O'zbekiston tarixi
«Sharq Yulduzi» jumali, 1993-yil, 9-son, 56-bet
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
«Sharq Yulduzi» jumali, 1993-yil, 9-son, 56-bet. 632 ish chiqmadi. «Yemakxona»ning asosi ham topildi. Bu - tekshirish boshlanganga qadar «Kibemetika birlashmasi»da 628 kishining 1 doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganliklari va ular aksariyatining yerli millat vakillari bo„lganida edi. Shovinist va olchoq Anishchev bilan Ogarok akademik V. Qobulovning bunday «shakkokligi» uchun uning «ko„zini ochib» qo„ymoqchi boiganlar. Qatag„onlik yillarida 0„zbekistonda sodir etilgan bunday dahshatli yovuzliklar, adolatsizlik va bedodliklami o„z ko„zi bilan ko„rib unga guvoh boigan jumalist Komil Xolmuhammad mamlakatda boiayotgan voqealarga o„z munosabatini izhor etib yozadi: «Tarixchilar o„n yillardan keyin 1980- yillaming ikkinchi yarmida 0„zbekiston jumhuriyatida yana o„ttizinchi, elliginchi yillaming sovuq, dahshatli, qora koiankasi kezib yurganligini jur‟at etib yozishar. Lekin shu narsa aniqki, 1983-yilning sentabridan 0„zbekistonda ish boshlagan va had-hududsiz vakolat bilan SSSR Bosh Prokurori nomidan kelgan Gdlyan va Ivanovlar o„zbek xalqi farzandlarini, milliy kadrlarimizni qirib tashlashni asosiy maqsad qilib olishgan! Xo„sh, butun bir xalqning taqdirini belgilashga ularga kim bunchalik huquq berdi. Axir, 0„zbekiston sovet Sotsialistik Respublikasi mustaqil, suveren respublikami o„zi?» 2 . Hamma gap ana shu yolg„onchi Konstitutsiyada! 0„zbekistonning mustaqil, suveren respublika atalgani, amalda esa u ilgarigidek Rossiyaning hech qanday huquqqa ega boimagan mustamlaka oikasi boiib qolayotganligida edi. 0„zbekiston Prezidenti Islom Karimov ana shu vaziyatni to„g„ri baholab «0„zbekiston jamoatchiligi o„zining eng yaqin tarixidagi Gorbachyov-Ligachyov komandasi xalqni jilovda tutib turish, uning o„sib kelayotgan milliy va siyosiy ongini bo„g„ish niyatida «paxta ishi», «o„zbeklar ishi» deb atalmish tuhmatlami to„qib chiqargan, biz o„zbeklarga turli-tuman sharmandali tamg„alar yopishtirilgan fojiali sahifalami hech qachon unutmaydi» 3 , degan edi. Xullas, tariximiz o„tmishining sovet saltanati davri, xususan, uning 80-yillari dardli alam va motamsaro voqealarga toia, xalqimizning millat sifatida qaddi bukilgan, xo„rlangan va oyoq osti qilingan davridir. Kelajakdan umidi boigan, inson va millat sifatida yashayman degan avlodlarimiz tariximizning yaqin o„tmishidagi bu achchiq saboqlaridan hayotiy xulosalar chiqarmoqlari zarur. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling