i va halqumini ko„rsatishni iltimos qiladilar... G„ayriodatiy bu taklifdan Komiljon aka dastlab hayratga tushadi, keyinroq esa bu talabning maqsadi oydinlashadi. Ma‟lum boiishicha, qo„shiq tinglaganlar «bu yanglig 1 ovoz odam - bandaga nasib oimas, balki tomog„ida birorta moslama bordir» degan fikrga kelgan ekanlar. Komiljon aka nim tabassum bilan ulaming taklifiga rozi boiadi va hay‟at a‟zolari mashhur san‟atkor tomog„ida «hech qanday moslama yo„qligini» e‟tirof etadi... Aslida, turk tinglovchilarini hayratga solgan narsa Komiljon Otaniyozov ovozidagi bemisl qudrat boigan. Uzunasiga bir necha chaqirimga cho„zilgan yigirma ming nomozxon tiz cho„kib, sajdalik holatiga some‟ boiib oitirar ekan, hech qanday ovoz kuchaytirgichlairi boimagan sahnadan turib kuylangan qo„shiq barcha tinglovchilarga butun mazmundorligi va shiradorligini saqlagan holda yetib borishi mo„jizaday edi-da. Komiljon Otaniyozovning baxti va badiiyligi mehribonlik va samimiyat bilan u tarbiyalab yetishtirgan hisobsiz shogirdlardadir. Komiljon akaning betakror sozi va ovozi o„zi bu dunyoni tark etgan boisa-da, ustozni jondan sevgan va ardoqlagan shogirdlari- O'zbekistonda xizmat ko„rsatgan va xalq artistlari Quvondiq Iskandarov, Ortiq Otajonov, Olmaxon Hayitova, Sharif Sultonov, Otajon Xudoyshukurov, Rahmatjon Qurbonov va boshqalaming ijodlarida tobora sayqal topmoqda. Xullas, respublika maqomchilar, «Lazgi», «Shodlik», «Bahor», «Dutorchi qizlar» kabi ansambllar mamlakat mehnatkashlariga xizmat qilishdan tashqari, 0„zbekiston san‟atini xorijiy mamlakatlarda ham tarqatib katta obro„-e‟tibor qozondilar. 0„zbek kino san‟atining 1946-1985-yillardagi faoliyati shuni ko„rsatadiki, u faqat nomigagina «0„zbekfilm» deb yuritildi. Amalda esa milliylikdan uzoq edi. To„g„ri, el-u yurtga tanilgan N.G„aniyev 1 «Yoshlik» jumali, 1987-yil, 12-son, 49- bet. 560 («Nasriddin sarguzashtlari»), K.Yormatov («Alisher Navoiy», «Ibn Sino»), Y.A‟zamov («Maftuningman», «Furqat»), Sh.Boshbekov, I. Ergashev («Temir xotin») va boshqalar tomoshabin didiga mos filmlar yaratdilar. Ammo «0„zbekfilm» jamoasi o„zining Vatan va millat oldidagi burchini toia bajarmadi. Buning sabablari ko„p. Jumladan: Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling