O'zbekiston tarixi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
birinchidan,
«0„zbekfilm» uchun mutaxassis kadrlar asosan sobiq Ittifoqning Markaziy shaharlarida tayyorlanar edi. Ikkinchidan, kino asarlari dastlab rus tilida tayyorlanar va Moskvaga senzuraga yuborilardi. Markaz tasdigidan o„tgan filmlar- gina ekranlarga chiqarilar va so„ng o„zbek tiliga tarjima qilinar edi. Uchinchidan, yuqoridagi sabablarga ko„ra, «0„zbekfilm»ga aksariyat rus tilida so„zlashuvchi xodimlargina ishga qabul qilindilar. Natijada «0„zbekfilm»da faoliyat ko„rsatuvchi jamoa ahli bilan asosan o„zbek tilida ijod qiladigan 800 kishidan ortiq yozuvchilar jamoasi o„rtasida do„stona ijodiy aloqa boimadi. Bu oqibatda xunuk va achinarli natijalarga olib keldi. «0„zbekfilm» uchun mahalliy ijodkorlar asarlar yozib bermadilar yoki ular o„zaro umumiy til topa olmadilar. «0„zbekfilm» jamoasi esa, o„z navbatida, «o„rgangan ko„ngil o„rtansa qo„ymas» deganlaridek, o„zining eski hamtovoqlari bilan yanada mustahkamroq «ijodiy hamkorlik»ni rivojlantirdi. Buni 80-yillarda suratga olingan filmlar ro„yxatining o„ziyoq yorqin ko„rsatadi: «Boimagan voqea» - ssenariy muallifi Valentina Tokareva, rejissyor Qamara Kamolova, «Amiming xufyona sayohati» - ssenariy muallifi Boris Saakov, rejissyor Farid Davletshin, «Buvimni qaytaring» - ssenariy muallifi Isay Kuznesov, rejissyor Muxtor Og„amirzayev, «Bolalik stantsiyasidan chiqqan poyezd» - ssenariy mualliflari Leonid Arkadev, Aleksandr Kovtun, rejissyor Habibullo Fayziyev, «Hayot mazmuni» - ssenariy muallifi Ramiz Fataliyev, rejissyor Damir Salimov, «Ikkinchi aylana bo„ylab», - ssenariy muallifi Aleksandr Goroxov, rejissyori Ravil Botirov, «Yowoyi» - ssenariy muallifi Rustam Ibrohimbekov, rejissyori Qamara Kamolova, «Maysaraning ishi» - ssenariy muallifi Eduard Akopov, rejissyori Melis Abzalov. Bu ro„yxatni yana V.Jeleznikov, A.Leontev, V.Xmelniskiy («Otga mehr» - rejissyori M.Og„amirzayev), E.Verigo, B.Turin («Inqilob vakil qilgan» - rejissyori Z.Royzman) kabi «o„zbek dramaturglari» bilan toidirish mumkin» 1 . 1 «Muloqot» jumali, 1991-yil, 5-son, 29-30- betlar. 561 «0„zbekfilm»ning mavzular doirasi ham juda tor va asosan «bosmachilik»dan boshi chiqmaganligi natijasida uni xalq orasida «bosmachifilm» deb kinoya bilan tilga olishardi. 1985-yildan e‟tiboran «qayta qurish» deb atalgan o„zgarishlar bahonasida «0„zbekfilm» o„zbek xalqining milliy qadriyat va an‟analariga yot g„oyalami, axloqiy- ma‟naviy buzuq sahna asarlarini ekranlar vositasida tash- viqot-targ„ibot qilib, yoshlar tarbiyasiga zarar keltirdi. Damir Sali- movning «Yowoyi itlar», Sanjar Boboyevning «Vijdon azobi», Jahongir Fayziyevning «Siz kimsiz?», Muzrob Boymuhammedov- ning «Najotsiz qotil», Farid Davletshinning «Amiming xufyona sayohati», Nozim Abbosovning «Samardagi uchrashuv» kabi filmlari huddi ana shunday jihati bilan ajralib turadi. Sho„rolar va Kompartiya mehnatkash xalqni itoatda saqlash uchun ommaviy axborot vositalaridan ham keng foydalandi. Mu- taxassislaming hisob-kitoblariga qaraganda, har bir millat o„z vakillarini hozirgi zamon axboroti bilan yetarli darajada ta‟min- lashi uchun bir yilda 300 tadan 500 tagacha jumal, 8 mingdan 12 mingtagacha nomda kitob chiqarishi kerak ekan. Busiz na milliy madaniyat, na milliy til ravnaqi to„g„risida so„z yuritish mumkin emas (Biz sho„rolar davrida chop etilgan ommaviy axborot vositalarining qullik va tobelik mafkurasini targ„ibot qilganligini hisobga olayotganimiz ham yo„q). 1960-yilda 0„zbekistonda 110 nomda jumal va jumal tipidagi xabamomalar nashr etilgan boisa, 1985- yilda ulaming soni ko„payish o„miga 88 taga tushib qoldi 1 . Kitob nashr qilish-chi? 1940-yilda 0„zbekistonda 4 million o„zbek boiib, 640 nomda kitob nashr qilingan, ya‟ni har yuz ming nafar o„zbekka 11- 12 tadan kitob to„g„ri kelgan. 1985-yilgi ma‟lumotlarga ko„ra esa 16 millionli o„zbek aholisi uchun 982 nomda kitob chop etilgan, ya‟ni har yuz ming o„zbekka 4-4,5 tadan kitob to„g„ri kelgan. Umuman, o„zbek tilida kitob chop etish yildan-yilga ko„payish o„miga kamayib borgan. Masalan, 1979-yilda - 105 ta, 1985-yilda - 982 ta va 1986-yilda 947 nomda kitob o„zbek tilida chop etildi. Holbuki, 1986-yilda 1 million 20 ming eston aholisi uchun 1.420 kitob eston tilida 2 chop etilganligiga taqqoslasak, 0„zbekiston bu Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling