O'zbekiston tarixi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet527/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   523   524   525   526   527   528   529   530   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

Birinchidan, 
sobiq Ittifoqning boshqa respublikalarida boigani 
singari 0„zbekistonda ham xalq harakati avj oldi. Ijtimoiy-siyosiy
1
 «Xalq so'zi» gazetasi, 1992-yil 5-noyabr.
2
 0‘sha manba.
681 


tashkilot va uyushmalar shakllandi. Bu harakatga rahbarlik va 
tashkilotchilikni respublika ziyolilari o„z qoilariga oldilar. Ular ommaviy 
axborot vositalari orqali ijtimoiy-siyosiy va milliy istiqlol masalalariga 
doir publitsistik maqolalar, hikoya, she‟rlar yozdilar. Vatan tarixidagi 
«oq» dog
1
lami yuvib tashlash muammolarini ko„tarib chiqdilar. Bu 
davrda respublikaning atoqli shoir va adiblari, olimlari va jumalistlari 
Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Ozod Sharafutdinov, G„aybulla as-
Salom, Said Ahmad, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov, Barot Boyqobilov, 
Tohir Malik va boshqalaming ijodiy yutuqlari milliy istiqlol uchun 
kurashda katta o„rin tutdi. Ommaviy axborot vositalari materiallari xalq 
ommasining dunyoqarashiga katta ta‟sir o'tkazdi.
«Vaqtli matbuot jumhuriyatimizning kelajak yoiini dalil-isbotlar 
bilan ko„rsatib, kamchilik va xatoliklaming sir-asrorini, turg„unlik 
yillarida yig„ilib qolgan muammolar girdobidan chiqish yo„llarini 
tushuntirishga harakat qilishyapti. To„liq mustaqillik bo„lsagina xalqimiz 
to„q-farovon yashashini anglatishmoqda. Qafasdagi qushga har zamonda 
ovqat solib turganingiz bilan, baribir u qafasda-da! Shuning uchun bu 
qafasdan ozodlikka chiqish, erkin parvoz qilish zarur»
1
. Albatta, bu - 
ijobiy jarayon.
Ikkinchi 
tomondan, «qayta qurish» yillarida vujudga kelgan 
demokratik harakat jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta‟sir ko„rsatuvchi 
oqibatlami ham olib keldi. Ehtiroslar va his-hayajonlar orqali vujudga 
kelgan demokratik jarayonlar toiqinidan foydalanib siyosiy nufuzga 
erishish, xalq o'rtasida «mashhurlik» da‟vo qilish, nom chiqarishga 
intilish, dohiylik vasvasasiga berilib, mamlakatning rahbarlik kursisini 
egallash kasaliga mubtalo bo„lgan soxta demokratlar avlodi paydo boidi. 
Ular 
odamlaming 
xohish-irodasiga 
bogiiq 
boimagan 
jamiyat 
taraqqiyotining obyektiv rivojlanishi qonunlarini tushunmas yoki ataylab 
tan olishni, tushunishni istamas edilar.
Demokratiyaning o„zini ham badnom qilgan bu xildagi soxta, «xalq 
dohiylari» hech narsani tan olishni istashmas, obyektiv haqiqatni tan 
olishmas, hamma va har narsani inkor etar, jamiyatni ag„dar-to„ntar qilib 
tashlashni istar edilar. Dasturiy maqsad- muddaolarsiz mitinglar, 
namoyishlar uyushtirish va shu xildagi ko„cha changitishdan iborat 
kurash yoiini tanlab olishgan edi. 1988-

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   523   524   525   526   527   528   529   530   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling