O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 5.41 Mb. Pdf ko'rish
|
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bi rinchidan
- Uchinchidan
Qo‘zg‘olonning
ahamiyati day bo‘lsa-da, qo‘zg‘olonchilarning taktik va strategik uquvsizligi, ahil- likda va birdamlikda harakat qilmasligi pand berdi. Qo‘zg‘olon xalq ommasi uchun juda katta yo‘qotishlarni olib keldi. Bi rinchidan, aholisi qo‘zg‘olonda qatnashgan Jizzax atrofidagi qishloq- lar yondirib yuborildi, natijada ko‘pchilik uy-joysiz qoldi. Ikkin chidan, qo‘zg‘olon yoz faslida bo‘lib o‘tganligi bois ekinzorlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari nobud bo‘ldi. Buning natijasida Turkiston aholisi 1916– 1917-yillar qish oylari uchun g‘amlaydigan oziq-ovqat zaxirasining kat- ta qismidan ayrildi. Uchinchidan, qo‘zg‘olon natijasida aholi orasida ko‘plab qurbonlar bo‘ldi. Ushbu qo‘zg‘olon Turkiston xalqiga juda katta talafotlarni olib keldi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, 1916-yilgi qo‘zg‘olon oqibatida Tur- kiston aholisidan 673 ming kishi o‘ldirildi, 300 mingdan ziyod aholi xo- rijga chiqib ketdi. 100 minglab kishining mol-mulki musodara qilinib, talon-toroj etildi. Rossiyaning Birinchi jahon urushida ishtirok etishi, Turkiston o‘lkasidagi qo‘zg‘olonlar xalq turmushiga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Podsho hukumati tomonidan Turkiston aholisining mardi- korlikka safarbar qilinishi mahalliy aholining katta qismini boquvchi- siz qoldirdi. Natijada bu davrda oziq-ovqat taqchilligi, narx-navoning ko‘tarilishi tirikchilik qilishning qiyinlashishiga olib keldi. Shuning uchun ham mardikorlikka qarshi olib borilgan 1916-yildagi qo‘zg‘olonlar mahalliy aholining mustamlakachilarning jabr-zulmlarga asoslangan si- yosati va urush oqibatlarining salbiy ta’siri natijasida sodir bo‘ldi. 1916-yildagi qo‘zg‘olonlar podsho hukumati tomo- nidan ayovsiz ravishda bostirildi. Qo‘zg‘olonchilar mustamlakachi hukumatning politsiya va harbiy kuchlariga qarshi mar donavor kurashdilar. Gar- chi qo‘zg‘olon ishtirokchilari va rahbarlari podsho hukumati tomonidan qattiq jazolanib, ko‘plab qo‘zg‘olonchilar qurbon bo‘lishi va yarador bo‘lishiga qaramay, bu mardikorlikka qarshi qaratilgan qo‘zg‘olonlar Turkiston aholisining bosqinchilarga qarshi milliy-ozodlik xarakteridagi harakati hisoblanadi. Qolaversa, bu qo‘zg‘olonda o‘lka keng xalq om- masining barcha tabaqalari, jumladan, qariyalar va ayollar ham ishtirok etdi. 1916-yilgi qo‘zg‘olonlar mustamlakachi hukumatni qattiq sarosima- ga soldi. Bu qo‘zg‘olon Turkiston xalqlarining o‘z huquqlarini poymol 110 qilishlariga yo‘l qo‘ymasligini ko‘rsatdi. Bu qo‘zg‘olon mustamlakachi hukumatga yana bir bor mahalliy aholining ozodlik va mustaqillik uchun kurash tuyg‘ulari hali so‘nmaganligini ko‘rsatdi. Podsho hukumati ba’zi choralar ko‘rishga, yengilliklar yaratishga va aholi bilan murosa qilishga majbur bo‘ldi. Xullas, 1916-yilgi qo‘zg‘olon butun mustamlakachilik davomida Tur- kistondagi eng qudratli va uyushgan qo‘zg‘olon edi. Jizzax qo‘zg‘oloni tarixda «Jizzax fojiasi» degan nom qoldirdi. U Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining «Jizzax qo‘zg‘oloni» nomli dostonida o‘zining to‘liq aksini topgan. Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling