O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 3.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet110/142
Sana03.11.2023
Hajmi3.7 Kb.
#1743457
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

Atamalar izohi
Mutaassib (arabcha – o‘ta fidoyi) dinga qattiq berilgan, uning 
aqidalariga ko‘r-ko‘rona amal qiluvchi.
Radikal (lotincha – tubdan) – keskin va qat’iy choralar tarafdori.
muvaqqat
 (arabcha) – vaqtincha, muayyan muddatga tuzilgan hukumat. 
http://eduportal.uz


121
?
?
Savol va topshiriqlar
1.
Yosh buxoroliklar faoliyatidan nimalarni bilib oldingiz?
2.
Amir Sayid Olimxon o‘z davlatida qaysi maqsadda islohotlar o‘tkazishga 
urinib ko‘rdi?
3.
Jadidlar dasturi amir Olimxon mo‘ljallagan islohotlardan nimasi bilan 
farq qilardi? 
4.
Buxoro amirligining qulashi sabablarini sanab bering.
35–36-§§. XIX ASR OXIRI – XX ASR BOShlARIDA 
XIVA XONlIGINING DAVlAT TUZUmI 
VA IJTImOIy-IQTISODIy AhVOlI
Xiva xonligi ustidan podsho hukumati o‘zining 
protektorat hududi sifatida qattiq nazorat o‘rnatdi. 
Ichki va tashqi siyosatdagi arzimas o‘zgarishlarni 
ham Xiva xoni Turkiston general-gubernatori 
bilan kelishib oli shi lozim edi. Xon ustidan nazorat qilish maqsadida 
7 kishidan iborat Ke ngash (devon) ta’sis etilib, ularning to‘rt nafari pod-
sho hukumati vakillari edi.
Amudaryoning avval Xiva xonligi tasarrufida bo‘lgan va Gandimiyon 
shartnomasiga ko‘ra Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o‘tgan o‘ng qirg‘og‘i 
hududida Turkiston general-gubernatorligining Amudaryo bo‘limi tashkil 
qilingan edi. Uning boshlig‘i ayni mahalda Rossiya imperiyasining Xiva 
xonligidagi vakili sifatida mamlakatni boshqarishda xonning hamma ha-
rakatlari ustidan nazoratni amalga oshirar edi. Xonlik ming yillik tarix-
ga ega va o‘zbek xalqining madaniy rivojlanishida muhim rol o‘ynagan 
turkiy urug‘ qo‘ng‘irotlarga mansub sulola vakil-
lari tomonidan boshqa rilayotgan monarxiya edi. 
Qo‘ng‘irot urug‘i siyosiy va ijtimoiy hayotda 
hamda harbiy sohada xonning suyanchig‘i edi. 
Xon cheklanmagan ma’muriy-sudlov va har-
biy hokimiyatga ega edi. U mamlakatni qo‘ng‘irot 
urug‘i zodagonlari, saroy a’yonlari va oliy ru-
honiylar guruhi madadiga tayanib boshqarardi. 
Xon hokimiyati o‘z xalqi manfaatlaridan ko‘ra 
ko‘proq tor doiradagi amaldorlar manfaatidan 
kelib chiqib ish olib borar edi.
Xiva xonligida qo‘shin xalq qarshilik hara-

Download 3.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling