O'zbekiston tarixi
Rashidov A. Akam haqida. - Т.: Fan, 1992, 9-10-betlar
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Rashidov A. Akam haqida. - Т.: Fan, 1992, 9-10-betlar. 2 «Yosh leninchi» gazetasi, 1992-yil 12-noyabr. 629 nomlari tarix sahifalaridan oltin satrlarda o„rin oladi. Sotqinlaming yuzi esa tarix va avlodlar oldida bir umrga qop-qoradir, ulardan hamisha xalqimiz nafratlangan. Xullas, I.B.Usmonxo„jayev birinchi rahbar bo„lgan kezlarda 0„zbekistonda jami bo„lib necha ming odam qamoqqa olinganligidan qat‟iy nazar o„zbek xalqi boshiga ommaviy kulfat tushgan edi. Gdlyan va Ivanovlar guruhi 0„zbekistonda bilgan va bilmagan barcha noma‟qulchiliklami qildilar. 70-80-yillarda 0„zbekistonda Kompartiya va Sovet hukumatining fidoyi rahbarlari sifatida tanilgan Xudoyberdiyev, Aytmurotov, O.Salimov, Tursunov, Musaxonov, H.Yaxyoyev, Norov, Sattorov, B.Rahimov, A.Karimov, X.Norbo„tayev, N.Rjabov singari arboblar qamoqxonalarda mislsiz qiynoq va azoblarga solindilar. Gdlyan boshliq guruh mahbuslami so„roq qilish davomida eng qaltis va ta‟sirli usullami ishga solganlar: «Hozir bolalaringni qamoqqa tiqamiz, retsedevistlar xotiningni zo„rlaydi, qizingni badnom qiladi, sen esa eshikdan tomosha qilib turasan». Yax- shisi mahbuslaming ba‟zi bir aytganlariga e‟tibor qarataylik. Sobiq militsiya general-mayori (u Nijniy Tagil qamoqxonasida saqlangan) Xushvaqt Norbo„tayevning arznomasidan: «Hech natija chiqmaganidan keyin 3-hibsxonaga o„ta xavfli jinoyatchi Sayfulin Shavqat, muttaham G„afurov Oqil (laqabi «Doktor»), qartaboz Igirlar ichiga qo„shib qo„yishdi. Bu dahshatxonada uch oy saqlashdi. Odamiy qiyofani yo„qotgan bu unsurlar odam bolasi bardosh bera olmaydigan azob-uqubatli usullami o„ylab topishardi, bu haqorat, kaltaklashlar, hatto fashistlar o„ylab topmagan: odamga o„z axlatini yedirish, erkaklik nomusiga zo„rlik qilish, og„zingdagi ovqatni tortib olish... kimga nola qilasan, kimdan yordam so„raysan, xudodan boshqa. Bu aytganlarimga, ehtimol, ishonmassiz, lekin baribir hammasi rost, hammasi shunday bo„lgan, 90 yoshga kirgan otam (ilohim umrlari uzoq bo„lsin), bolalarim haqqi- hurmati, hammasi rost... Yana bir kuni Gdlyan ovi baroridan kelgan yirtqichdek xursand bo„lib, ikki qo„lini ishqalar ekan: «Bilishimcha qizing (1970-yilda tug„ilgan, tug„ma kar) juda ketvorgan emish, qarshilik bezorilarga «hadya» etsam mendan xursand bo„lishar-a, nima deysan» dedi. Bunday tahqirlarga qanday ota bardosh bera oladi-ya» 1 . I. Usmonxo„jayev sovet sudlov organlari ishining naqadar chirkin, adolatsiz va dahshatli ekanligini fosh etib, quyidagilami Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling