O'zbekiston tarixi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lenin V.I. TAT, 39-jild, 349-bet.
Birinchidan,
respublikaning nomini o„zgartirish, uni Turkiston Muxtor Sho„ro Respublikasi emas, balki «Turk Respublikasi» deb atash; Ikkinchidan, Turkiston Kompartiyasini «Turk kompartiyasi» nomi bilan yuritish; Uchinchidan, «Turkiston Respublikasining Konstitutsiyasi»ni qaytadan ko„rib chiqish, milliy harbiy qo„shin tuzish. 1 Lenin V.I. TAT, 39-jild, 349-bet. 96 Turkkomissiya a‟zolari Turor Risqulov takliflarini bekor qildira olmadilar. Konferensiya Turkiston Kompartiyasini «Turk kommunistik partiyasi» deb atash to„g„risidagi qaror qabul qildi. Ammo V.I.Lenin boshchiligida Kompartiya Markaziy Qo„mitasi va Sho„ro hukumati konferensiya qarorlarini e‟tiborga olmadi, konferensiyada Turkiston mustaqilligi masalasini ko„tarib chiqqan T.Risqulov va uning maslakdoshlariga qarshi kurashni tashkiliy jihatdan boshlab yubordi. Bu ishda Turkiston Kompartiyasining V Oika konferensiyasida qatnasha olmagan Turkkomissiya a‟zosi M.V. Frunze alohida rol o'ynadi. T. Risqulov V.I.Leninga bir necha bor konferensiya qarorlarini tasdiqlashni so„rab radiogramma qilgan boisa-da, bu ishdan foyda chiqmadi. 1920-yil 22- fevralda Moskvadan yaxshigina «nazariy maslahatlar» olib Toshkentga yetib kelgan M.V.Frunze Konferensiya ishida qatnasha olmaganini ro„kach qilib, konferensiya qaroriga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdi. 1920- yil 8-martda RKP (b) MQ Turkiston Kompartiyasi to„g„- risidagi qaromi imzolaydi. Ammo Turk Kompartiyasi va Turk Respublikasi haqidagi qaromi tasdiqlamaydi. Markazning tutgan bu yoiidan norozi bo„lgan T.Risqulov va N.Xo„jayev boshliq Turkiston MIQ vakillari 1920-yil 17-mayda Moskvaga keladilar va Turkistonning mustaqilligini ta‟minlashga qaratilgan dastumi imzolash uchun RKP (b) MQga topshiradilar. Unda Turk Respublikasini va Turk Kompartiyasini tan olish, Turkkomissiyani bekor qilish, Turkiston fronti harbiy inqilobiy Kengashi huquqlarini cheklash, Turkistondan qizil askarlar qo„shinlarini olib chiqib ketish yoki uning ruslardan iborat qismini milliy ixtiloflami kuchaytirayotganligi uchun qurol - sizlantirish, musulmonlardan milliy qo„shin tuzish kabi talablar qo„yilgan edi. Shuningdek dasturda tashqi aloqalar, tashqi savdo va harbiy masalalami RSFSR ixtiyoridan olib Turkiston MIQga berish ilgari surilgan edi. RKP (b), MQ va Sho„ro hukumati bu talablaming barchasini rad etdi. Faqat rad etdigina emas, mustaqillik va istiqlol uchun kurashuvchilarga qarshi keskin choralar ko„rdi, ulami qonundan tashqari deb e‟lon qildi. Istiqlolchilar bilan, ulaming boshliqlari va yalovbardorlari bilan har qanday muzokaralar va murosayu madoralar, ulaming qarindosh-urugiarini garovga olish bekor qilinib, uning o„miga yoppasiga qirib tashlash usuli qo„llanildi. T.Risqulov V.I.Lenin bilan bir qator suhbatlardan so„ng o„z xatti-harakatlarining qumq sarob ekanligini angladi. 0„zining to„g„ri takliflari va g„oyalari uchun «millatchilik sari og„ish»da ayblandi. T.Risqulov va uning maslakdoshlari rahbarlik lavozimlaridan chetlashtirildilar. 4-1746 97 0„shanda Lenin bilan suhbatlashganlardan yana biri Nizomid- din Xo„jayev (Turkiston MIQ raisi o„rinbosari) ham uning nomiga yozib qoldirgan ma‟ruzanomasida Farg„onada Sho„ro tomonidan mahalliy xalqqa qarshi olib borilayotgan vahshiyona siyosatni qoralagandi. U ma‟ruzanomada Farg„onada 35 qo„rboshi ikki yil- dan beri jang harakatlari olib borayotganlari, «bosmachilik» fronti tugashi o„miga, aksincha avj olib borayotgani, dashnoqlar, Jaloloboddagi rus quloqlarining yordami va qo„llab-quvvatlashuvi hamda Turkiston mustamlakachilari «kommunist»laming noto„g„ri siyosat olib borganligi oqibatida «bosmachilar» bir necha ming piyoda askarga ko„payganini yozgan edi. «Rasmiy xabarlarga ko„ra, - deb yozadi N.Xo„jayev, - Farg„ona fronti tugatilgan, ammo dushman qizil ordenlar bilan yana bizga qarshi va o„sha mash‟um Farg„ona partizanlik fronti va bu dushman mahalliy kommunistlar hamda Sho„ro xodimlarini so'ydilar va so„ymoqdalarki, bunga sabab qizil askarlar va dashnoqlaming bosmachilarga qarshi kurash niqobida tinch aholini qirib tashlaganida, ayollar nomusiga tegilayotganida, 26 qishloqni qirganlarida, 0„zganda 1500 kishi qirib tashlanganida, urushning ikki yilida Farg„onada harbiy oijaning pulemyot, miltiq va boshqalaming umumiy jami yo„qli- gidadir. Sizga ta‟riflash uchun Farg„onadagi dashnoqlar to„g„risida ma‟lumot beraman. Abram degan bir kishi (armani, qizil askar) Quva qishlog„ida qurolsiz musulmonlardan 87 kishini, o„rtoq Martin 47 kishini qilich bilan chopib tashladi, Farg„onada shunday holat yuzaga kelgan bir paytda Farg„ona diviziya harbiy komissari qilib (Turk MIQ Raisi o„rinbosarining noroziligiga qaramasdan) kommunist, armani Saakov tayinlandi. Bu shuni isbotlamoqdaki, birinchidan. Turkkomissiya mahalliy mas‟ul xodimlarga nisbatan faqat tilmoch sifatida munosabatda bo„lmoqda. Ikkinchidan, butun Turkiston voqeasida mahalliy xodimlar ahvolini tasawur qilish mumkin boiadi» 1 . RKP (b) MQning Siyosiy Byurosi 1920-yil 29-iyunda «RKP (b)ning Turkistondagi asosiy vazifalari to„g„risida» degan nomda birlashtirilgan bir necha qarorlar qabul qildi. Jumladan, «Turkistonda hokimiyatni tashkil etish to„g„risida» degan qarorda Turkistonda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo'mitasi, RSFSR Xalq Komissarlari Kengashi va RKP (b) MQning doimiy vakolatxonasi (amalda nazoratchisi) boiishi zarurligi ko„rsatildi. Bu bilan hatto Turkiston Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling