O'zbekiston tarixi
Народное хозяйство Узбекской ССР в 1985 г. /Ст. Ежегодник/. - Т
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Народное хозяйство Узбекской ССР в 1985 г. /Ст. Ежегодник/. - Т.: Узбекистан, 1986, 326-327-betlar. 2 Народное хозяйство Узбекской ССР в 1987 г. /Ст. Ежегодник/. - Т.: Узбекистан, 1988, 396-bet., «Sharq Yulduzi» jumali, 1989-yil. 7-son, 177-bet. 562 borada qanday ahvolda bo„lganligi yaqqol ko„zga tashlanadi. Eng dahshatlisi shundaki, 0„zbekiston FAning nashriyotida chiqarilgan adabiyotlaming 80 foizi rus tilida, 16 foizi boshqa tillarda va faqat 4 foizi o„zbek tilida chop etilgan, xolos. Xulosa qilib aytganda 1946-1985-yillarda mustabid tuzum Kommunistik partiya mafkurasini, qizil saltanat hukmronligi g„oya- sini 0„zbekiston mehnatkashlari ongiga turli xildagi ma‟rifiy-mada- niy vositalar yordamida singdirishga intildi. Xalq milliy ma‟naviyati og„ir mustamlakachilik zulmi ostida sekinlik bilan boisa-da rivoj- lanib bordi. 7- §. Sho‘rolar siyosiy tuzumining bo‘hroni Jahon mamlakatlari taraqqiyoti tarixi shundan dalolat beradiki, zo„rlik, bosqinchilik asosida yaratilgan har qanday mustamlakachi saltanat ertadir-kechdir inqirozga uchrashi, parchalanib ketishi va halokat botqogiga botishi muqarrardir. Lekin bu birdagina amalga oshmaydi. Bu jarayonning ro„yobga chiqishi uchun zarur boigan barcha ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlar, ya‟ni ham obyektiv va ham subyektiv omillar yetilgan boiishi kerak. Sho„rolar saltanati taqdiri to„g„risida ham huddi shu fikr birdan- bir to„g„ri xulosadir. 1939-yilda boshlangan jahon urushiga qadar sho„rolar saltanati o„z boshidan nisbatan gullash va taraqqiyot davrini kechirdi. Uning jahonga egalik qilish ishtahasi kuchaydi. Fashistlar Germaniyasi bilan birga dunyoni o„zaro taqsimlab olmoqchi boidi. Jahon urushi kelib chiqdi. Bu urushda qizil saltanat g„olib keldi. Sho„rolar Markaziy Yevropa va Sharqiy Osiyoda o„z ta‟sir doirasini kengaytirdi, dunyo gegemonlaridan biriga aylandi. Ammo taraqqiyot ilgarilab borgan sayin sho„rolar tuzumi kapitalizm bilan o„zaro siyosiy, iqtisodiy raqobatda ojiz va hayotga yaroqsiz ekanligi birin-ketin oydinlasha bordi. U o„z pozitsiyalarini asta- sekin qoidan chiqara boshladi. Bu jarayonning dastlabki alomatlari 50-yillaming oxirlari va 60-yillarda ko„rina boshlagan boisa, 70- yillarda, ayniqsa 80-yillarda halokatli tus oldi. Kommunistik partiya sobiq Bosh kotibi Mixail Sergeyevich Gorbachevning quyidagi so„zlari bu jihatdan g„oyatda o„rinlidir: «Qaysidir bir bosqichda - bu, ayniqsa, 70-yillaming ikkinchi yarmida sezildi - dastlabki qarashda tushunish qiyin boigan voqealar sodir boidi. 563 Mamlakat harakat sur‟atlarini susaytira boshladi, xo„jalik ishida izdan chiqish ko„payaverdi, qiyinchiliklar birin-ketin yig„ilib va keskinlashib boraverdi, hal qilinmagan muammolar ko„paya bordi. Ijtimoiy hayotda biz hozir turg„unlik deb atayotgan holatlar... paydo boidi. Sotsial- iqtisodiy taraqqiyotga to„sqinlik qiluvchi o„ziga xos mexanizm vujudga keldi» 1 . M.S.Gorbachev «tushunish qiyin boigan voqealar» va «tur- g„unlik» deb ifodalagan holat masalaning tub mohiyatiga to„g„ri va oqilona ko„z bilan qaralganda, aslida zo„rlik va bosqinchilik asosida barpo etilgan va halokatga mahkum Sho„rolar saltanatining bo„hroni edi. Bu bo„hron ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma‟naviy hayotning barcha sohalarini o„zida qamrab olgandi. Nazariy-siyosiy dunyoqarashdagi turg„unlik va qashshoqlik 1960- yillardan e‟tiboran kuchaydi va u boshi berk ko„chaga kirib qoldi. Bu jarayonning tamal toshini 20-yillar boshlarida ko„p Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling