O'zbekiston tarixi


Islom Karimov. 0‘zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. -


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet478/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   474   475   476   477   478   479   480   481   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
Islom Karimov. 0‘zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. - 
T.:0‘zbekiston, 1 jild, 1996, 29-30-betlar. 
627


boshqalardir. «Paxta ishi» bo„yicha juda ko„p guruhlar tashkil qilindi. 
Mahalliy xalqning «xarakter va psixologiyasi»ni yaxshi bilgan jallodlar bu 
guruhlarga tub yerlik prokuror va tergovchilarni bosh qilib, ularga «yaxshi 
konsultatsiya»lar berdilar va shu tariqa sopini o„zidan chiqardilar. Yuqori 
saviyada «maslahat» olgan guruh a‟zolari amaliy ishga tushib ketdilar. Ular 
70-80-yillarda mamlakatda keng tus olgan qo„shib yozishlar bo„yicha 
jinoyatchilami aniqlab berishlari kerak edi. 
Haqiqatan ham shu yillarda paxta, chorva va boshqa sohalar bo„yicha 
qo„shib yozishlar davlat rejalarini sun‟iy ravishda bajarish usuli bo„libgina 
qolmay, millionlab so„m davlat mab- lagiarini suiiste‟mol qilish va talon-
taroj etishning sinalgan usuli edi. Poraxo„rlik avjiga mingandi. Bunday 
qo„shib yozishlar, poraxo„rliklaming asosiy ilhomchisi va tashkilotchisi 
Moskvaning o„zi bo„lib, respublika, viloyat, tuman rahbarlari, davlat 
xo„jaligi direktorlari, jamoa xo„jaligi raislari, paxta tayyorlash korxonalari 
va paxta tozalash zavodlari rahbarlari bu ish bilan bog„liq edilar. Ular asosli 
ravishda jinoiy javobgarlikka tortildilar va sudlandilar, bu to„g„rida 
yuqoridagi boblarda batafsil hikoya qilindi. Shu bilan bir qatorda, qo„shib 
yozishlarga bevosita aloqador bo„lmagan, bu ishga ongsiz sur‟atda yoki 
tasodifan 
o„ralashib 
qolgan, 
rahbarlaming 
ta‟siri 
va 
tazyiqi 
ko„zbo„yamachiliklarga noiloj qo„shilib qolgan, undan shaxsan hech qanday 
moddiy manfaatdor bo„lmagan yuzlab va minglab gunohsiz kishilar ham 
jabr ko„rib, aziyat chekdilar. «0„zbeklar ishi», «Paxta ishi» bo„yicha qancha 
odamning qamoqqa olinganligi to„g„risida turlicha ma‟lumotlar bor. Ba‟zi 
manbalarda 22 ming, boshqasida 30 ming, hatto 48 ming
1
odam hibsga 
olinganligi ko„rsatiladi. «0„zbeklar ishi» ayni quturgan va avjga chiqqan 
paytda 0„zKP MQsining birinchi kotibi I.Usmonxo„jayev yozuvchilar bilan 
uchrashuvda respublikada qo„shib yozish va poraxo„rlik avj olib ketgani 
tufayli yigirma uch ming kishi qamoqqa olinganini aytgan edi. Shu damlarda 
Kompartiya fidoyisi o„zining ham yaqin kelajakda ne ahvollarga tushajagini 
tasawur 
ham 
qila 
olmagan, 
albatta. 
Chunki 
I.Usmonxo„jayev 
Kompartiyaning so„zsiz itoatkor qo„g„irchoq rahbari sifatida 0„zKP 
MQsining IV Plenumida so„zlab «1986-yilda rahbar xodimlardan salkam 
750 kishi, shu jumladan, 8 obkom sekretari, shahar, rayon partiya 
komitetlarining 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   474   475   476   477   478   479   480   481   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling