O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

Jadidlar 
harakatining milliy 
xususiyatlari
«Tarbiyai atfol» jamiyati a’zolari
mirkomil mirmo‘minboyev 
(o‘ngda) tijoratchi do‘sti bilan


96
!
!
!
hamda milliy matbuotga asos solinishi edi. Bu esa o‘z navbatida progres-
siv g‘oyalarni tarqatish uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qildi.
Turkiston taraqqiyparvar sarmoyadorlari yoshlarni chet ellarga yu-
borib, zarur kasblarni egallab, xalqqa foydali xizmat qiladigan yoshlar-
ni va ular uchun qayg‘ur gan jadidlarni qo‘llab-quvvatladilar. Andijonlik 
Mirkomil Mirmo‘minboyev o‘z hisobidan ana shu ishga katta miqdorda 
mablag‘ ajratgan. 1910-yilda Buxoroda mudarris Hoji Rafiy, Mirza Ab-
duvohid, Hamidxo‘ja Mehriy, Usmonxo‘ja va Muhammaddin maxdum 
kabilar «Tarbiyai atfol» («Bolalar tarbiyasi») jamiyatini tashkil qilib
1911-yilda 15 nafar, 1912-yilda esa 30 nafar talabani Turkiyaga o‘qishga 
yuborganlar.
O‘zingizni sinang!
Ma’rifatparvarlar – …
 
«Tarbiyai atfol» – … 
m. mirmo‘minboyev – ...
Absolyutizm – ...
Yakunlarni chiqaramiz!

 Behbudiy, Munavvarqori – yirik jadid ma’rifatparvarlari.

 Turkiston jadidlari podsho yakka hukmronligiga qarshi turdilar.

 Jadidlar yoshlarni chet elda o‘qitish tarafdorlari edi.
Atamalar izohi
Senzura (lotincha) – hokimiyatning mavjud tuzum uchun noma’qul 
yoki zararli deb hisoblangan ma’lumotlarni cheklash maqsadida matbu-
ot ustidan nazorat qilishi. 
Savol va topshiriqlar
1. Jadidchilik harakatining namoyandalarini sanab bering.
2. Jadidchilik harakatining namoyandalari faoliyati haqida nimalarni bilib 
oldingiz?

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling