O'zbekiston tarixi
harakatini to‘xtatish, uni boshqa izga solish hech kimning qoiidan
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
harakatini to‘xtatish, uni boshqa izga solish hech kimning qoiidan
kelmas edi. Bunday qilishga uringan har qanday arbobni mavjud siyosiy mashina majaqlab tashlar edi. Demak, Rashidov masalasi uning shaxsiyati doirasidagi masala emas. Balki turg‘unlik davri ehtiyoji bilan vujudga kelgan siyosiy hodisadir». Keling, Rashidovning respublikaga chorak asr mobaynidagi rahbarlik faoliyatiga yana ham kengroq qaraylik. Fashizm ustidan qozonilgan g„alabadan so„ng sotsializm bir mamlakat doirasidan chiqib, jahon doirasini qamradi, deb jar soldik. Aslida ham shunday boidi. Yevropadagi bir qator mamlakatlar fashizm zulmidan ozod etildi. Biroq, ularga o„zlariga ma‟qul boigan ijtimoiy-siyosiy tuzumni tanlash huquqi berilmadi. Aksincha, sotsialistik tuzum zo„rlik bilan joriy etildi. Natijada, huddi sobiq SSSR tarkibidagi qardosh respublikalar singari Bolgariya, Chexoslovakiya, Ruminiya, Polsha, GDR va boshqa mamlakatlar ham jahon xaritasida mustaqil davlat sifatida belgilangan boisa-da, Moskva siyosatiga qaram boiib qolaverdi. Xuddi siyosat va davlat arboblari Sh.Rashidov, Dinmuhammad Qo„nayev, Haydar Aliyev, V.Shcherbiskiy, Masherov singari Gustav Gusaak, Todor Jivkov, Voysex Yaruzelskiy, Erix Xonekker va boshqalar ham totalitar tuzum, sotsialistik yakka- hokimlik, zo„ravonlik, mustamlakachilik va kommunistik dikta- tura siyosati o„chog„i boigan Moskvaga tobe boidilar. «Qizil imperiya»ning dahshatli tazyiqi ostida qoldilar. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a‟zo boigan tom ma‟nodagi bu mustaqil davlatlarda sobiq Sovet Qurolli Kuchlari, harbiy aslahaxonalari joylashtirilgan edi. Bu yerlarda har qanday kichik bir chekinishlarga intilishni tag-tugi bilan yo„qotish uchun barcha choralar ko„rildi. Jumladan, Germaniya Demokratik Respublikasida turli yillarda yuz bergan noroziliklar, 1968-yili Chexoslovakiyada, undan so„ng Polsha va Ruminiyadagi qonli to„qnashuvlar sobiq Sovet Qurolli kuchlari 622 ishtirokida bostirildi. Ana endi o„ylab ko„ring. To„la mustaqil boigan Yevropa mamlakatlari shunchalik iskanjaga tushgach, SSSR tarkibiga kirgan respublikalar ahvoli qanday boisin? Bunday sharoitda ishlash naqadar ogir va ayanchli. Mustaqil fikrlash, mustaqil ish yuritish, xalqi bilan yuzma - yuz, ochiq-oydin gaplashish huquqi eng kichik rahbardan eng kattasigacha - hech kimga berilmagan edi. «Xalq so„zi» ro'znomasida Qoraqalpogiston viloyati partiya Qo„mitasining sobiq birinchi kotibi Qallibek Kamolov o„z esdalik- larida yozishiga qaraganda, Sharof Rashidov Toshkent metropoliteni qurilishi masalasi bo„yicha KPSS MQning Bosh kotibi L.I.Brejnev qabuliga turli paytlarda va holatlarda olti marta kirgan ekan. Yettinchi marta kirganida «Sen, Rashidov, metroing bilan jonimga tegding» deb hujjat ustiga qo„1 qo„yib bergan ekan. Mamlakat «otasi»ning xonasidan ogir xo„rsinib «Nihoyat hal boidi...» deb chiqqan Rashidov holatini, dard aralash sevinchini Q.Kamolov alohida ta‟kidlaydi 1 . Bunday iztirobli holatlar Sharof Rashidov hayotida tez-tez boiib turardi. Sh.Rashidovning opponentlari turg„unlik yillarida butun mamlakatda gazak otib, avj olgan qo„shib yozishlarda uni ayblaydilar, Sh.Rashidov tufayli «o„zbeklar ishi», «o„zbek mafiyasi», «paxta ishi» kelib chiqqan emish. Aslida esa 0„zbekistonda ro„y bergan salbiy hodisalar butun sobiq SSSRga xos boiib, Rossiyaning markaziy shaharlari Moskva, Leningrad va boshqa yerlarda qo„shib yozishlar, o„g„irliklar, davlat mulkini talon-toroj qilishlar va qonunbuzarliklar bir necha barobar dahshatli ahvolda edi. Belorussiya, Moldova, Ukraina, Qozogiston va boshqa res- publikalardagi ko„zbo„yamachiliklar 0„zbekistondagidan kam boimagan. Unda nega 0„zbekistondagi qo„shib yozishlar va noxush voqealarga faqat Sh.Rashidovni aybdor qilish kerak? Axir bunday yaramas va axloqiy tuban poraxo„rlik, ko„ngil ovlash kabi illatlaming ilhomchisi, tashkilotchisi va markazi Moskvaning o„zi, siyosiy nobop tuzum edi-ku? «o„zbeklar ishi», «o„zbek mafiyasi», «paxta ishi» yoki «rashidovchilik» deb atalmish, 37- yillaming yangicha bir ko„rinishi boigan 80-yillardagi qatag„onliklar sobiq Ittifoqning yana qaysi bir nuqtasida, qaysi bir respublikasida sodir etildi? Yo„q, hech qayerda bunday dahshatli ishlar sodir etilmadi. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling